Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
bo‘sh edi, biroq, qimirlashga, o‘zini himoya qilishga qurbi yetmasdi. Qimirladi, degunicha 
ingichka silliq kanop bo‘g‘ardi. U ajali yetganini sezdi. U Asadbek qahriga uchrab
badarg‘a bo‘lganida ajablangan edi. Elchin «xotinimni o‘zim o‘ldirganman», deb qamalib 
ketdi. Asadbekning sha’niga gard yuqadigan gap bo‘lmadi. Elchinning tanobini tortib 
qo‘yishni Asadbekning o‘zi buyurgan edi. Tanobni sal qattiqroq tortibdi, shunga  
shunchami? Ha, endi qaymoqday narsa ekan, to‘yib yemasa ham yalab ko‘rishi 
kerakmidi? Xotinni qimorda halol yutib olganidan keyin hushiga kelganini qiladi-da! 
Jalolshilimshiq Asadbekka sodiq edi. Asadbek ham uni qadrlardi. Xo‘jayinni qaysi 
shayton yo‘ldan urdi, Shilimshiq bilmaydi. Bitta otarchining xotini deb badarg‘a qilib 
yuborganiga sira aqli yetmaydi. U Rusiyaning sovuq shaharlarida nasibasini terib yurgan 
chog‘larida ko‘p o‘yladi, turli taxminlarga bordi. O‘zi uchun eng ishonchlisi — 
«otarchining qaymoqdekkina xotini Bek akamning suyukli o‘ynashi ekan-da, shunga 
chidolmadilar», degan taxmin edi. Shilimshiq surgun muhlatini bilmas edi. Musofirlikda 
rizqini qiynalmay terib yurgani uchun ham «Vatan hajrida kuyib yonish», degan hislar 
unga begona edi. Yangi yil ayshini surib yurganida Bek akasining yo‘qlaganini  bilib, bir  
quvondi, bir ko‘ngli g‘ashlandi. Unga yap-yangi taksining kalitini tutqazib: «Bu «Volga» 
o‘z-o‘zingga, aqling bo‘lsa bitta moshinani shaxsiy taksoparkka aylantirasan. Noshudlik 
qilsang, chorig‘ingni sudrab yuraverasan», deyishdi. Picha aqcha ham berishdi. U 
bundan xursand bo‘ldi. Biroq, Asadbek bilan ko‘rishmagani yuragiga g‘ulg‘ula soldi. 
«Gunohim shunchalar ko‘p ekanmi, Bek akamning ko‘rgilari yo‘q», deb ko‘p tashvish 
chekdi. 
Bo‘yniga silliq kanop tashlanganida ham taqdir yozug‘idan bexabar edi. Kavkazlik 
boyvachcha yigitlarning bu qilig‘idan hayron bo‘ldi. «Moshinani olinglar, yonimdagi pulim 
kamlik qilsa, yana topib beraman», deb yalindi. Yigitlar gapga tushunmaganday beparvo 
turaverishdi. Yana «Yigirma ming beraman», dedi. Ellik mingga ham chiqdi. Latifa aytib 
kuldirib kelayotgan yigitlar esa tund holda o‘tiraverishdi. Havorang «Jiguli» to‘xtab, 
undan  tushgan Elchinni tanidi-yu, taqdirga tan berdi! 
— Elchin, ayb menda emas! — deb baqirdi jonholatda. 
Elchin indamadi. Asta-asta bosib, o‘ljasiga yaqinlashdi. U hali o‘ljasini bir zumda 
bo‘g‘izlab tashlaydigan vahshiy kepatasiga kirmagan edi. U hatto bir oz hayajonlanardi 
ham. O‘ch olishga bunchalik oson erishaman, deb o‘ylamagandi. O‘ljaga tashlanish 
uchun vujudidagi hayajon uchqunini vahshiy alangaga aylantirishi lozim edi. 
Ro‘parasidagi odam — Asadbekning qizi  emas. Hozir bo‘lmasa bir soatdan keyin yoki 
ertaga amalga oshiriladigan ish ham emas. Cho‘ntakdan pichoqni hozir olishi shart
erkakligini ham hozir kesib tashlaydi. So‘ng... azobdan o‘kirayotgan paytda Noilani 
quchgan panjalarini shu pichoq bilan chopib, uzadi. Hammayog‘i qonga belanib 
to‘lg‘anayotganida, joni chiqay deganida yuragiga pichoq sanchadi. Sanchadi-yu, 
sug‘urib olmaydi... 
— Elchin, ayb menda emas, Xudo ursin! 
— Ayb kimda? 
— Baliq boshidan sasiydi. Asadbekning ishi bu. 
— Sen-chi? 
— Men poyloqchilik qilganman. 
— Jingalaksoch-chi? 
— Jamshidmi? Uyam kirgan... oxirida. 
— Kim o‘ldirgan? 
— Jamshid. 
— Yana kim bor edi? 
— Kesakpolvon... 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat