Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
127
Anvar sahifalar orasiga barmog‘ini qo‘yib, kitobni yopdi. 
— Bo‘ldimi, endi ishondingizmi? 
Sen endi, o‘qiganingni manga tushuntirib ber. 
— Xudo iymonni farz etti, demoqchi. 
— O‘qiganingda Xudo degan so‘z yo‘g‘idi-ku? 
— Yazdon — Xudo degani. Qahhor, Jabbor deganda ham Xudoni anglaydilar. Xudoni 
anglatuvchi so‘zlar ko‘p. 
— Bolamdan aylanay, shuncha narsalarni bilasanu pismayib, indamay yurasan-a? 
Onamning ko‘zlari ko‘r bo‘p qogan, shu bechoraga yaxshi narsalarni o‘qib beray, aytib 
beray, demaysan. Man saning noningga zormasman, bolam, yaxshi gapingga zorman... 
— Risolat kampir keyingi gapini hasrat ohangida aytdi. Ovozi titrab ketganini sezgan 
Anvarning yuragi siqildi. 
— Oyijon, kitobni hozir olib keldim. Hali o‘zim ham o‘qib chiqqanim yo‘q. Shpioningiz 
bexato ishlashini bilganimda, yo‘ldayoq o‘qib kelardim. 
— Gapni darrov egrilikka burma. Mani kelinimdaka kelin yo‘q bu dunyoda. Shpionlik qilib 
uyiga gap tashibdimi, yo ko‘cha-ko‘yda valaqlab yuribdimi? Xudoga shukr qilsang-chi? 
Anvar onasining osonlik bilan chekinmasligini bilgani uchun doim qo‘llaydigan himoya 
usuliga o‘tdi — gapni hazilga burdi: 
— Menday er nasib qilganiga Xonzodangiz shukr qilsin. 
— San bolaga xotin zotining chidashi qiyin. 
— Oyi, tergov tamom bo‘ldimi? 
Chiqib keting, demoqchimisan? Haydamasang ham ketaman. 
Risolat kampir o‘rnidan qo‘zg‘almoqchi edi, Anvar tezgina borib yoniga o‘tirdi-da, 
yelkasidan quchdi. 
— Xuddi xo‘ja qiziga o‘xshaysiz-a? Jahlingiz chiqmasin, hazillashyapman. O‘zim hozir 
yoningizga chiqmoqchi edim. So‘raydigan gaplarim bor. 
— Bolani tug‘ib, boqib-boqib, qariganingda yoqmay qolarkansan, — dedi Risolat kampir
arazini davom ettirib. 
— Buvamning xatlarini o‘qidim. Hammasida afsus chekyapman, deganlar. Nimadan 
afsuslanishlari mumkin? 
— Bilmayman. 
— Nimadan afsuslanishlari mumkin? — dedi Anvar o‘ziga o‘zi gapirayotganday. — Qilgan 
xizmatlarigami yo yoshlikdagi xatolarigami? Balki yoshlik chog‘larida biror do‘stlariga 
xiyonat qilgandirlar? 
Gaping qursin sani, adam rahmatli chumoliga ham ozor bermasidilar. Chaquvdan 
bo‘lgan hammasi. Stalinga qarshi to‘ntarish yasamoqchi, deb tuhmat qilishdi. Stalinday 
odamni to‘ntarib bo‘larkanmi? 
— Harholda qiziq... Shoakbar Zunnuniyni o‘n to‘qqizinchi yilda Buxoro amiri ostirgan. 
Oradan o‘n sakkiz yil o‘tgach, uning do‘stini — mening buvamni qamashgan. Ikki 
hammaslak do‘stning biri eski tuzumga yoqmagan, ikkinchisi yangisiga... — Anvar bir 
qo‘li onasining yelkasida, ko‘zi deraza ortida yog‘ayotgan qor zarralarini ilib olayotgan 
daraxt shoxlarida edi. 
— Aqlli odamning dushmanlari ko‘p bo‘ladi, bolam. 
— Buvimga qiyin bo‘lgan ekan-da. 
— Oyim boyaqish hasratda o‘tdilar, — Risolat kampirning ko‘ngli to‘lib, yengining uchi 
bilan ko‘zyoshini artdi. 
— Yuring, oyi, tanchangizda bir oz o‘tiraylik, oyog‘im qaqshab qoldi, — Anvar shunday 
degach, kampir o‘rnidan turdi. 
Anvar onasini uyiga kuzatib, birpasgina o‘tirib qaytmoqchi edi. Onasi atayin uni ushlab 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat