Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   238
XI  b o b 
 
1 
 
— Men Bek akamni otamdan ulug‘ deb bilaman. Bek  akam aralashmaganlar bu ishga. 
Men eshik oldida qorovul edim. Shilimshiqning maqsadi menga ham noma’lum edi... 
Elchin  ro‘parasida o‘tirgan jingalaksoch yigitdan ko‘z uzmay o‘tirardi. O‘zini Jamshid deb 
tanitgan bu yigitni yangi yil shomida ko‘rgan edi. Savollariga javob bergisi kelmay ensasi 
qotgan yigit bugun kutilmaganda o‘zi kirib keldi — Elchinning yarasiga tuz sepdi. 
Jamshid nigohini olib qochmasdan, o‘zini aybli deb hisoblamasdan tik qarab turib 
gapirdi. Noilaning qaysi xonada o‘ldirilgani, Shilimshiqning qanday kirgani, qanday 
zo‘rlagani... hammasini aytdi. So‘ng... suratlar chiqardi. Ana shunda Elchin o‘zini tuta 
olmay qolib bo‘g‘ib o‘ldirmoq qasdida unga tashlandi. O‘sha mudhish voqeaga 
Jamshidning aloqasi bormi-yo‘qmi — Elchin uchun farqsiz edi. Eng muhimi — bu mal’un 
ularning sherigi, ularning odami! 
Jamshid Elchin tashlanib qolar, deb maxsus tayyorgarlik ko‘rib o‘tirmagan edi. Ammo 
uning Asadbek to‘dasida olgan eng muhim sabog‘i — sergaklikni bir  nafas ham 
yo‘qotmay, yotsa ham, tursa ham, har qanday  nogahoniy hamlaga tayyor bo‘lish edi. 
O‘sha sergaklik  pand bermadi — o‘zini chetga olishga ulgurdi. Qo‘llarini cho‘zganicha 
tashlangan Elchin o‘zini to‘xtatolmay oldinga uchdi. Shunda bo‘yniga bir zarb tushdi. 
So‘ng qo‘li  orqasiga qayrildi. Jamshid cho‘ntagidan chizimcha chiqarib bo‘g‘ishga 
shaylangan qo‘llarni bir zumda bog‘lab tashladi. Bu ishlar ko‘z ochib yumguncha 
bajarildi. Bo‘g‘ziga pichoq tortilganday xirillayotgan Elchin dastlab qay holga tushganini 
anglamay ham qoldi. Keyin boshini ko‘tarib, Jamshidga qaradi: 
— Qo‘llarimni bo‘shat, haromi! 
— Haromi nimaligini bilasanmi o‘zing! — Jamshid shunday deb uning qorniga tepdi. 
Elchin nafasi qaytib, bukchayib qoldi. Jamshid esa, xotirjam holda cho‘ntagidan sigaret 
olib tutatdi. 
— Haromi deb sendaqalarni aytadi. Xotiningni qimorga tikib yurib, endi aqling kirib 
qoldimi? Bek aka senga muruvvat qilib, dushmaningni avaylab, asrab turdilar. O‘zi 
xumordan chiqsin, dedilar. Seni  o‘limdan olib qoldilar. Armonda ketmasin, dedilar. O‘g‘il 
bolalik shunchalar bo‘ladi-da! O‘zingni bosib ol, he itdan tarqagan. — Jamshid shunday 
deb uning oyog‘ini ham bog‘ladi-da, chiqib ketdi. 
Elchin qo‘llarini bo‘shatolmay yerda tipirchilab qolaverdi. Zelixon kelmaganida qancha 
yotardi — Xudo biladi. 
Zelixon Elchinning uyiga xavotir bilan keldi. Chunki Elchin va’daga binoan unikiga borishi 
lozim edi. Zelixon uni kuta-kuta toqati toq bo‘ldi. Hamisha xatar jari ustidagi qil 
ko‘prikda yuruvchi odamning yuragi sezgir bo‘ladi. Zelixon ham Elchinga bir nima bo‘ldi-


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat