Microsoft Word shajarayi xorazmshohiy lotin ziyouz com doc



Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/72
Sana28.09.2021
Hajmi0.65 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
www.ziyouz.com kutubxonasi 

17

o‘rnig‘a Muhammad Murodqul otanikim, xon hazratlarining ovoni tufuliyat



58

larida Qulotaliq nisbati 

bila soyir

59 


xudamodin

60

 mumtoz



61

 bo‘lub erdi, nasb etdilar

62



Ushbu yil Rusiya davlati Turkiston malakatin taxti tasxirig‘a



63

 oldi, bu Turkiston burung‘i mashhur 

Turkistondin boshqadurkim, hududi, shimolan, Sibiriyovu Qirg‘iz, januban, Xorazmu Buxoro va 

Badaxshonu Ho‘qand va yang‘i Qoshg‘ardur. Ba’zi Orol ko‘li, g‘arban, sartosari Orol ko‘lidur. Chun 

bu yil o‘tub, hijratning ming ikki yuz sakson ikkilanchi yili kirdi, ushbu yil xon hazratlari shikor azmin 

jazm qilib o‘runlarida Amir to‘rani joynishin etib, Bobojonbek ibn Olloberdi to‘ra boshliq tamomi 

to‘ralar va beklar va tamomi umaro va arkoni davlat bilan otlanib mezon avoyili erdi, yo‘lg‘a kirib, 

Darg‘on ota tarafiga ravon bo‘ldilar. Ul atrofg‘a borib sayru shikor tamoshosig‘a necha kunlar 

mashg‘ullik etib, bir oy muddatida qaytib kelib, taxta davlatda qaror tutdilar. Ushbu yil Sulton 

Mahmudbiy baqo olamig‘a xirom etib, ondin Otajonbek otlig‘ bir o‘g‘ul yodgor qoldi. 

Hijratning ming ikki yuz sakson uchlanchisida Hasanmurod qushbegi jahoni foniyg‘a vido’ qilib, 

ondin uch o‘g‘ul qoldi: Muhammad Yusufbek va Bekjonbek va Muhammad Ya’qubbek der erdilar. 

Xon hazratlari Muhammad Yusufbekni otasining o‘rnig‘a qushbegi nasb etdilar. Mundin bir yil burun 

Rusiya davlati Ho‘qand bilan urushub Toshkandu Xo‘jandni olmish erdi va O‘ratepavu Zominu 

Dizzak shaharlari va Oqtog‘ atrofivu Sayxundin suv ichaturg‘on yerlar to Orol ko‘ligacha Rusiya 

davlatiga taalluq

64

 topib erdi. 



Bu yil Buxoro amiri Muzaffariddin bir necha sarkarda va to‘pu to‘pxona bila yigirma besh ming 

kishini Rusiya ustiga irsol

65 

etdi. Olar borib Rusiya bila urushub shikasti fohish



66

 bila mag‘lub 

bo‘ldilar. Rusiya askari Buxoroning yigirma farsaxlik qaribiga keldn. Amir Muzaffar Rusiya bila nav’i 

madoro qilib o‘lturdi. Chun Muhammad Yusufbek qushbegilik mansabi bila sarafroz bo‘ldi, ul asnoda 

xabar keldikim, qipchoq qal’asining janub tarafidin daryo yiqib Qonglini olib, to chovdar

67

 



haddig‘acha bordi. 

Ammo mundin burunroq xon hazratlari Muhammad Raham mehtarni mehtarlik mansabidan ma’zul 

etib, o‘rniga Qarukli bobo mingboshini mehtar etib erdilar. Chun bu xabar keldi, xon hazratlari Bobo 

mehtar va Muhammadmurod devonbegining savob didlari bilan Muhammad Yusuf qushbegini 

yubordilar, tokim borib ul suvni bog‘lag‘ay. Muhammad Yusuf qushbegi farmoni mujibi

68

 bila 



qipchoqg‘a borib suvni bog‘ladi. Ammo yamut

69

 avboshlarikim



70

, burundin ham yo‘l urub va uy talab 

yurur erdilar, ul ovonda ittifoq bilan qipchoqni

71

 chopmoq uchun hujum etib keldilar. Qushbegi 



olomong‘a ruxsat berib, olar qaytib ketib erdilar. Qipchoqli Hidoyat eshon o‘z solmasini qozmoq 

uchun bir miqdor so‘filarini jam’ qilib erdi, yamut avboshlari olardin bir necha kishini asir olib kettilar. 

Qushbegi bu voqeani yozib xon hazratlariga yubordi. Xon hazratlari noma mazmunidin ogoh bo‘lub 

buyurdilar: «Qushbegi qochuni bog‘lag‘on bo‘lsa qaytib kelsun». Ul kun yamut avboshlari hujum etib 

kelib, Xevaq atrofin choptilar. Chun bu xabarni xon hazratlari eshitdilar, buyurdilar. Muhammadmurod 

devonbegi boshliq Abdulkarimbek va Muhammad Aminbek valadoni Ya’qubbek mag‘fur va 

Ya’qubboy va tamomi umaro va Qo‘ng‘irotsultoni Murodbek duyuk bo‘lub kelib o‘lturg‘on ota vakil 

                                                      

58

 Ovoni tufuliyat—yoshlik vaqtlari. 



59

 Soyir—boshqa, o‘zga. 

60

 Xudamo—xodimlar, xizmatkorlar. 



61

 Mumtoz—saralangan, saralab (saylab) olingan, ajratilgan. 

62

 Nasb etmoq- tiklash, biror mansabga ta’yin etmoq. 



63

 Tasxir—zabt etish, qo‘lga olish, ilintirish, rom qilish. 

64

 Taalluq—aloqadorlik, bog‘lanish, munosabat, tegishlilik. 



65

 Irsol—yuborish, yetkazish. 

66

 Shikasti fohish—yomon shikastlanish, qaqshatqich zarbaga uchrash. 



67

 Chovdar—turkman urug‘i nomi. 

68

 Muojib—bir ish va holning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi, bois, tufayli 



69

 Yamut — turkman urug‘laridan biri. 

70

 Avbosh—badkirdor, bezori, talonchi. 



71

 Qipchoq—urg‘ug‘ nomi. 




Muhammad Yusuf Bayoniy. Shajarayi Xorazmshohiy 

 

 




Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat