Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
Asadbekning qizi o‘g‘irlanganda Zelixon Elchinni ogohlantirib, o‘ng qo‘lingni ishga solma
devdi. Qiz tipirchilab yotganida bu o‘git esga kelarmidi?.. 
— Amma-xolalaringni bugunoq yubor. Paysalga solma. Men uch-to‘rt kunga Farg‘onaga 
borib kelishim kerak. Maslahatlaring pishguncha qaytarman. 
Zelixon safardan maqsadi nima ekanini aytmadi. Elchin ham so‘ramadi. Chunki 
Zelixonning bolaligi o‘tgan joylarni qo‘msab, borib turishini u yaxshi bilardi. Zelixonni bu 
safar faqat bolalik xotiralari yoki katta o‘g‘irlik rejasi emas, jiddiy tashvish chorlayotgani 
unga ma’lum emasdi. 
5 
 
Asadbek xotiniga maqsadini ayon qilmagan edi. Shu sababli sovchilarning kirib kelishi 
Manzurani shoshirib qo‘ydi. Hovlida ikki notanish juvonning paydo bo‘lishidan avvaliga 
ko‘ngli ravshanlashdi. Ona ko‘ngli sezgir bo‘ladi. Qizining bo‘yi yetgach, darvozadan 
mo‘ralovchi begona ayol maqsadini darrov fahmlaydi. Bu tashrif oqibati nima bilan 
tugashini bilsa-da, baribir ko‘ngli ravshanlashdi. 
Juvonlar «sendan qolsam qulog‘imni kesaman», deb bas boylaganday, biri-biridan 
bo‘liqroq edi. Ular shaharga dong‘i ketgan odamning xotini duru gavharlarga ko‘milib 
yashaydigan malika deb o‘ylashganmi, ustida odmigina qora duxoba nimcha, oyog‘ida 
mahsi-kalish bo‘lgan Manzurani cho‘ri gumon qilib, hovlida turib qolishdi. 
— Kiraveringlar, tortinmanglar, ovsin, — dedi Manzura. 
— Egachim yo‘qmidilar? — deb so‘radi juvonlardan biri. 
— Kimni aytyapsiz? — dedi Manzura, «bular adashib kirib qolishmadimi», degan 
xayolda. 
— Asadbek akamning xotinlari, — dedi juvon unga o‘g‘rincha tikilib. 
— Menman, ovsin, — dedi Manzura. 
— Voy, aylanay sizdan, egachi, tanimabmiza. Keling, boshqatdan ko‘rishaylik. 
Esonmisiz, omonmisiz... Biz o‘g‘irlikka keluvdig-a... 
Manzura kulimsirab, ularni uyga boshladi. 
Kuyovlikka da’vogarning kimligini bilib, Manzuraning esi og‘ib qolayozdi. Elchin «bor 
gapni yashirmay, darrov aytinglar», deb sovchilarga tayinlagan, ular bu amrni og‘ishmay 
ado etgan edilar. Manzura qizining boshiga og‘ir savdo tushgandan keyin xotinini so‘yib 
qo‘yib qamalib chiqqan otarchiga berarman, deb o‘ylamagan edi. Garchi sovchilar 
«xotinini o‘zi so‘ymagan, tuhmat bo‘lgan» deb ishontirishga urinishsa ham, Manzuraning 
rangi oqarib, badani muzlab ketdi. U sovchilarga choy quyib uzatib, hovliga chiqdi-da, 
boloxonadagi yigitlarga «akangizni tez topinglar», deb buyurdi. Dam o‘tmay dahlizdagi 
telefon jiringladi. 
Asadbek xotinining gaplarini xotirjam eshitdi. Manzura erining achchiqlanishini, «haydab 
chiqar», deb baqirib berishini juda-juda istagan edi. Afsuslarkim, kutgani ro‘y bermay, 
eri bosiqlik bilan: 
— Joyi chiqqan bo‘lsa, uzatish kerak, — degani uning aqlini shoshirib qo‘ydi. Bir damning 
o‘zida xayol uni ming bir ko‘chaga olib kirdi. Nihoyat, erining maqsadini anglaganday 
bo‘ldi-da, «Voy sho‘rim, endi nima qilaman!» deb pichirlab, hovliga chiqdi. Sovchilar 
o‘tirgan uyga kirmoqqa yuragi betlamadi. Oshxonaga qarab yurdi. Qozonda sho‘rva 
bilqillab qaynayapti. Choynakning jo‘mragi bug‘ ufuradi. U beixtiyor qo‘liga cho‘mich 
olib, yarim kosa sho‘rva suzdi. Keyin cho‘michni qozonga tashlab, yana tashqariga 
chiqdi. Deraza osha tashqariga qarab o‘tirgan sovchilarning biri uning harakatini kuzatib, 
«bir nimasini yo‘qotib qo‘yib gangib qoldi, boyaqish», deb o‘yladi. Manzura bu onda 
biron buyumni emas, yuragi to‘rida o‘n sakkiz yil avaylab asragan orzusini, umidini 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat