Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
yov, deb xavotirlangan edi — sezgisi aldamadi. 
Tipirchilayverganidan chizimcha qo‘l-oyog‘ini shilib yuborgan edi. Chizimcha yechilgach, 
shilingan yerlari lovullay boshladi. Lekin Elchinni hozir bu emas, yuragidagi o‘t ko‘proq 
qiynardi. U Jamshidning tashrifini qisqagina qilib aytib berdi. (Tepki yeganini, shubhasiz
yashirdi.) 
— O‘yin boshlanibdi, — dedi Zelixon stol ustida  sochilib yotgan suratlardan birini olib. 
Elchin xuddi xotinini sharmandali holda ko‘rsatayotganday uyalib, suratlarni qo‘lidan 
tortib oldi. 
— Yaxshilab qaradingmi, suratlarni yasashmaganmi? — dedi Zelixon. — Rostakam 
suratligiga menda ishonch yo‘q. Chunki, xotiningning o‘limi — tasodif. Ig‘vo maqsadida 
qilinmagan bu ish. Demak, har maqomda suratga olib o‘tirishmaydi. Xotining o‘z xohishi 
bilan qo‘shilmagan. Zo‘rlashgan. Demak, ko‘zlarini bunday yumib, rohatlanib turmaydi... 
Elchin dastlab jahl ustida suratlarga e’tibor bermagan edi. Zelixonning gapidan keyin 
suratlarga tikildi. 
— To‘g‘ri, — dedi u suratlarni taxlab. — Noilaning yelkasida tirtig‘i bor edi. Suratda esa 
yo‘q. 
— Ha... O‘qilon bir yanglishibdi. Ishonishingni juda ham xohlayapti. Shilimshiq 
deganlarini taniysanmi, o‘zing? 
— Taniyman. O‘yinda u ham bor edi. O‘shanga yutqizgan edim. 
— Shilimshiq ularga yoqmay qolgan bo‘lsa, sening qo‘ling bilan yo‘qotishmoqchi? Yo‘-
o‘q... Bek g‘irrom qilmasa kerak. Faqat seni ishontirishning noto‘g‘ri yo‘lini topibdi. 
Shunday aytsak, ishonmaydi, deb o‘ylashgan. Endi ishonishing kerak. 
— Hammasini o‘ldiraman, — dedi Elchin, mushtumini qattiq qisib. 
— Avval naqdini o‘ldirib tur. Xo‘sh, nima qilasan? 
Nima qilishini Elchin bilmasdi. To‘g‘ri, o‘ldirishning bir necha turlarini xayolida pishitib 
yurardi. Lekin amalga oshirishga kelganida qo‘llari qaltiramasmikin? 
2 
 
Taqdir yozug‘iga Asadbek to‘dasiga aloqador ishlarni yuritish bitilgan ekan, prokuror 
yordamchisining chetlatishga urinishi bekor bo‘lib qolaverdi. Namozov ishining ustalik 
bilan yopilishidan g‘azablanib yurgan Zohid Sharipovga kutilmagan ish topshirildi. Zohid 
militsiyaning qidiruv guruhi bilan voqea yuz bergan yerga borib dahshatli manzaraning 
guvohi bo‘ldi: yo‘l  chetidagi daraxtga erkakligi kesib tashlangan, chap ko‘kragiga pichoq 
sanchib qo‘yilgan qip-yalang‘och odam osilgan edi. O‘n qadamcha narida yondirib 
yuborilgan yengil mashina temirlari qorayib turardi. Bu qotillik tunda amalga oshirilgan, 
serqatnov katta yo‘ldan mashinalarda o‘tganlar bu manzarani, aqalli yonayotgan 
mashinani, shubhasiz, ko‘rishgan, ammo to‘xtashga, jilla qursa xabar berishga 
qo‘rqishgan. 
Suratchi ishini tugatgach, murdani yerga olib, ustiga choyshab yopib qo‘yishdi. Zohid 
atrofni sinchiklab kuzatdi. «Erkakligi kesib  tashlanganiga qaraganda qotillik tasodifan 
yuz bermagan, — deb o‘yladi u. — Orada qasos bo‘lganmi? Unda nima uchun yuragiga 
pichoq sanchib, so‘ng daraxtga osib qo‘ygan?» Zohid shu paytgacha mayda o‘g‘rilaru 
bezorilar bilan shug‘ullangan edi. Prokuror yordamchisi va’da etgan jiddiy ishning bu  
darajada bo‘lishini kutmovdi. Zohid bu jinoyatning tagiga yeta oladimi yo bu ish ham 
ochilmay yotgan qotilliklar safiga qo‘shiladimi, hozir bilmaydi. U qotilliklarning yarim 
tunda emas, shomda sodir bo‘lganidan ham bexabar. Murda osilgan daraxt atrofidagi 
izlarning biri — Elchinniki ekani ham unga noma’lum... 
...Shilimshiq deb laqab olgan Jalolni avval daraxtga bo‘ynidan bog‘ladilar. Qo‘l-oyoqlari 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
ishlab chiqarish
fizika matematika
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati