Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc



Download 243.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/43
Sana15.07.2021
Hajmi243.15 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
www.ziyouz.com kutubxonasi 

14

yubormaslik uchun, ohista tizzalab, qayiq burniga iloji boricha yaqin bordi va bir qo‘li bilan shishani 



oldi. Uning og‘zini ochib, bir necha qultum yutdi. So‘ng shu yerga yonboshlab, nafas rostladi. U 

yelkan o‘ralgan machtaga o‘tirib, hech narsani o‘ylamaslikka va huda-behuda kuch sarf qilmaslikka 

harakat qilib dam olardi. 

Keyin chol kelgan yo‘liga nazar tashladi va yer allaqachon ko‘rinmay ketganini ko‘rdi. «Hechqisi 

yo‘q,— deb o‘yladi u.— Men o‘zim istagan mahalda, Gavana chiroq-larini qora qilib, orqaga 

qaytishim mumkin. Kun botishiga ikkn soat qoldi, u shu payt ichida suzib chiqsa, ajab emas. Agar 

chiqmasa, oydinda yuqoriga ko‘tarilar. Bu ham bo‘lmasa, balkim, tong bilan chiqar. Qo‘lim ham ayilib 

ketayotgani yo‘q, bardam-baquvvatman. Qarmoqni men emas, u yutgan-ku. Ammo tortishi shunchalik 

bo‘lsa, o‘zi qanday baliq bo‘ldiykin! Aftidan, chilvirni ham mahkam qisib olganga o‘xshaydi. Unga 

shunday bir qarab ololsam edi, o‘shanda u bilan qanday muomala qilishni o‘zim bilardim». 

Cholning yulduzlarga qarab qilgan taxminiga ko‘ra, baliq o‘z yo‘lini o‘zgartirmasdan tun bo‘yi 

suzib chiqdi. Quyosh botgandan so‘ng sovuq turdi, butun orqasi, yelkalari, keksalik asar qilgan 

oyoqlarida ter qotib qoldi, u sovqotdi. Kunduzi chol xo‘rakli yashik ustiga tashlab qo‘yilgan qopni 

olib, quritish uchun oftobga yoyib qo‘ygan edi. Kun botgach, u qopni bo‘yni atrofiga o‘radi-da, o‘ram 

ipi ostidan ohista o‘tkazib, orqasiga tushirdi. Endi o‘ram zalvoridan yelkasi avvalgidek qiyilib-

qirchilmas, qayiq burniga yonboshlagancha, qulaygina o‘rnashib olganidan, anchayin yengillik 

tug‘ilgan edi. To‘g‘risini aytganda, bu yengillik nomigagina adi. Ammo u o‘zini bularning bari go‘yo 

shohona bir qulaylik deb ishontirardi. 

«Men uni bir yoqli qilolmayman,— lekin u ham meni bir yoqli qilolmaydi,— dedi chol o‘ziga.— 

U boshqacha biron lo‘ttibozlik o‘ylab chiqarmaguncha, shunday bo‘ladi». 

U bir marta o‘rnidan turdi, bortosha yozildi, yulduzlarga qarab, qayiqning qayoqqa yo‘l 

tutayotganligini belgiladi. Chilvir uning yelkasidan to‘ppa-to‘g‘ri suvga tushib turgan nozikkina nur 

bo‘lib ko‘rinardi. Qayiqning harakati endi sekinlashgan, Gavana chiroqlari ham pilpillab xira ko‘rinar 

edi, oqim ularni sharq tomonga surib ketayotganga o‘xshardi. «Gavana chiroqlari ko‘rinmay 

ketyaptimi, bas, demak biz borgan sari sharqqa qarab boryapmiz,— deb o‘yladi chol.— Agar baliq 

yo‘lini o‘zgartirmagan bo‘lganda, men ularni hali yana bir necha soat ko‘rib turgan bo‘lardim. Qiziq, 

bugungi o‘yinlarning natijasi qanday bo‘ldiykin? Qani endi qayig‘ingda radio bo‘lsa!» Ammo o‘z 

o‘yini o‘zi bo‘ldi: «Hadeb alahsiyverma! Qilayotgan ishingni o‘yla. Qovun tushirib qo‘ymaslik uchun, 

o‘yla». 

Keyin ovoz chiqarib dedi: 

— Bolaning yonimda yo‘qligi yomon bo‘ldi. Harna madad edi. Ham bularning barini o‘z ko‘zi 

bilan ko‘rgan bo‘lardi. 

«Keksayganda, kishi yolg‘iz o‘zi kimsasiz qolmasin ekan,—deb o‘ylardi u.— Ammo bu 

ko‘rgilikdan qochib qutulib bo‘larmidi. Tunets hidlanib qolmasdan burun yeb olishni unutmasam 

bo‘lgani, axir, men kuchdan qolmasligim kerak. Unchalik ochiqmagan taqdirimda ham, uni erta bilan 

yeb olish xotiramdan ko‘tarilmasa bas. Ishqilib, nima bo‘lganda ham unutmay-da, unutmay»,— deb 

takrorlardi u. 

Tunda qayiq yoniga ikki dengiz cho‘chqasi suzib keldi. Chol nar cho‘chqaning pishqirganini, 

modasining go‘yo homuza tortganday, eshitilar-eshitilmas, pishillayotganini eshitdi. 

— Qurg‘urlar-e,— dedi chol.— O’ynashadi, sho‘xlik qilishadi va bir-birlarini yaxshi ko‘rishadi. 

Ular bizga xuddi uchar baliqlar singari yaqin. 

Keyin u qarmog‘iga tushgan katta baliqqa juda ham achinib ketdi. «Turgan-bitgani mo‘‘jiza-ku bu 

baliqning. Uning dunyoda necha yil umr surganini xudoyim-ning o‘zi biladi. Mening qo‘limga hech 

qachon bunaqangi kuchli baliq tushmagan. O’zini tutishini qarang, aql bovar qilmaydiya bunga. 

Ehtimol, uning sakrab chiq-mayotgani ham benihoya aqlli bo‘lganidandir. Agarda u bor kuchi bilan 

oldinga intilsa yoki sapchiy qolsa bormi, tirik qo‘ymasdi meni, axir. Ammo, balki bu uning qarmoqqa 

birinchi marta tushishi emasdir va u jonini saqlash uchun mana shu alpozda kurashmoqni a’lo bilar. 



Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

 

 




Download 243.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat