Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc



Download 243.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/43
Sana15.07.2021
Hajmi243.15 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
www.ziyouz.com kutubxonasi 

12

Ko‘m-ko‘k sohil sathi cholga allaqachon ko‘rinmay qolgan edi; uzoqda bu yerdan xuddi qor bilan 



qoplangandek oppoq bo‘lib ko‘rinuvchi zangori tepaliklarning boshlarigina ko‘zga tashlanar edi. 

Ularning ustida turgan bulutlar ham yuksak qorli tog‘larga o‘xshab ko‘rinardi. Dengiz qop-qora tusga 

kirib, quyosh nurlari suvda sina boshladi. Endi planktonning son-sanoqsiz jilvalari tikkaga kelgan 

quyosh tufayli so‘nib qolgan, chol hozir faqat qoramtir suvda sinib qaytayotgan quyosh nurlaridan 

hosil bo‘lgan yirik va rangin dog‘laru, pastga qarab tippa-tik ketgan chilvirlarnigina ko‘rardi. 

Chuqurlik esa bu yerda bir milga yetib qolardi. 

Tunetslar (baliqchilar bu turkumga kiruvchi hamma baliqlarni tunets deb atashar va ularning asl 

nomlarini bozorga sotish uchun olib borgan yoki xo‘rak o‘rnida pullagan paytlaridagina farq qila 

boshlardilar) yana dengiz tubiga tushib ketishdi. Qizdirgandan qizdirib borayotgan quyosh ensasini 

kuydirib o‘tayotganini chol sezib turardi. U eshkak tortayotganda, ter yelkasidan duvillab oqardi. 

«Qayiqni oqimga qo‘yib berishim, vaqtida uyg‘onish uchun esa chilvirni oyog‘imning 

boshmaldog‘iga bog‘lab qo‘yib, mizg‘ib olishim mumkin edi,— deb o‘yladi chol.— Ammo bugun — 

sakson beshinchi kun, shuning uchun ham hushyor bo‘lish kerak». 

Shu payt u yashil qarmoqlardan birining qimirlab ketib, suvga egilib tushganini paypqab qoldi. 

— Ana xolos,— dedi u.— Aytmovdimmi!—va qayiqni bezovta qilmaslikka harakat qilib, 

eshkaklarni suvdan tortib oldi. 

Chol chilvirga tomon enkayib, uni o‘ng qo‘lining bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan avaylab 

tutdi. U baliqning zo‘r berib kuchanmayotganinn sezib turar, shun-dan bo‘lsa kerak chilvirni 

siqimlamay, yengilgina ushlab olgan edi. Biroq chilvir mana yana qaltirab ketdi. Bu safargi siltov 

oldingisiga qaraganda ehtiyotkorona va zaifroq ediki, chol buning nima ma’no anglatishini aniq bilar 

edi. Ya’ni, yuz dengiz sarjinicha tubanda marlin qarmoq ilgagining uchi bilan buklamasiga tizilgan 

sardinlarni yamlamay tushirar, qo‘lbola qilib yasalgan qarmoq ilgagining o‘zi esa maydaroq tunets 

kallasidan teshib o‘tkazilgan edi. 

Chol kalavani yengilgina tutib turib, chap qo‘li bilan uni qarmoq dastasidan yechib oldi. Endi 

kalava barmoqlari orasidan baliqni seskantirmay sirg‘alib chiqa olar edi. 

«Qirg‘oqdan shunchalik olisda, yana yilning mana bu faslida, baliq juda ham katta bo‘lsa kerak. 

Yeyaver. Yegin endi, ol, yegin. Sardinlar biram mazali, sen bo‘l-sang juda sovqotgansan, olti yuz fut 

chuqurlikda suv juda ham sovuq va qop-qorong‘i bo‘ladi. Qorong‘ida yana bir marta aylanib kel, 

orqangga qayt va ol, ye, yeyaver!» U yengil, sergak siltov sezdi, sal o‘tmay bu kuchliroq bo‘lib 

takrorlandi — bitta-yarimta sardinni qarmoqdan yulib olish mushkulroq bo‘layotgani ko‘rinib turardi. 

Keyin jimjit bo‘lib qoldi. 

— Bo‘la qolsang-chi,— dedi chol ovoz chiqarib,—yana bir burilib kel. Hidini qara, hidini. Qanday 

ajoyib-a, to‘gri emasmi? To‘yib-to‘yib yeb ol! Keyin qarab-sanki, tunetsni totib ko‘rish gali keladi! 

Axir u shunday ham so‘lqillagan, muzdakkina, bir shirinki, qo‘yaverasan. Qisinib-qimtinib o‘tirma, 

baliq. Yegin, ol, yesang-chi, o‘tinaman sendan. 

U, bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan kalavani tutib, baliqning joydan-joyga suzib o‘tish 

ehtimoli borligidan bir paytning o‘zida boshqa chilvirlardan ham ko‘z uzmay kutardi. Birdan u yana 

qarmoq ipining yengil, bilinar-bilinmas tortqilanganini payqadi. 

— Cho‘qiydi — dedi chol ovoz chiqarib.— Cho‘qiydi, xudoyo dard ko‘rmagur! 

Ammo u cho‘qigani yo‘q. Ketib qoldi. Chilvir ham qimir etmasdi. 

— Uning butunlay ketishi mumkin emas,— dedi chol.— Xudo shohid, uning ketishi mumkin 

emas. U bor-yo‘g‘i qayrilib kelyapti. Ehtimol, u biron marta qar-moqqa tushib chiqqan va bu hali 

xayolidan ko‘tarilmagandir. 

Shunda u yana qarmoq ipining ohista tortqilanganini sezdi va dili taskin topdi. 

— Aytmovdimmi, u faqat qayrilib kelyapti deb... — dedi chol.— Mana endi cho‘qiydi! 

U baliqning hurkib-hurkib chilvir tortqilashidan o‘zini qo‘yarga joy topmasdi. To‘sindan, chol 

qandaydir, favquloda bir zilu zambil og‘irlik sezdi. Sezdi-yu, chilvirni bo‘shatib, ehtiyotdagi 



Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

 

 




Download 243.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari