Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
shunday deb tugunni ochdi-da, boya ajratib qo‘ygan qog‘ozni oldi. — Mana bu yerga 
nima yozilgan. Xato o‘qidimmi yo xato yozilganmi? Sobit qori satrlarga uzoq tikilib qoldi. 
— Siz nima deb o‘qidingiz? 
— «Ilmo s’ezdi» deb. 
— Ilmo?.. — Sobitqori harflarga uzoq tikildi. — «Ulamo» emasmikin? 
Anvar peshonasiga yengil shapatiladi. 
— To‘ppa-to‘g‘ri — ulamo! «Ulamo» jamiyati bo‘lgan-ku?! O‘shalarning s’ezdi-da! Men 
ahmoq shuni o‘ylamabman. 
— Xijolat chekmang, Anvarjon, bu hammamizning fojiamiz. 
Qori shunday deb, ko‘chaga qarab yurdi. 
— Oyimning dardlari bor shekilli? — dedi Anvar, uni kuzatib chiqib. 
— O‘zingizga ma’lumdir. Agar ixlosingiz bo‘lsa, bu ishni qilish kerak. Ixlos bo‘lmasa 
foydasi yo‘q. 
Qori aka, ixlos-ku bor-a, ammo hojat yo‘q. Es-hushim, Xudoga shukr, joyida. Yo siz 
ham?.. 
— Asti-asti, unday o‘ylamang, Anvarjon. 
— Men boshqacharoq o‘ylab, boshqacharoq gapiraman, shekilli. Hamma bir xil o‘ylab, bir 
xil gapirishi shart emas-ku, to‘g‘rimi? 
— To‘g‘ri, Olloh taboraka va taolo bandalarini bu dunyoda sinash uchun turlicha qilib 
yaratgan. Faqat qiyomatda jannatga kirilganda barcha bir ko‘rinishda bo‘ladi. Chiroyda 
Yusuf alayhissalom, gavdada Dovud alayhissalom, odobda esa payg‘ambarimiz 
Muhammad salolloxu alayhi vassalam singari bo‘ladilar. 
Shu payt ikki eshik narida, Sobitxonning uyi oldida «Volga» to‘xtab, undan bir yigit 
tushdi. U avval eshikka qarab qadam tashladi. Qorini ko‘rgach esa, bu tomonga yurdi. 
— Qori aka, olib ketgani keldim, — dedi u, salom bergach, qo‘lini qovushtirib. 
Qori xayrlashib ketdi. 
Anvar hovliga qaytgach, olib kelgan kitob-qog‘ozlarning changini yana bir qoqqan bo‘ldi-
da, uyga kirdi. Tugunda bitta charm muqovali, bitta qalin qog‘oz muqovali kitob bor edi. 
Kitob bosma harflarda emas, qo‘lda husnixat bilan ko‘chirilgan, ammo sharq kitoboti 
san’ati qoidasiga zid ravishda sahifalarga zeb berilmagan edi. Charm muqovali kitobda 
diniy aqidalar zikr etilgan ekan. Anvar uni qo‘yib qalin qog‘oz muqovalisini qo‘liga oldi. 
Bu kitob chekkada qolib, chirib titilganmi yo atayin yirtib olinganmi, harholda bosh qismi 
yo‘q edi. Dastlabki satrlarni o‘qiboq Anvarning yuragi hapriqib ketdi: bu o‘sha, Zunnuniy 
aytgan asar edi! 
«...Yog‘iy Toshkanga mukammal sipohi ila Kalas tomondin ya’juz-ma’juz kabi yopirildi. 
Ayturlarki, qadimda Chingis lashkarlari-da bu kabi yovuzlik ila kirmaganlar va 
sibo’monand bo‘lmagan edilar. 
Eski jo‘vada qiyomat sodir bo‘lub, o‘rus askarlarig‘a qiron yetkurildi. Inson qoni 
to‘kulmagan na bir ko‘cha qoldi, na bir xonadon. Jihodga kirgan Toshkan ahli «biz o‘lsak-
da, o‘layluk, dinimiz bulg‘anmasun, musulmon tufrog‘i kofirlar oyog‘u ostida aziyat 
chekmasun, farzandi komillarimizning «Allohu akbar!» deb chiquvchi tillari kesilmasun», 
deb aziz jonlarini qurbon bera berdilarkim, ularga uqob ham havas qilgulik edi. Bu qadar 
qarshilikni ko‘rmagan yog‘iy fig‘oni falakni tutti. Barcha yerlarda ham shunchalar zarba 
berilganida erdi, yog‘iy furudastlikka mahkum bo‘lurdi. Xabissheva ahlidan bo‘lmish 
yog‘iy yoshmi, qarimi yoxud go‘dakmi — farqlamay otaverdi, chopaverdi. Faqiringiz 
bundayin sidrafarsoy manzarani ko‘rsatguncha ko‘zlarimizni ko‘r qil, deb yaratganga 
tavallolar qildum. Mo‘ylabi  chayonning dumi yanglig‘ tepaga qayrilgan bir malla qilichini 
shundayin zarb ila urdiki, selginchak osilgan beshik ham ikkiga bo‘lindi, unda belangan 
chaqaloq ham cho‘rt uzuldi. Bolam, deb nola qilgan o‘n to‘rt kunlik oydayin juvon boshi 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati