Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
yo‘qotgan edi. Buyumni yo‘qotsa, topilardi, juda topilmasa «bosh-ko‘zimdan sadaqa», 
deb qo‘yardi. Orzu-umidi-chi, endi uni topadimi, topolmasa uni ham sadaqa qilib 
yuborish mumkinmi?.. 
Manzura bir qarorga kelib, yana oshxonaga qaytdi. Uchta kosaga sho‘rva quyib patnisga 
qo‘ydi-da, chaqqonlik bilan ko‘tarib, mehmonxona tomon yurdi. 
Bir yo‘nalishda yuradigan avtobus haydovchisi xayolga berilsa ham, kerakli joyda 
beixtiyor ravishda burilaveradi. Shunga o‘xshab oshxona — mehmonxona yo‘nalishida 
qatnayvergan Manzura xayoli band bo‘lsa-da, vazifasini aniq bajardi. Juvonlar sho‘rvani 
maqtab-maqtab ichib bo‘lishgach, javob kutib unga qarashdi. Asadbek rozilik bildirgan 
bo‘lsa ham Manzura darrov xo‘p deya olmas edi. Gulday qiziga bir otarchidan sovchi 
keladiyu darrovgina rozilik berib yuboradimi? Ayrim joylarga sovchilar kelaverib 
kavushlari titilib ketadi. Lekin... ayrim joylardagi qizlar boshqa... uning qizi boshqa. Bu 
sovchilar buni bilishadi. Bilganlari uchun ham tortinmay, cho‘chimay kirib kelishdimi? 
— Endi... adamiz bilan maslahatlashaylik... Qizimiz yosh... Hali o‘qiydi... — dedi Manzura 
chaynalib. 
— Voy, egachi, maslahatsiz bo‘larkanmi bu ish. Siz maslahatlashing, yoshlar bir-birini 
ko‘rsin, yoqtirsin. Xudo xohlasa, yulduzi yulduziga to‘g‘ri kelib qolsa, bu yog‘i to‘y-da! 
— Qaydam... hali tayyorgarligimiz ham yo‘q. 
Ikki mamlakat muammolarini hal etish uchun yig‘ilgan diplomatlarning salomlashishidan 
tortib, xayrlashuviga qadar, muomalalari, kulimsirashlaridan tortib qosh 
chimirishlarigacha bo‘lgan harakatlari aniq ishlab chiqiladi. Xuddi shunga o‘xshash, 
sovchilik marosimi ham yuz, balki ming yillar davomida bir qolipga tushgan. Xotinlar 
o‘zlarini qanday tutishni, nima deyishni yaxshi bilishadi. Mana hozir Manzura: «Hali 
tayyorgarligimiz ham yo‘q», dedi. Bu — qizimizni uzatishga rozimiz, ammo siz 
aytganday ertaga emas, balki indinga, degani. Bo‘lmasa bu xonadon uchun to‘y nima 
ekan. Ertalab ishga kirishilib, oqshomda to‘y boshlash qo‘lidan kelmaydimi? Lekin qizi 
bor odam noz qilmasa «diplomatiya» qonun-qoidalari buziladi. 
Sovchilar uy sohibasining ko‘nglini ko‘taradigan bir-ikki gaplarni aytib, lutf ko‘rgazib, 
o‘rinlaridan jilishdi. Juvonlar bir oz xijolat chekkach, bir oz noz qilgan bo‘lib, qog‘oz 
xaltani olishdi. Bu ham diplomatiyaning bir qoidasi — rozilik alomatiga ishora. Ertaga bu 
juvonlar tugun ko‘tarib kelishadi. Manzura patir nonlarni olib qoladi. Oqshomda erkaklar 
kelishadi. Qarabsizki, qish oxirlamay turib to‘y! 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat