Microsoft Word shaxsga jamiyatning tasiri eng avvalo uning manaviy tasavvurlarida dunyoqarashida xayotga bolgan munosabatlari


I.bob SHAXS VA UNING JAMIYATDAGI MAVQEI



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/26
Sana21.05.2021
Hajmi0.84 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
  I.bob SHAXS VA UNING JAMIYATDAGI MAVQEI 

 1.1.Ijtimoiy tasirlarning shaxs tomonidan anglanishi.  

 

 «Shaxs»  tushunchasi  psixologiyada  eng ko‘p  qo‘llaniladigan  tushunchalar 



sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha 

atrofida  qayd  etiladi.  Inson  ruhiy  olami  qonuniyatlari  bilan  qiziqqan  har  qanday 

olim  yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan 

aloqasi masalasini chetlab o‘tolmagan. 

 

Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  «Homo  sapiens»  -  «aqlli  zot» 



tushunchasini o‘zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‘lganiga taxminan 40 ming 

yildan  oshibdi.  Bu  davrda  olimlarning  e’tirof  etishlaricha,  16  ming  avlod 

almashgan  emish.  Darvin  ta’biri  bilan  aytganda,  tabiiy  tanlanish  jarayonida  er 

yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti 

ko‘proq  biologik  omillardan  ko‘ra,  ijtimoiy  -  sotsial  omillar  ta’sirida  ro‘y 

bermoqda. SHuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o‘rganish masalasi 

uning  bevosita  ijtimoiy  muhiti  va  uning  ijtimoiy  normalari  doirasida  o‘rganishni 

taqozo etadi. 

 

Ijtimoiy  muhit  -  bu  insonning  aniq  maqsadlar  va  rejalar  asosida  faoliyat 



ko‘rsatadigan  dunyosidir.  Mazmunan  har  bir  insonning  shu  ijtimoiy  olam  bilan 

aloqasi  uning  insoniyat  tajribasi,  madaniyati  va  qabul  qilingan,  tan  olingan 

ijtimoiy  xulq  normalari  doirasidagi  harakatlarida  namoyon  bo‘ladi.  Psixologiya 

ilmining  namoyondalari  bo‘lmish  olimlarning  butun  bir  avlodi  ana  shu  shaxs  va 

jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va 

kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, A.Navoiy, Ibn Sino, 

Beruniy  kabi  yuzlab  SHarq  allomalari  ham  bu  o‘zaro  bog‘liqlikning  falsafiy  va 

ijtimoiy  sirlarini  ochishga  o‘zlarining  eng  durdona  asarlarini  bag‘ishlaganlar. 

Barcha  qarashlarga  umumiy  bo‘lgan  narsa  shu  bo‘lganki,  odamni,  uning 

mohiyatini  anglash  uchun  avvalo  uning  shu  jamiyatda  to‘tgan  o‘rni  va  mavqeini 

bilish zarur. SHaxsni o‘rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan 



 

16

holda,  uning  ijtimoiy  mavqei,  ijtimoiy  munosabatlar  tizimidagi  o‘rni  bilan 



belgilanishi kerak. 

 

Lekin,  shaxs  bilan  jamiyat  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqalar  masalasi  birdaniga, 



bir  xil  echimga  kelinmagan.  Bu  o‘zaro  munosabatlar  asosan  ikki  polyar  nuqtai 

nazardan kelib chiqadi. 

 

Nativizm  yo‘nalishining  tarafdorlari  insonlardagi  barcha  xususiyatlarni 

tug‘ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar. (Lens, Gruber va boshqalar). 

 

Empirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug‘ilgan bola go‘yoki  «top - toza 

taxta»(tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o‘zining qonuniyatlarini  yozadi 

va bola ularga so‘zsiz bo‘ysunishga majbur. Bu yo‘nalishning asoschilaridan biri 

Dj. Lokk bo‘lib (1632 - 1704) uning fikricha, tug‘ma fikrlar yoki g‘oyalar bo‘lishi 

mumkin  emas,  ular  xoxish  -  tilak  va  og‘riq  kabi  elementar  sezgilarning  qayta 

ishlanishi  natijalaridir.  Hayotda  ana  shunga  o‘xshash  turli  xil  sezgilar  va 

g‘oyalarning assotsiatsiyasi ro‘y beradi. 

 


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat