Microsoft Word amir temur davlatining xalqaro munosabatlar tarixidagi orni



Download 235.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana31.10.2020
Hajmi235.4 Kb.
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6


TATU Qarshi filiali kompyuter injiniring fakulteti “Gumanitar va 

ijtimoiy fanlar” kafedrasi assistenti To‘laev Yorqin 



Qurbonovichning 

 

 



 

 

MAVZU: “Amir Temur davlatining xalqaro munosabatlar 



tarixidagi o‘rni”  

REFERAT 

 

 

Qarshi 2015 

 


Reja: 

 

1.Amir Temurning xalqaro maydondagi diplomatik siyosati......... 

2.Amir Temurning xalqaro munosabatlarda olib borgan  

iqtisodiy siyosati ................................................................................... 

 

3. Amir Temur saroyida elchilarni qabul qilish marosimlari..... 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


KIRISH 

 Buyuk sarkarda va hukmdor  Amir Temur  davrida xalqaro munosabatlar 

va  uning  tarixda  tutgan  o‘rni  haqida  so‘z  yuritishdan  oldin  bir  fikrni  ta'kidlab 

o‘tish  joiz.  2700  yildan  ortiq  davlatchilik  tarixiga  ega  o‘zbek  xalqining  o‘tgan 

ming  yilliklardagi  xalqaro  aloqalari  juda  kam  o‘rganilgan,  chunonchi,  tashqi 

siyosiy  munosabatlar  diplomatiyasi  masalalari  deyarli  tadqiq  qilinmagan.  Shu 

ma'noda  mazkur  yo‘nalishda  qo‘yilgan  har  bir  qadam  katta  qiziqish  uyg‘otishi 

tabiiy.  Shunga  qaramay  biz  temuriylar,  ayniqsa,  Amir  Temur  davri  tashqi 

siyosiy aloqalari va diplomatiyasini hech bir mubolag‘asiz xalqaro munosabatlar 

tariximizning eng yorqin sahifalaridan deya olamiz. 

Ko‘rilayotgan  davr  xalqaro  munosabatlariga  baho  berayotganda  bir 

qoidani  yodda  tutmoq  darkor,  ya'ni  markazda  voqelik  turishi  kerak,  nainki  bir 

shaxs yoki shaxslar. Tarixiy voqelikni har taraflama va chuqur tahlil qilmasdan 

turib,  avvaldan  qandaydir  bir  ijtimoiy  yo  hissiy  buyurtma  bilan  bir  mavzu,  yo 

shaxsni ulug‘lash, oqlash yo qoralash, xaspo‘shlash maqsad qilib qo‘yilsa boshi 

berk  ko‘chaga  kirib  qolish,  qolganlarni  ham  o‘sha  yoqqa  boshlab  ketish  hech 

gap  emas.  Tarixiy  voqelik  to‘g‘ri  anglab  olingandagina  tarixiy  shaxslar  roli  va 

xizmatlari  yaqqol  bilinadi.  Bundan  tashqari  tadqiq  qilinayotgan  mavzu  va 

makon haqida ham to‘g‘ri va aniq tasavvurga ega bo‘lish nihoyatda muhim. Shu 

ma'noda  Amir  Temur  davri  xalqaro  munosabatlari  va  diplomatiyasi  mag‘zini 

chaqishda  eng  avvalo,  o‘sha  zamondagi  jahon  siyosiy,  iqtisodiy,  mafkuraviy 

manzarasini bilib olishga to‘g‘ri keladi. Zero, Amir Temur dunyo miqyosida o‘z 

davrining moxir siyosatchisi va diplomatdir. Demak, biz, avvalo, ana shu «o‘yin 

maydoni»dagi  ahvolni,  past  balandliklarni,  qonun-qoidalarni  bilib  olishimiz 

kerak.  Shundagina  Amir  Temurning  har  bir  muayyan  vaziyat  yo  masalada 

tutgan  siyosati  va  yondashuvining  sabablarini  ko‘ra  olamiz.  Ushbu  referat 

ishining  dolzarbligi  ham  ana  shundadir.  Bu  o‘z  o‘rnida  Amir  Temur  davri 




davlatimiz  tashqi  siyosati  va  diplomatiyasining  mohiyatini  anglash  uchun  yo‘l 

ochib beradi.  

Ushbu  mavzu  o‘ta  dolzarb  bo‘lib,  milliy  iftixor,  milliy  g‘urur  va  milliy 

qadriyatlarimizni  tiklash  borasida  qilinayotgan  ishlarning  bir  debochasi  desak 

adashmagan  bo‘lamiz.  Zero,  Prezidentimiz  ta'birlaricha  “Siyosatda  maslahat, 

mulohazakorlik,  o‘ylab  ish  qilish  qurol  kuchidan  ko‘ra  o‘n  baravar 

foydaliroqdir”  –  degan  dono  so‘zlar  Amir  Temurga  mansubdir.  Bu  so‘zlar 

hozirgi  tilda  nizoli  masalalarni  siyosiy  muloqot,  ogohlantiruvchi  diplomatiya 

yo‘li bilan hal qilishni bildiradi”– degan edilar.  

Shuni  ham  aloxida  ta'kidlab  o‘tish  joizki  Amir  Temur  o‘z  harbiy 

harakatlarini uzoq va yaqin mamlakatlar ila faol diplomatik munosabatlar bilan 

birga  olib  borardi.  Umuman  u  tinch  yo‘l  bilan  qilingan  barcha  diplomatik 

harakatlar  hech  bir  natija  bermagan  hollardagina  tashqi  diplomatik  maqsadga 

erishishning bir vositasi sifatida urushdan foydalanar edi.  

   


Download 235.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat