www.ziyouz.com
kutubxonasi
28
masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining vakolatlari doirasidan chiqarilmoqda.
Taklif etilayotgan yana bir muhim o‘zgartish O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 96-moddasiga taalluqlidir.
Mamlakat Prezidenti turli sabablarga ko‘ra o‘z
vazifasini bajara
olmaydigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka, ushbu moddani
turlicha talqin etishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uning yangi tahririni
quyidagi mazmunda bayon etish taklif qilinadi:
“Mamlakatning amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan
holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati Raisining
zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat
ichida, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi
Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga zikr
etilgan tuzatishlarni kiritish taklif etilayotgani munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78- va 93-moddalariga ham
tegishli o‘zgartishlar kiritish zarurati tug‘iladi.
Jumladan, Konstitutsiyaning 78-moddasi 15-bandini “… shuningdek,
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan
Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish” degan so‘zlar
bilan to‘ldirish kerak.
93-moddaning 15-bandiga “viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent
shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi
hamda lavozimidan ozod
etadi” degan so‘zlardan oldin “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
taqdimiga binoan …” degan so‘zlarni kiritish maqsadga muvofiqdir.
93-moddaning 8-bandidan “ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va
unga rahbarlik qiladi” degan so‘zlarni chiqarish tavsiya etiladi.
93-moddaning 16-bandini “…O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli” degan so‘zlar bilan
to‘ldirish lozim.
Shuningdek, 93-moddaning 12-bandidan “O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokurori” degan so‘zlardan keyin “uning o‘rinbosarlari”
degan
so‘zlarni chiqarish va ularning o‘rniga “Hisob palatasi raisini” degan
so‘zlarni kiritish va undan so‘ng matn bo‘yicha “tayinlaydi va ularni
lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi” degan tarzda
bayon etish kerak.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
29
Hurmatli majlis ishtirokchilari!
Biz hammamiz shuni aniq anglab olishimiz zarurki,
saylovlarda yutib
chiqqan siyosiy partiya taqdim etgan Bosh vazir nomzodining Parlament
tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi haqidagi konstitutsiyaviy
tartibning belgilanishi, hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi
institutining joriy etilishi va siyosiy tizimni modernizatsiya qilish
jarayonida amalga oshirilishi lozim bo‘ladigan boshqa
qator chora-tadbirlar
o‘z mazmun-mohiyati bilan mamlakatimizni isloh etish va
demokratlashtirishning yangi bosqichini boshlab beradi.
Ayni vaqtda shuni unutmasligimiz kerakki, mazkur islohotlarning
muvaffaqiyati, avvalambor, mamlakatimizni yanada demokratlashtirish va
liberallashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz sur’atiga, fuqarolarimizning
ijtimoiy-siyosiy
faolligiga, ularning siyosiy va huquqiy madaniyatining
yuksakligiga va o‘z-o‘zidan ayonki, birinchi navbatda siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: