Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
138
«Sharif Namozov menga ko‘mak beradi», deb o‘ylabdi. Odamning bunchalik tez 
o‘zgarishi mumkinligini hisobga olmabdi. 
— Eshitaman, — dedi Sharif bu safar balandroq ovozda. 
— Bir tabriklab qo‘yay deb kirdim. Shu ko‘chaga yo‘lim tushib qoluvdi. 
— Rahmat. 
— To‘yda ko‘rinmadingizmi? 
— Qaysi to‘yda? 
— Asadbek qizini uzatdi-ku, sizni aytmadimi? 
— Safarda edim. 
— Attang... Zo‘r to‘y sizga nasib etmabdi-da, a? Ishlar qiyin emasmi? 
— Shuni so‘ragani keldingizmi, boshqa gapingiz yo‘qmi? 
— Boshqa gapmi?.. Bor. Qilich Sulaymonov bilan oralaringizda nima gap o‘tgan edi? 
— Hech qanaqa gap o‘tmagan. 
— Unda nima uchun sizga tuhmat qildi. Ozmuncha pulga kuymadi, boyaqish. Sizning 
qamalishingiz unga nima uchun zarur bo‘lib qolgandi? 
— Sulaymonovning ishini siz olib boryapsizmi? 
Zohid savoldan kutilgan maqsadni angladi: 
— Men Namozovning ishini olib boryapman, — dedi dona-dona qilib. 
— Namozovning ishi yopilgan, — dedi Sharif to‘ng ohangda. 
— Hozircha rasman shunday. Siz ko‘cha changitib yurgan kissavur bola emassiz. 
Olimsiz. Qonunni yaxshi bilasiz. Har qanday ish qayta qo‘zg‘otilishi mumkin, — dedi 
Zohid, har bir so‘zga alohida-alohida urg‘u berib. 
— O‘sha qayta qo‘zg‘otilganda gaplashamiz. 
— Yaxshi niyat, yarim mol, harholda gaplasharkanmiz-ku, — Zohid shunday deb 
o‘rnidan turdi. — Qamoqxonada siz menda boshqacha taassurot qoldirgan edingiz. Sizni 
olim odam, ilmdan boshqa narsani tan olmaydigan haqiqatparvar kishi, deb o‘ylagan 
ekanman. Bu dunyoda chin haqiqatparvar odam anqoning urug‘i ekan, shekilli? 
— Haqiqatdan hamma gapirganida ham siz gapirmang endi! — dedi Sharif o‘rnidan 
turib. U Zohidni kuzatish uchun o‘rnidan qo‘zg‘aldimi yo jahli chiqib turib ketdimi, o‘zi 
ham bilmadi. 
Burilib ketmoqchi bo‘lgan Zohid ajablanib, unga qaradi: 
— Nimaga? Men haqiqatga mos kelmaydigan biron ish qildimmi yo so‘z aytdimmi? 
— Begunoh odamni muttahamlarning ichiga tiqib qo‘yish — haqiqatmi? 
— Afsuski, laqmalik uchun qamash mumkin emas. O‘shanda sizni laqmaligingiz uchun 
tiqib qo‘yish kerak edi. Molday ichib, bilakka qora doridan urdirib, uyda nima ahvol
bilmaysiz. Yaxshi hamki uyingizga qora dori tashlashibdi. Xotiningizni so‘yib, pichoq 
dastasini qo‘lingizga ushlatib qo‘yishsa nima qilardingiz? 
Zohidning gapi Sharifni titratib yubordi. 
— Gapirmang! — dedi u jonholatda. 
— Shoshilmang, bu ham bo‘lib qolar... sizdaqa odamlarni yo‘q qilish cho‘t ekanmi? Faqat 
kasringiz boshqalarga uradi. — Zohid shunday deb eshik tomon yurdi. 
— To‘xtang, siz nimaga shama qilyapsiz? 
— Hech nimaga. O‘zimcha o‘ylayapman. Boshingizga baxt qushi qo‘ngan ekan, 
oyog‘idan mahkam ushlang. Jar tepasiga borib qolganingizda attang, demang. Siz 
o‘ynayotgan o‘yinning qonun-qoidalarini men bilmayman. Harholda bu ilm odami 
o‘ynaydigan o‘yin bo‘lmasa kerak. 
Ilmdan chekingan ikki odam serhasham bir xonada xuddi daryoning ikki qirg‘og‘ida 
turganday gaplashishardi. Ajablanarlisi shundaki, ularning biri haqiqat istab ilmdan 
uzoqlashdi, ikkinchisi haqiqat yetkazgan jabrlardan bezib, ilmdan yuz o‘girdi. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti