Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
— Rahmat, kennoyi, chang-pangini qoqib olay, — Anvar shunday deb boshini qog‘ozdan 
ko‘tarib yangasi yonidagi uzun bo‘yli yigitchani ko‘rdi. Yigitcha — shu xonadonning 
to‘ng‘ichi, tog‘asining nabirasi edi. Tog‘asining o‘limidan so‘ng bu uyga kam kelgani 
uchun Anvar bu yigitchaning qanday odam ekanini yaxshi bilmasdi. To‘y-ma’rakalarda 
bir-ikki almoyi-aljoyi gaplarini eshitib, ensasi qotgani uchun unga ro‘yxush bermas edi. 
Onasi yonida tirjayib turgan yigitcha xuddi Anvar bilan birga yotib, birga turganday 
salom ham bermasdan gap qotdi: 
— Makulatura kerak bo‘lib qolibdi-da, a? 
Anvarning ensasi qotdi-yu, indamadi. Yanga iziga qaytgach, bu xonadonning to‘ng‘ichi 
cho‘ntagidan sigaret chiqarib, tutatdi. Anvar bu balodan tezroq qutulish uchun ishni 
tezlashtirdi. Bunga fahmi yetmagan yigitcha esa kechasi bilan televizor ko‘rganini, 
sessiyada qaysi deputat qaysisini «tuzlaganini» bir chetdan gapiraverdi. «Bunga it 
urishtirishni tamosha qilish ham, sessiya ko‘rish ham baribir», deb o‘yladi Anvar. 
Ishni oxiriga yetkazishga Anvarning toqati yetmadi. Yangasidan eski dasturxon so‘rab 
olib, chordoqdan topganlarini tugdi-da, orqalab ko‘chaga chiqdi. Qo‘nalg‘aga yetay 
deganda tog‘avachchasiga duch keldi. Tog‘avachchasi itini daraxtga bog‘lab qo‘yib, o‘zi 
qora choponli bir odam bilan gaplashib turgan edi. 
— Ha, topdingmi? — dedi u, Anvar yaqinlashgach. 
— Topganga o‘xshayman, — dedi Anvar, — uyga borib qarab chiqaman. 
— Ishing bitgan bo‘lsa bo‘pti-da. Shamsi, bu yigit bizning jiyan bo‘ladi. O‘zi olim. Katta 
idorada olimlik qiladi. Miyasi g‘ij-g‘ij ilm. Shunda ham tinmay o‘qiydi. Otamdan qolgan 
kitoblarni so‘rab kelibdi. Kitoblaringni sen nima qilding? 
Shamsi deganlari, og‘zida nosi bor ekan, tupurib, labini yengiga artdi-da, qo‘l siltadi. 
— E, arzimaydigan kitoblar ekan. Cho‘lpon deyishdimi-ey, yana allakimlar, deyishdi. 
Otlari esimda yo‘q. Shayxontovurda bir idora bor ekan, eski kitoblarni sotib oladigan. 
Manga arzimagan pul berishdi. Eskicha kitoblarga ko‘proq to‘lasharkan. 
— Dodang ham parangman, deb yuravurgan ekanda, a? Tokchaning orasiga tilla-pilla 
qo‘yib, keyin suvavormaydimi! — deb kuldi tog‘avachchasi. 
— E, kitob jinnisi bo‘lgan ekanlar. Bunaqa odamda tilla nima qiladi? 
Anvar bu suhbatdoshlardan tezroq qutulish uchun o‘ziga keraklisini kutmay, boshqa 
tomonga boruvchi avtobusga chiqib jo‘navordi. 
2 
 
U hovliga tugunni orqalab kirganida ro‘paradagi uy eshigi ochilib Sobitxon qori chiqib 
keldi. So‘ngra eshik og‘zida Risolat kampir ko‘rindi. U o‘g‘lining kelganini bilmay qoriga: 
— O‘zi bilmasin, a? — deb tayinladi. 
— Xo‘p, — dedi qori kulib, so‘ng kampir sirni oshkor qilib qo‘ymasin, deb qo‘shib qo‘ydi: 
— Ana, Anvarjon kelyaptilar. 
— Keldingmi, bolam, — dedi Risolat kampir ostona hatlab, — akang eson-omon ekanmi? 
Anvar qori bilan salomlashgach, onasiga javob berdi: 
— Urug‘laringiz sog‘inib-sog‘inib salom aytishdi. Jiyaningiz itidan ortsa, ammajonini 
ko‘rgani albatta kelarkan. Oyog‘iga poyandoz tayyorlab turing. 
— Bo‘ldi qil, eski paxtani chuvima. Iti sani arpangni xom o‘ryaptimi, nima ishing bor. 
Qori bolam, bunga bi-ir nasihat qilib qo‘ying, a? 
Sobitxon qori o‘ziga yarashgan kulimsirash bilan «xo‘p» deb qo‘ydi. Anvar taklif etgan 
«bir piyola choyga» kirishga unamadi. Zarur ishlari borligini aytib darvoza tomon 
yo‘naldi. 
— Qori aka, shoshib turgan bo‘lsangiz ham bir nafas vaqtingizni olaman, — Anvar 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat