Microsoft Word shajarayi xorazmshohiy lotin ziyouz com doc



Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/72
Sana28.09.2021
Hajmi0.65 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72
www.ziyouz.com kutubxonasi 

18

va Qaro yulg‘unli pahlavon Nazarqul va Berdimuhammad ko‘klong ikki yuz otli ko‘klong navkari 



bilan va chovdardin Bahodirboy va Sevantummoq ikki yuz otli bila va Xolmuhammad otliq oltmish 

otli taka

72

 bila va Ibo yuzboshi vz Chori o‘nbegi uch yuz otli Ol eli navkari bila va Qarodoshli Durdi 



xadim ikki yuz otli bila Pahlavonniyoz yuzboshi Toshhavzning yuz otlisi bila Ramiq xalifa 

G‘oziobodning yuz otlisi bila va Xudoyor yuzboshi Shohobodning yuz otlisi bila Shanaq tajan 

kulonning ellik otlisi bila va Rahmanberganboy Anbarning ellik otlisi bila ja’m bo‘ldilar va Xevaqda 

mahram dastasi bo‘lub yurugon navkarlar ham mingga yovuq erdi. Amri oliy bila chiqib yamut 

tarafiga ravon bo‘ldilar. Beshariqli Soyilxon noyib va Naymanli Xudoybergan oqo uch yuz otli bila 

kelib qo‘shuldilar. Shahardin ham bir miqdor piyoda qarotayoq bo‘lub chiqtilar. Sarkardalar guruhi 

anbuh

73

 bila yo‘lg‘a kirib yurudilar. Ammo yamut avboshlaridin Uguz to‘ra fong va o‘rus Qo‘shchi ota 



keldi. Qaroqchi Saloxdii Ko‘makushoqdin Muhammad Uroz cho‘loq va Qo‘juqdin Qo‘shashpech 

boshliq ikki ming otli avbosh bila kelib, Xevaq atrofin toroj etib, qaytib Avaz to‘nglak otlig‘ qumg‘a 

borib erdilar. Sarkardalar izlaridin yetdilar. Yamutlar bularni ko‘rub o‘ljalarni bir miqdor otli bila 

yo‘lg‘a ravon etib, o‘zlari Xevaq lashkariga muqobil

74

 bo‘lub saf tortdilar. 



Xevaq lashkari ham maymana

75

 va maysaralarin



76

 tuzlab saflarin rostladilar. Shanaq tajan bir 

miqdor otli bilan maymanadin chiqib, yamutning maysarasi bila urush boshladilar va Toshhavzli 

Avazmurodboy maysaradin chiqib, yamutning maymanasi bila urush boshladi. Abdukarimbek va 

Muhammad Aminbek va Ya’qubboy va Muhammadmurod devonbegi tug‘ ostida qaror tutdilar. Qaro 

yulg‘unli Pahlavon Nazarqul bir tarafda turub erdi, Muhammadmurod devonbegi onga dedi: «Sani 

bahodir der erdilar, bu so‘z g‘alat erkan, qurug‘ ovoza bila yurugan erkansen». Pahlavon Nazar dedi: 

«Sizlarning xizmat etgan kishiga in’omlaringiz bo‘lmasa, nega xizmat etarmiz?» Muhammadmurod 

devonbegi egniga bir Sherozi po‘stin kiyib erdi, oni chiqarnb berib dedi: «Muni kiygil». 

Pahlavon Nazar po‘stinni olnb xushhol bo‘lub, filhol, yamut tarafiga ot solib borib, bir yamutni 

nayza bila urub, og‘darib boshini olib keldi. 

Ul vaqtda yamut lashkari bayakbor

77

 hujum etib ot soldilar. Xevaq lashkari ham olarg‘a hamla qilib 



jangi mag‘luba bo‘ldi. Ul vaqtda Soyilxon noyib va Xudoybergan oqo uch yuz otli bilan Sevan 

tummoq ikki yuz otli chovdar bila va Xolmuhammad otolir oltmish otli taka bila Oqyof tarafidin 

hujum etib kelib urushg‘a kirdilar. Yamut shikast topti. Xevaq lashkari yamutlardin ko‘p kishini qatlu 

asir etdilar. Piyoda olomon ham qochib pinhon bo‘lg‘onlaridin ko‘p kishini topib qatl etdilar. Yamutlar 

tamomi olg‘on o‘ljalarin tashlab ahvoli xarob bila mutafarriq bo‘lub

78

 ketdilar. 



Ul urushda Ol eli Ibo yuzboshi Qo‘ng‘irot Annaniyoz ibn Qulmon darg‘a va Muhzmmad Niyoz 

kiyat shahid bo‘ldilar. Sarkardalar Muzaffar va Mansur yuz o‘n to‘rt asir va yuz yetmish besh kalla bila 

qaytib mulozamatg‘a yetib avotifi xusravonag‘a mazhar bo‘ldilar. Amri oliy bila asirlarning o‘ttuzi 

Ark zindonida mahbus bo‘lub, o‘ttuzi Ota darvozasida va o‘ttuz oltisi Pahlavon darvozasida qirq to‘rt 

va Bog‘cha darvozasida ham qirq to‘rt va Qibla darvozasida ham o‘ttuz olti bandi salosilu ag‘lol

79

 bila 



mag‘lulu mutasalsal etilib

80

 qo‘yuldi. Bir necha kundin so‘ng amri oliy bilai Vays mirshab boshliq 



jallodlar tamomi yuz o‘n to‘rt asirni kelturub Ark oldidag‘i chuqaloqda bo‘yunlarin uzdilar. 

 


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat