Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
— Chaqir, tezroq gumdon qil. Hozir otarchi kelishi kerak. 
Chuvrindi eshikni ochib, Orzubekni imlab chaqirdi. Deputat odatiga xilof ish qilmadi
ostona hatlab g‘udrandi. 
— Nima deysan? — dedi Asadbek unga o‘qrayib. 
— Shu... roziligimni aytmoqchi edim. 
Asadbek uning roziligini anglagan bo‘lsa ham, atayin gapni aylantirdi: 
— Nimaga rozisan? 
Orzubek «meni kalaka qilyaptimi yo esidan chiqqanmi?» deb kalovlandi. 
— Buncha dovdiraysan, gapir gapingni, — dedi Asadbek. 
— Qizimni so‘ragan edingiz... bir aziyat chekkan odamga... shunga maslahatlashdik... 
Rozimiz. 
— Haydar, shunaqa gap bo‘luvdimi? E, ha... juhud xotining xo‘p, dedimi? 
— Bek aka, bir iltimosim ham bor edi. 
— Iltimosmi, shartmi? 
— Iltimos... Shu... Yoqubjonov boshqa ishga o‘tibdi. Shuni gaplashib bersangiz... Mening 
ko‘zim uchib turgani yo‘q-ku, o‘zingiz bilasiz, mansab talashadigan odammasman, 
ammo... ko‘pning manfaati uchun kerakmikin?.. 
Asadbek bu gapni eshitib, unga qattiq tikildi. «Esi joyidami buning, — dedi u o‘zicha. — 
Meni Xudo deb o‘ylaydimi? Yoqubjonovning o‘rniga men odam qo‘yarkanmanmi? Katta 
olimlar boshqarib kelgan ish bo‘lsa... Bu yetim toyloq ilm ko‘chasining yonidan o‘tganmi 
o‘zi? Deputatligi kamlik qilibdimi? Poshsholikka da’vogarligi chin bo‘lib qolyapti-ku? 
Yoqubjonovning o‘rnini egallasa, Oqsaroyga bir qadamgina yo‘l qoladi. Anoyi emas bu 
toyloq. Qo‘limdan kelsa ham qo‘ymas edim buni...» 
— Bu iltimos emas, shart. Qizingni amal kursisiga almashtirmoqchimisan?! 
— Unday emas, Bek aka... 
— Ovozingni o‘chir, haromi! Meni go‘l deb o‘ylayapsanmi?! Hech bo‘lmasa ko‘ngil uchun 
«kuyov bo‘lmish kim o‘zi?» deb so‘rab qo‘y. Sen javobingni qachon aytishing kerak edi? 
O‘n kun o‘tdimi, Haydar? 
— Safarga ketib qoldim, uzr. 
— Ikkinchi qadam bosma bu yerga. Senga aytilgan odam allaqachon uylanib bo‘ldi. 
Jo‘na! 
Orzubek tepki yegan it holiga tushib, orqasiga o‘girildi. 
Bunchalik xor qilmang-da aka, — dedi Chuvrindi, deputat chiqib ketgach, — bizga 
asqotib qolishi mumkin. 
— Poshsho bo‘lgandayam sariq chaqaga olmayman buni. Bo‘tqa! 
Eshik qiya ochilib, Bo‘tqaning basharasi ko‘rindi. 
— Hozir chiqqan so‘takning qizi bor. 
— Bek aka, unday qilmang, — dedi Chuvrindi. 
— Sen aralashma. Qizini bozorga solishning qanaqa bo‘lishini bir bilib qo‘ysin! Bo‘tqa, 
tushundingmi, aytganimni qil. Otarchi kelmadimi? 
— Bo‘ydoq olib keldi, kutib o‘tiribdi. 
— Chaqir, kirsin. 
Elchin kirib salom berdi. A’yonlar unga tanish edi. Qamalmasidan ilgari bularga xizmat 
qilgan, Kesakpolvon kimu Chuvrindi kim — yaxshi bilardi. 
Asadbek o‘rnidan turib, bir qadam bosib qo‘lini uzatdi. Bu marhamat uncha-buncha 
odamga ko‘rsatilmas edi. Bu marhamatga erishganlar muborak qo‘l havoda uzoq vaqt 
muallaq qolmasligi uchun chaqqon kelib, tavof qilar darajada so‘rashar edilar. Elchinga 
bu ma’lum bo‘lsa-da, shoshilmadi. Bitta-bitta bosib kelib, boshqalar kabi qo‘shqo‘llab 
emas, yosh bolalarga o‘xshab bir qo‘llab so‘rashdi. Uning bu beadabligi a’yonlar 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati