Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
Asadbek pullarni bosmay, chetlab o‘tib, ashula aytayotgan kuyovi tomon yurdi. Yo‘l-
yo‘lakay Jamshidni ko‘zi bilan izlab topib qovoq uyib qo‘ydi. Jamshid buni tushunib 
darrov xipchabellarga imo qildi. Ularga jon kirib, pullarni yig‘ishtirishga tushishdi. 
Asadbek kelin-kuyovga yaqinlashib cho‘ntagiga qo‘l soldi. Ko‘pchilik bir dasta pul 
sochilishini kutgan edi. Asadbek hech bir to‘yda, yoki yig‘inda pul sochmagan. Uning bu 
odatini bilgan yaqinlari «o‘zining to‘yida bu odatini buzarmikin» deb o‘ylashgandi. Ular 
kutgan ish bo‘lmadi. Asadbek ikkita yuztalik chiqarib uzatdi. 
Elchin boshqa olamda edi — egilmadi. Asadbek pul qistirolmadi. Unga Elchinning hozirgi 
holati begona edi. Shu sababli Elchinning egilmaganini mag‘rurlik belgisi sifatida qabul 
qilib g‘ijindi. U o‘zini mag‘lub his etdi. Ammo mag‘lubligini to‘yga yig‘ilganlar u yoqda 
tursin, yonidagi a’yonlariga ham sezdirishi mumkin emas edi. U darhol cho‘ntagiga qo‘l 
soldi-da, bir tutam yuztalik chiqarib, kuyovi ustidan sochdi. To‘yxonani qiyqiriq bosdi. 
Asadbek ikkinchi cho‘ntagidan pul chiqarib uni qizi ustidan sochdi. Avval Kesakpolvon
so‘ng Chuvrindi xo‘jayinlari ishini takrorlashdi. Asadbek kulimsiragan holda to‘yxonadan 
chiqdi. 
 
...Qarg‘agin, loyiqman sening qahringga... 
 
Elchin ustidan pul yog‘ilardi... 
Tuyg‘ulari esa toptalardi... 
Uning ko‘zlaridan sizib chiqqan yoshni hech kim sezmasdi, hatto Anvar ham... 
 
...O‘zgalar qalbida mehr uyg‘otdim... 
3 
 
«Siz o‘shami?..» 
Zaynab bu lahzani qancha kutdi? Yettinchi sinfdaligida «O‘tgan kunlar»ni birinchi marta 
o‘qib chiqqan edi. Yettinchi sinfdaligida kitobdagi Zaynabni qarg‘ab, Kumushga o‘zicha 
motam tutdi. O‘ziga Zaynab deb ism qo‘ygani uchun ota-onasidan xafa bo‘ldi. Romanni 
ikkinchi yo uchinchi marta o‘qiyotganida onasiga yig‘ladi. «Otimni o‘zgartiraylik», deb 
yalindi. Manzura qizining bu qilig‘idan kuldi. Quchoqladi, boshini siladi, peshonasidan 
o‘pdi. «Aylanay qizim, bu yomon ism emas, kitobda yozaverishadi-da», dedi. Keyin 
qiziga qiziqib o‘zi ham kitobni o‘qib chiqdi. O‘zi ham yig‘ladi. «Oyijon, ismimni Kumush 
deb o‘zgartirmaysizlarmi, Kumushga o‘xshab o‘lib ketsam ham mayli edi...» Bu 
Zaynabning ko‘nglidan kechgan gap. Uni tilga chiqarib aytolmaydi, uyaladi. Chunki 
kitobdagi Kumushning Otabegi bor.... orada totli damlar bor. Zaynabning orzulari ortida 
hozircha yashirin bo‘lmish shundayin hislar borligini otasi bilib qolsa — sharmandalik 
emasmi? 
Uzoq vaqtgacha birov uni otini aytib chaqirsa xuddi «Kumushga zahar bergan sensan», 
deganday bo‘laverdi. Hatto bir kuni tushida Kumushni ko‘rdi. Kumush — kinodagidan 
ming chandon go‘zal, yuzlaridan nur taralayotgan bir juvon «nima uchun meni 
o‘ldirdingiz?» deb o‘pkaladi. 
O‘zining ismidan uyalish barobarinda u xayolan Otabegini izlardi. Sinfdagi bolalar orasida 
Otabek o‘rnini bosuvchi bolani topmadi. Tanaffus paytida xuddi qizlarday to‘planib 
olishib kiyim-kechaklar haqidagi gaplardan ortmovchi o‘g‘il bolalardan Otabek chiqishi 
mushkul edi. Uning nazarida arzirli bola maktabda yo‘q edi. Norasta qiz yuragini 
otasining ishonchli mahramlaridan biri bo‘lgan jingalaksoch yigit — Jamshid rom 
etsami?! Jamshid esa qizchaning ko‘nglidan nelar kechishini bilmay, hovlida ro‘para kelib 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti