Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
103
Bu atrofda radio faqat maktab direktorining xonasida bor edi. Kechqurun, ertalab radio 
eshituvchi qorovul mahallani yangilik bilan ta’minlagani sababli o‘qituvchilar qatori u 
ham hurmatli kishilardan  sanalardi. Stalinning o‘limi haqidagi xabar o‘shandan chiqqani 
ayon edi. 
Asad bilan Jalil ham boshqalarga qo‘shilib maktabga kirishdi. Direktor xonasidagi radio 
keng dahlizning o‘rtasiga olib chiqib qo‘yilgan. Ikkinchi qavatga olib chiquvchi zinalarda 
odamlar tirband o‘tirishibdi. Hamma jim. Barchaning nigohi o‘rtadagi qora qutida. Xuddi 
mo‘’jiza yuz berishini kutganday kiprik qoqishmaydi. 
Birdan qora qutidan «Govorit Moskva» degan jarangdor ovoz chiqdi. Jalil Asadni 
yengidan tortib shivirladi: 
— Urush boshlanganga o‘xshaydi. 
Jarangdor ovoz dohiyning o‘lim topganini e’lon qilgach, radio yonida o‘tirgan shop 
mo‘ylovli erkak «voy, otam» deb yig‘lab yubordi. Bir yigit hushidan ketib shilq etib 
yiqildi. «Voy, endi nima qilamiz!» deb bir ayol chinqirdi. Ola-g‘ovur boshlandi. 
— Stalin o‘lgan bo‘lsa, endi urush boshlanadi, — dedi Jalil. 
Jalilning otasi bolalarni qo‘llaridan ushlab, tashqariga boshladi. 
— Bu dushmanlarning ishi, Stalin o‘lmasligi kerak edi, — dedi u. 
«Nima uchun o‘lmasligi kerak?» degan savol Asadni ko‘p o‘ylantirdi. Oradan yillar o‘tib, 
Stalin qoralanganda ham shu savolni ko‘p esladi, ammo javob topa olmadi. 
Shom tushib, qo‘ni-qo‘shnilar uy-uylariga tarqalishgach, ona-bola yolg‘iz qolishdi. Urush 
yillari janggohlardan jon olib to‘ymagan hazrati Azroil bu tomonlarda ham kattami-
kichikmi farqiga bormay tutib olavergach, odamlarning diydalari ancha qotib qolgan edi. 
Shundanmi, go‘dakning o‘limi katta fojia sanalmasdi. Samandarni qabristonga olib 
borishayotganda Asadning nazarida hamma qayg‘uga botgan edi. Keyin Stalin o‘limi 
haqida xabar tarqaldi-yu, go‘dakning o‘limi bilan hech kimning ishi bo‘lmay qoldi. 
Yolg‘iz o‘tirgan ona-bolani yutaman, deganday tun yopirilib kirdi. Tancha sovuq — olov 
qilish eslariga kelmabdi. Qora chiroq qorong‘ilik dahshatidan qo‘rqqanday titraydi. Ona-
bola gap-so‘zsiz uzoq o‘tirishdi. Asad endi ko‘zi ilingan ekan, onasining ovozini eshitib, 
cho‘chib uyg‘ondi. 
— Adasi, oling, nondan yeb turing, hozir samovor qaynaydi. 
Asad ham qo‘rqo‘v, ham ajablanish bilan onasiga qaradi. Patnis ustida lipillab turgan 
chiroqdan bo‘lak hech nima yo‘q. Lekin onasi non sindirganday  harakat qiladi. 
— Samandaringiz uxlab qoldi-da. Shunaqangi shirin bo‘lganki... Oling, choy iching. Endi 
uzoqqa ketmang... Odam sog‘inarkan... 
Asad «Oyi...» dedi  sekin. Keyin ovozini ko‘taribroq chaqirdi. Onasi eshitmadi, 
gapiraverdi... 
O‘shandan boshlab har tun shu hol takrorlanaverdi. 
Zinatulinning taqdiri o‘sha tunlarning birida hal qilingan edi. U damda Asad Zinatulin 
degan zotni bilmasdi. Aynan shu odamni jinnilikka hukm ham qilmagan edi. Uylariga 
bostirib kirganlarning biri  qiynoq bilan o‘lim topmog‘i, ikkinchisi jinni bo‘lib  xorlanishi 
lozim edi. Yerevandagi o‘lja shoshilinch ravishda o‘ldirilishi shart edi. Zinatulinning ishi  
shoshqich emas, shu bois ikkinchi hukm unga nasib etdi... 
Zinatulin bexos qichqirib, Asadbekning xayollarini to‘zitib yubordi. 
— Yo‘q edi hech qanday komitet! — dedi u o‘rnidan sapchib turib. — Yo‘qligini bilardim. 
Ular «xalq dushmaniman», deb tan olishdi. Ammo  sening  kimligingni bilib ketishdi. U 
yoqda, — Zinatulin  qo‘lini bigiz qilib osmonga sanchdi, — hali uchrashasan, ha! — U 
qah-qah otib kuldi. — Nima deysan endi?! U yoqda enkevede bo‘lmaydi. Rasvoing 
chiqdi, parazit! Hammang rasvo bo‘ldilaring, — Zinatulin shunday deb qabrlarni oralab 
yurib ketdi. 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat