Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
Jalolshilimshiq Elchinning vajohatiga qarab «baribir o‘ldiradi», deb o‘yladi. «Men 
o‘lamanu ular maza qilib yurishsinmi?.. Ularni ham topib o‘ldirsin...» degan niyatda 
shoshilib-shoshilib gapirardi. O‘lim sharpasi yuzu ko‘zini silay boshlaganida gunohlarga 
tavba qilish kerak, deb unga hech kim aytmagan. Jon shirinligini shu paytgacha his etib 
ko‘rmagan, necha odamni xonavayron qilib, nechtasi ko‘ksiga pichoq sanchganda qo‘li 
qaltiramagan bu banda tavba degan tushunchadan ancha yiroq edi. Hozir tasodif ro‘y 
berib, bo‘ynidagi silliq kanop yechib yuborilsa, narida turgan kavkazlik yigitlar ko‘zdan 
yo‘qolsa, Elchindagi hayajon uchquni vahshiy alangaga aylanmay turib, uni jon taslim 
qilishi aniq bo‘lib qolardi. Tasodif ham, mo‘’jiza ham yuz bermaydi. Hademay, qo‘l 
cho‘ntakdan chiqadi. Nima olib chiqadi — pichoqmi, to‘pponchami? Yo o‘lasi qilib 
do‘pposlab, so‘ng daraxtga osishadimi? Jalolshilimshiq shuni bilmaydi. 
— Demak... Birinchi Asadbek kirdimi? 
— Ha... u oldin ham kelib yurarkan. Endi senlarga... devdi... Keyin... Jamshid 
qizg‘anib... 
Jalolshilimshiqning gapi og‘zida qoldi. Tumshug‘iga tushgan musht zarbidan boshi 
daraxtning zarang tanasiga zarb bilan urilib, gangib hushidan ayrilay dedi. 
— Bekor aytibsan, itvachcha! — dedi Elchin xirillab. U o‘ljasidan bu gaplarni kutmagan 
edi. O‘lishi lozim bo‘lgan o‘ljasi Noilasining nomini bulg‘ab qo‘ydi. Shu gap endi o‘t 
olayotgan vahshiy alangaga moy sepdi. Elchin hushini tamom yo‘qotdi. 
Jalolshilimshiqning tum-shug‘iga yana bir-ikki musht tushirgach, so‘ng chotiga tepdi. 
Jalolshilimshiq dod solib o‘kirdi. Qorniga ham tepki yegach, nafasi qaytib xirillab qoldi. 
Elchin uning kiyimlarini yulqib, yecha boshladi. 
Katta ko‘chadagi mashinalar shu yerga kelganda bir oz sekinlardi. Odamlar yo‘l chetida 
nimalar sodir bo‘layotganini ko‘rishardi-yu, to‘xtashga yuraklari betlamasdi, yo Xudo 
«qo‘y, to‘xtama, bu bandam shu jazolarga loyiq», deb ko‘ngillariga solarmidi, harholda 
yana mashinalarini tezlashtirib ko‘zdan yo‘qolishardi. 
Elchin nima qilayotganini o‘zi bilmay qoldi. Pichoqni chiqarib uning erkakligini shart kesib 
tashladi. Vahshiy alanga tillari uning esini olgan, ko‘zini ko‘r qilib qo‘ygan edi. Sal narida 
turgan kavkazlik yigitlar ham Elchindan bunday vahshiylikni kutishmagan edi. Elchin shu 
alanga o‘tida qovurilib, panjalarni kesishni unutdi. To‘lg‘onishga ham quvvati qolmagan 
Jalolshilimshiqning chap ko‘ksiga pichoq sanchdi. 
U qasos umidida yurgan kezlari mal’unning ko‘ksiga pichoq sanchsam, taskin toparman
deb o‘ylardi. Mana pichoq ham sanchildi. O‘ljasining kallasi Iso Masihning boshiday 
yonga egilib, osilib qoldi. Yigitlar yaqinlashib, jonsiz yalang‘och tanani daraxt shoxiga 
osishdi... Elchin qasos lazzatini bilolmay qoldi... 
...Prokuratura tergovchisi Zohid Sharipov bu manzaradan bexabar, o‘zicha taxminlar 
qiladi, kalavani yechmoqchi bo‘ladi. Holbuki, kalavani yechmoq uchun avval uning uchini 
topmoq kerak. Zohid uni topa oladimi— hozir bilmaydi. Kechga borib oldidagi qora parda 
asta-sekin ko‘tarila boshlaganday bo‘ldi. Avval mashina taksoparkdan o‘g‘irlangani 
aniqlandi. Korxona rahbarlarining yap-yangi mashinani o‘g‘irlatib qo‘yib indamay 
o‘tirishlari Zohidni ajablantirdi. Mashina biron haydovchiga biriktirilmagan, belgi raqami 
ham olinmagan. Haydovchilar yangi mashina kelishini orziqib kutishadi, unga ega chiqish 
uchun rahbariyatga falon so‘m pora berishadi. Nahot bundan bexabar qolishsa? 
Taksopark Zohid avval ishlagan deparada joylashgan edi. Zohid Hamdam Tolipovni 
topib, shu masalani yechishni topshirdi. 
Murda tirikligida Shilimshiq laqabi bilan yurgan Jalol Komilov ekani aniqlangach, Zohid 
kalavaning uchini topganday bo‘ldi. U qotillik tasodifan yuz bermaganiga ishonardi. 
Jalolshilimshiq bundan yigirma yil muqaddam, o‘smirlik chog‘ida bir marta qamalgan. 
«Odobi va mehnatsevarligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lgani, gunohidan astoydil 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati