Microsoft Word shaytanat1 ziyouz com doc



Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/238
Sana22.10.2020
Hajmi0.78 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   238
www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
ko‘r. 
— Sen bobong bilan faxrlanib yurarding, — dedi Zunnuniy. — Menda bu hisni o‘ldirish 
niyati yo‘q. Jamoliddin qizilga xizmat qilishning ulug‘ xato ekanini anglab, bu safar 
vijdoniga xiyonat etmadi. Birodarlarini sotmadi. Men undan rozi bo‘lganman. Sen ham 
uni la’natlama. Inson umri xatolardan iborat. Munofiqlik hech zamon jazosiz qolmaydi. 
Hozir tili boshqa, dili boshqalar davrasida aziyat chekyapsan. Sen tushkunlikka berilma. 
Xalq fidoyisi niqobida yashovchilar hayotlarini azobda yakunlaydilar. Oqibatda niqoblar 
yirtilgusi, ularning asl qiyofalari ko‘ringusidir. Xalqni hech bir zamonda hech bir munofiq 
alday olmagan. Dunyo soxta fidoyilarni ko‘p ko‘rgan, bundaylar hali yana ko‘p chiqadi. 
Yer yuzidagi kurash sira barham topmaydi. 
— Men nima qilay, nochorman-ku? — dedi Anvar. 
— Nochorsan, bilaman. Sen mening yonimga kelasan. Ungacha bir ish qilasan: katta 
tog‘angning chordog‘ida, eski-tuskilar orasida ko‘hna kitoblar, qog‘ozlar ham bor. 
Qog‘ozlar — mening qo‘lyozmalarim. Bobong ham, buving ham ularni saqlashgan. 
Kitoblar orasida o‘rus askarlarining Toshkentdagi janglari tasvirlangan asar bor. 
Jamoliddin ularni nashr etishga qo‘rqqan. Uni sen xalqqa yetkaz. Men senga oq fotiha 
beraman. Ishlaring o‘ngidan keladi. Mana bu kitobni ol, senga yo‘ldosh bo‘lsin. 
Zunnuniy o‘qib o‘tirgan katta kitobni Anvarga uzatdi. Kitob Anvarning qo‘liga o‘tishi bilan 
bir yorug‘lik taratdiyu kichrayib, kaftday bo‘lib qoldi. Shunda Anvar yana yoqimli ovozni 
eshitdi: 
— Biz seni xoli qo‘yamiz. Biz bilan uchrashishni xohlab qolsang — ko‘rishamiz. 
Anvar gapga og‘iz juftlashga ham ulgurmadi. 
Jonim bolam, jon bolam, meni qo‘rqitmagin, Anvarjon. 
Anvar onasining ovozi qaerdan kelganini daf’atan anglamadi. Hushi o‘ziga kelgach, 
yuzlarini silayotgan onasini ko‘rdi-yu avvaliga ajablandi. Yonida turgan Xonzodani ko‘rib, 
nima voqea yuz berganini tushundi. 
— Oyijon, qo‘rqmang, xayolga berilibman, — dedi vaziyatni yumshatish uchun. 
— Voy, bolam-ey, xayoling ham bor bo‘lsin-a, kimlar bilan gaplashding? — dedi Risolat 
kampir, o‘g‘lini quchog‘idan bo‘shatmay. 
— Nima dedim? 
— Gaplaringga tushunib bo‘lmaydi, bir narsalar deb g‘o‘ldirading-a, bolam. Seni bir o‘qib 
yuborish kerak. Insu jinslar tinchlik bermayotganga o‘xshaydi. 
— Oyi, o‘tirib olinglar, — dedi Xonzoda, siniq ovoz bilan. 
Ona-bola divanga yonma-yon o‘tirishdi. Risolat kampir, o‘g‘lining yuzini silab, yelkalarini 
uqalagan bo‘ldi. 
— Oyi, Shoakbar Zunnuniy degan odamni eshitganmisiz? — deb so‘radi Anvar, onasining 
qo‘llarini ushlab. 
— Zunnuniymi? Adam rahmatlining shunaqa o‘rtoqlari bo‘lgan ekan. O‘lib ketgan bo‘lsa 
ham adam rahmatlining boshlariga balo yog‘dirdi. Xalq dushmani bo‘lgan ekan-da, 
boyaqish. 
— Buvim Zunnuniyni gapirarmidilar? 
— Ha, endi gapirgan bo‘lsalar gapirgandirlar, esimda turibdi, deysanmi? 
— Buvimning birinchi erlari Zunnuniymidi? 
— Voy, xudoyim, san buni qayoqdanam bila qolding? Sanga aytuvdimmi? 
Anvar ko‘rgan-eshitganlarini aytsa onasining esi og‘ib qolishi mumkinligini bilib, 
«bolaligimda aytuvdingiz, shu esimga tushib qoldi», dedi. Risolat kampir o‘g‘lining 
kosasidan chiqquday bo‘lib katta-katta ochilib turgan ko‘zlarini ko‘rmaydi. Ammo 
Anvarning badanida so‘nib ulgurmagan yengil titroqdan ahvolini yaxshi bilib o‘tirardi. 
Xonzoda esa erining ko‘zlaridan nigohini uzmay qo‘rquvdan titraydi, xayolida bir fikr 


Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati