Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
e’tiboridan chetda qolmadi. Ular savol nazari bilan Asadbekka qarab olishdi. Asadbek 
yuzida o‘zgarish sezilmagach, ular ham qadrdonlardek so‘rashishdi. Har- holda «Kuyovni 
payg‘ambarlar siylabdi», degan naql bor. 
— Hofiz, olamda bormisiz, yo‘qlamasak yuz so‘mlik pulday ko‘rinmasdan yuraverar 
ekansiz-da, a? 
— Sizning ishingiz ko‘p, aka, biz esa bekorchi odammiz. Boshingizni og‘ritmay, deyman-
da, — dedi Elchin. 
— Sizday mehribon ukaxonlardan yana ikkitagina bo‘lsa jannatda yurganday rohat qilib 
yasharkanmiz, — dedi Asadbek, — Haydar, hofizning ashulalari esingdami? Eshitib naq 
erib ketardik-a? «Qaro ko‘zim»ni qiyvoradi-ya! «Qaro ko‘zim, kel endi, mardumlig‘ni fan 
qilg‘il»midi? Bu «kel, endi sen ham odam bo‘lgin», degani ekan-da, a? 
— Ha, shunaqaroq, — dedi Elchin, Asadbekning pichinglarini o‘zicha talqin qilib. 
— Nimaga yo‘qlaganimizni bilarsiz-a, hofiz? 
— Hayronman. 
— Hayron bo‘lmang. Shilimshiqni o‘ldirishingizni bilardim-u, ammo bunaqa vahshiylik 
qilasiz, deb o‘ylamovdim. Sizdek nozikta’b odam... 
— Tushunmadim, Shilimshig‘ingiz kim? 
— O‘zingni ovsarlikka solma. Kambag‘alni siylasang, chorig‘i bilan to‘rga chiqarkan. Sen 
xumoringni bosarsan, deb men uni asradim. Oshni men pishirdim. Suzdim, hatto 
oshatdim. Siz, og‘aynichalish, faqat chaynab yutdingiz. Endi nafsingiz orom olgandir, a? 
Elchin istehzo bilan kulib qo‘ydi. 
— Qorni och odam bir osham oshga qanoat qilarmikin? 
— Jon shirin bo‘lsa — qanoat qiladi. — Asadbek shunday deb a’yonlariga qarab oldi. Ular 
bosh irg‘ab, tasdiq ishorasini qilishdi. 
— Jon shirin... — dedi Elchin istehzoli jilmayish bilan. 
Jondan to‘ygan boltadan qaytmas ekan. Aslida Elchin uchun jonning shirinligi qolmagan. 
Kim bilan olishayotganini, oqibati nima bo‘lishini biladi. O‘ligi qaysi bir ovloqda yoki qaysi 
bir suv ostida chiriydimi yo kafanlanib ko‘milish nasib etadimi — shugina qorong‘i unga. 
Asadbek uni go‘l baliq fahmlab, o‘limtik chuvalchangli  qarmoqni tashladi. Qarmoqqa 
ilintirdim, deb o‘ylayapti. Asadbek ishning ko‘zini biladi. Lekin Zelixon bekorga akademik 
deyilmaydi — bunisi ham bor. Shilimshiq masalasida Asadbekning hisobi xomroq, 
Zelixonniki aniqroq bo‘ldi. Asadbek Elchinning o‘tkir zehnli maslahatchisi, mard homiysi 
borligini hisobga olmagan edi. Zelixon bilan Elchin esa barchasini hisob-kitob qilib 
qo‘yishgan. Asadbekning odamlari Shilimshiqni kuzatajagini bilgani uchun ham Zelixon 
o‘zini panaga oldi. Shilimshiqning ahvoli milisadan avval Asadbekka ma’lum bo‘lajagini 
ham taxmin qilib, yanglishishmadi. Endi nima qilmoqchi, nima demoqchi — shunisi 
qorong‘iroq. Elchin Asadbek bilan piching toshlari otib o‘ynashish xatarli ekanini bilib, 
yon bosganday bo‘ldi. «Jon shirin», deb tan olishi shundan. 
— Sen «bir o‘zimman», deb qasam ichuvding, — dedi Asadbek. 
— Ha, bir o‘zimman, — dedi Elchin xotirjam. 
— Borib katta xolangning erini laqillatasan. Armanimi, kim u yigitlar? 
— Ha, ularmi?..— Elchin uzoq tanishlarini eslab qolganday jilmaydi. — O‘zim ham aniq 
bilmayman. Pulga yollovdim. Pulni ola solib jo‘navorishgan. Qayoqdaligi noma’lum. 
— Men senga ularni topib ber, deyayotganim yo‘q. Sen odamim yo‘q, deb qasam 
ichding. Men senga begona millatdan odam aralashtirma, dedim. Sen hajiqizning ishini 
qilding. Sen mard bo‘lsang, meni o‘z qo‘ling bilan o‘ldir. Qayoqdagi haromilarni boshlab 
kelma. Qimorda g‘irromni yomon ko‘rishimni bilasan-a? Hayot ham bir qimor. Eplasang 
— o‘yna. Eplamasang — chetga chiq. Sen eplay olmas ekansan. Qimorning o‘z qonun-
qoidasi, nozikliklari bor, a? Sen qo‘lingda tuz bo‘lsa bosar-tusaringni bilmay qolarding. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati