Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
payqashdi. To‘y o‘z yo‘liga, xizmat o‘z yo‘liga, deganlaridek, Asadbekning odamlari 
hushyor va ziyrak edilar. Kim keldi, kim ketdi, kim nima dedi — ularning nazaridan 
chetda qolmas edi. To‘ydagilarning qariyb yarmi taklif etilmasalar-da, Asadbekka 
sadoqatlarini bildirishib, o‘z ixtiyorlari bilan kelishgandi. Zohid ham taklif etilmaganlar 
safida, ammo uning maqsadi Asadbek odamlari uchun noaniq edi. Shu sababli «Sharif 
Namozov ishini ko‘rgan, hozir Shilimshiqning ishi bilan shug‘ullanayotgan» «bola»ning 
kelganini Asadbekka ma’lum qilib qo‘yishdi. 
— Yeb-ichib o‘tiraversin, indamalaring, — dedi Asadbek. Keyin yonida qo‘l qovushtirib 
turgan Kesakpolvonga qaradi. — Haydar, direktoring ko‘rinmadimi? 
— Kishinyovda o‘tiribdi. Samolyoti uchmayotganmish. 
— Prokuror bolaning akasi o‘ldirilgan, devdingmi? 
— Ha, shunaqa bo‘lgan ekan. 
— Prokuror bola.... tuzukroq odammi? 
— Bu yoqda hali tuzukroq ish bermadi. Milisadaligida sal o‘jarroq ekan. Odam bo‘lishi 
qiyin-ov... 
— Xo‘jayini nima deydi? 
— Odam bo‘lmasa dumini tugadi-da... 
— O‘zing ham urinib ko‘r. Oyog‘imiz ostida o‘ralashmasin. Kavkazlik bolalarni 
topdilaringmi? 
— Yo‘q, izi quribdi. Ularni akademik topgan bo‘lishi kerak. Prokuror bolaga o‘shani 
ro‘para qilaymi? 
Asadbekka bu taklif ma’qul tushganday bo‘ldi. So‘ng Zelixon izidan is olgan prokuror 
oqibat Elchinga ro‘para kelishini o‘ylab, fikridan qaytdi. 
— Yo‘q, — dedi u keskin ohangda. — Unga tegmalaring. 
Zohid «yuqori doiralarning» o‘zi haqida so‘z yuritayotganidan bexabar, «meni bu yerda 
hech kim tanimaydi», degan xotirjam o‘yda to‘y tamoshasini kuzatardi. Uning nazarida 
xonandalar ustidan sochilib, xipchabel raqqosalar oyog‘i ostida bosilayotgan pullar 
qog‘ozdan emas, odam qonidan ishlangan edi. Mast basharalar sanchqiga hil-hil pishgan 
qo‘y go‘shtini emas, odam go‘shtini ilib og‘izga solishayotganday edi... Shuni o‘ylaganida 
ko‘ngli ag‘darilib ketayozdi. Go‘yo ashulachi san’atini qadrlaganday pul sochayotgan
aslida o‘z qudratini, ayni choqda, Asadbekka bo‘lgan e’tiqodini namoyish etayotgan bu 
kiborlarning qay biri Jalol Komilovning erkakligini kesib tashlagan ekan, qay biri yuragiga 
pichoq sanchib, qay biri osib qo‘ygan ekan? Zohid «bu vahshiylik faqat mafiyaning 
qo‘lidan keladi, guruhlar orasida ixtilof chiqqanu Komilov qurbon bo‘lgan», degan 
qarorga kelgan edi. Bu vahshiylik «ijodkori» pul sochayotganlar emas, qo‘shiq aytib 
ko‘pning dilini o‘ziga rom qilishi mumkin bo‘lgan, hozir esa to‘rda kuyov saruposida 
o‘tirgan Elchin ekani xayoliga kelmaydi. Bu haqiqat tagiga yetgunicha ko‘p qoqiladi, 
peshonasi ko‘p g‘urra bo‘ladi... 
 
2 
 
Davraboshi Elchindan bittagina qo‘shiq eshitish taklifi tushayotganini aytishi hamonoq 
qiyqiriq bo‘lib ketdi. Elchin qamalmasidan avval bu sharafga ko‘nikib qolgan edi. 
Shunday kezlarda u sahnaga yurib emas, go‘yo parqu bulutlar ustida suzib chiqar edi. 
Hozir o‘sha damlar qaytganday bo‘lib yuragi bir entikdi. Bosh chayqab «yo‘q», dedi. 
O‘rnidan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib ta’zim qildi. Davraboshi unga tor uzatgach, noiloj 
qolib qo‘liga oldi. Shunda ham o‘rtaga chiqmadi. 
Kimga to‘y, kimga aza, deydilar. Elchin zohiran kuyovlik shohsupasida xurram ko‘rinar, 
botinan esa, yuragi temir tirnoqlar hukmida edi. Yaxshilab qaragan kishi uning yuzlari 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar