Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
tanidan uzilib, beshik yonida qotdi... 
Yog‘iyga omonlik bermagan Eski jo‘va dahasini so‘ngroq uqalo «Janggoh» deb 
yuritmishlar...» 
Anvar kitobdan bosh ko‘tarib o‘yga toldi: «Qiziqku, «xalq otasi» buni boshqacha talqin 
qilib bergan. «Toshkent yigitlari chapani, urushqoq bo‘lgan. U mahalla bu mahalla bilan 
mushtlashish uchun Eski jo‘vada to‘planganlar. Eski jo‘vadagi maydon shu bois 
«Jangop», ya’ni «Janggoh» deb yuritilgan», deb yozaverib, bu gapning iyig‘ini chiqarib 
yuborgan-ku?» 
Anvar kitobga shu qadar berildiki, onasining hovli etagidagi uy eshigini ochib ikki marta 
chaqirganini ham eshitmadi. Xotinining kirib kelganini ham avvaliga sezmadi. 
Xonzoda uyga kirib, sochilib yotgan eski qog‘ozlar, gazit-jo‘rnallarni ko‘rib, dastlab 
ajablandi. Yerda chordana qurib o‘tirganicha kitobga muk tushib olgan eriga qarab salom 
berdi. Anvar salomni eshitdi, biroq kitobdan uzilgisi kelmay bosh qimirlatib qo‘ya qoldi. 
Xonzoda, eri qarab ham qo‘ymagani uchun «yana kasallari tutdimi», deb qo‘rqib ketdi. 
Anvar aka, — dedi sekin, keyin cho‘chibroq bo‘lsa-da, ovozini ko‘tardi: — Anvar aka! 
Anvar kitobdan bosh ko‘tarib, yalt etib xotiniga qaradi: 
— Ha, keldingmi? — dedi-da, yana kitobga muk tushdi. 
Xonzoda kiyimini almashtirib chiqqanida ham ahvol shu edi. U eriga bir oz tikilib 
turgach: 
— Nima ovqat qilay? — dedi, aybdor odamning ovozida. 
Anvar javob bermadi. 
— Ovqatni so‘rayapman, — dedi Xonzoda, ovozini bir parda ko‘tarib. 
— Bu yoqda odamlar qiyma bo‘lib yotibdi-ku, buning dardi ovqat, — dedi Anvar 
ming‘irlab. 
— Nima deyapsiz, tushunmadim, — dedi Xonzoda. 
— Mastava! — dedi Anvar jerkib. 
Mastava Anvarning eng xushlamaydigan ovqati. Jahli chiqsagina shunday javob beradi. 
Xonzoda savolni qaytarishga hojat yo‘qligini bilib chiqib ketdi. Oradan bir piyola choy 
icharli vaqt o‘tib, onasi kirib keldi. 
— Anvarjon, bolam, uydamisan? Chaqiraman, chaqiraman, indamaysan. Men seni qori 
bola bilan xudoyiga ketvordingmi, debman. Tog‘angnikiga nimaga boruvding, kitob olib 
keldingmi? Qanaqa kitob ekan? 
Anvar «O, shpion, yetkazibdi-da», deb o‘rnidan turdi-da, onasini yetaklab divan tomon 
yurdi. 
— Qanaqa kitob deb so‘radim sendan, — dedi kampir joylashib o‘tirib olgach. 
— Eskicha kitoblar. 
Ziyrak kampir kelinining axborotidan so‘ng xavotirlanib chiqqan edi, shu sababli 
o‘g‘lining qisqa javobidan qoniqmadi. 
— Tog‘angda eski kitoblar bo‘lmasidi, qani, o‘qi-chi? 
Anvar bu «tergov»dan osongina qutulmasligini bilib, charm muqovali kitobni qo‘liga olib 
ochdi-da, duch kelgan yeridan o‘qiy boshladi: 
 
— «Burun ul nimakim, farz etti Yazdon
Erur oqilga bolig‘ bo‘lg‘ach imon. 
Aning ma’nisidur til birla iqror, 
Ko‘ngul birda inonmog‘lig‘ dag‘i bor. 
Tilar bo‘lsang anga o‘zni yeturmak, 
Bil, olti nimaga imon keturmak...» 
 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat