Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
kulgani bilan ko‘zlari g‘am pardasi ortida ma’yus tortganini payqay oladi. Yaxshiki, 
to‘yda odamlar sinchkov bo‘lishmaydi. Ko‘pchilik Elchinning «ashula aytmayman» 
deyishini shunchaki noz o‘rnida qabul qildi. Elchin hozir ular istagan qo‘shiqlarni 
aytolmasdi, ularni xursand qilolmasdi. 
Qo‘liga tor olgach, «nimani aytsam ekan» deganday o‘ylanib qoldi... Elektr organ 
cholg‘uchisi uning mushkulini oson qilish uchunmi bir vaqtlar mashhur bo‘lgan 
ashulasining kuyini chaldi... 
 
Bugun qo‘shni chorboqqa 
kelin tushdi, yor-yor... 
 
Elchin bu kuyni eshitmadi. 
...Pullar sochilib yotgan to‘yxonaga... Noila kirib keldi. Oppoq uzun ko‘ylakda. Chap 
ko‘kragida pichoq, lekin qon yo‘q. Ma’yus kulimsirab turib: 
— Ayting, Elchin aka, o‘sha ashulangizni sog‘indim... — dedi. 
— Qo‘shiq faqat senga atalgan edi. 
— Ayting, mayli, bular ham eshitishsin. Zora tosh yuraklari yumshasa... 
To‘yxona birdan jimib qoldi. 
Qamoqxonadagi to‘lg‘oqli kechalarda tug‘ilgan, uzoq yillar yurak qafasidagi tutqinlikda 
potirlayotgan qo‘shiq ozodlikka chiqdi... 
 
Xayr endi, qalbimda bir vido qoldi... 
Xayr endi, sen ketding, begunoh ohu... 
Bugun sen qaydasan, 
Qaylarda qolding... 
Bugun boshing uzra kimning panohi... 
 
Elchinning nazarida to‘yxona jim edi. Barcha uning yuragidan otilib chiqayotgan nidoni 
tinglardi. Aslida esa... dasturxonga boshlangan yalpi hujum susaymagan holda davom 
etardi. 
 
Seni kech topgandim... erta yo‘qotdim... 
Qarg‘agin, loyiqman sening qahringga... 
Qarg‘agin... Qarg‘agin... 
 
Elchin o‘zga olamga ko‘chgan edi. 
To‘yxonada esa Asadbekning ichkari kirishiga tayyorgarlik boshlanayotgan edi. Harholda 
kuyovi ashula aytyapti, pul qistirmasa bo‘lmas... 
Bo‘shagan likopchalarni yig‘ishtirib yurgan to‘rt ayol Jamshidning ishorasi bilan sochilib 
yotgan pullarni tezlik bilan terib olishdi. Ular ishlarini yakunlamay turib bir yigit qo‘lida 
dastalangan pul bilan paydo bo‘ldi-da, yuztaliklarni ikki qator qilib xuddi poyandozday 
tera boshladi. 
 
Qarg‘agin, loyiqman sening qahringga... 
 
Yuz so‘mlik puldan iborat poyandoz hosil bo‘lgach, bazmxonada Asadbek ko‘rindi. 
 
O‘zgalar qalbida mehr uyg‘otdim... 
 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat