Microsoft Word Ðflокхменч1



Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
Sana04.10.2020
Hajmi0.49 Mb.


BAG‘RIKENGLIK DIYORI 

 

                                        Saminova N.X.,  



Toshkent  Farmatsevtika Instituti  

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi  Dinshunoslik  fani o‘qituvchisi 

 

O‘rta  Osiyo  mintaqasida,  xususan,  O‘zbekiston  azaldan  turli  urf-odat, 



madaniyat,  til,  turmush tarziga  ega  bo‘lgan, xilma-xil dinlar  e’tiqod qiluvchi bir-

biriga  o‘xshash  bo‘lmagan  bir  necha  xalqlar  yashagan  o‘lkadir.  O‘zbekiston 

jo‘g‘rofiy  nuqtai  nazardan  muhim  savdo  yo‘llari  chorrahasida  joylashgan  bo‘lib, 

ko‘plab  davlatlar  bilan  iqtisodiy-ijtimoiy,  madaniy  aloqalar  olib  borgan.  Bu 

jarayonlar  natijasida  yerli  xalqning  diniy  va  madaniy  hayotiga  katta  ta’sir 

ko‘rsatgan. Aynan shu omillar xalqimizning nafaqat ma’naviy-ma’rifiy balki diniy 

bag‘rikengligining ma’naviy asosini tashkil qiladi. 

Yurtimiz  zaminida  qadim  zamondan  islom  dini  bilan  bir  qartorda  boshqa 

dinlar,  madaniyatlar  yonma-yon  yashab,  rivojlanib  va  bu  jamiyatning  ma’naviy  

yuksalishiga  muayyan hissa  qo‘shdi.  

Asrlar  davomida  yirik  shaharlarimizda  masjid,  cherkov va  sinagogalarning 

mavjud bo‘lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy amallarini erkin 

ado  etib  kelayotgani  buning  tasdig‘idir.  Tariximizning  eng  murakkab,  og‘ir 

davrlarida ham ular o‘rtasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagani xalqimizning diniy 

bag‘rikenglik borasida katta tajriba to‘plaganidan dalolat beradi. 

Bag‘rikenglik  xalqimizga xos xislat bo‘lib, bir zumda paydo bo‘lgan emas, u 

biz  uchun  an’anaviydir.  Vatanimiz  tarixiga  qisqacha  nazar  tashlasak,  hozirgi 

O‘zbekiston hududi insonlarda ilk diniy tasavvurlar va aqidalar paydo bo‘lgan eng 

qadimgi  o‘lkalardan  biri  ekaniga  guvoh  bo‘lamiz.  Tosh  asrining  o‘rtalarida 

ajdodlarimiz  orasida  turli  hayvonlar  va  Quyoshga  topinish,  keyinroq  fetishizm, 

animizm,  totemizm,  afsungarlik  (magiya)  tarqaldi.  Ana  shunday  sharoitda  ham 

boshqa  ta’limot  e’tiqodchilariga  adovat  ko‘zi  bilan  nazar  solmadilar. 

O‘zbekistondagi    dinlararo    bag‘rikenglik  va  millatlararo  hamjihatlik  o‘zining 

chuqur tarixiy ildizlariga ega.  Yurtimiz hududi ming yillar davomida Buyuk Ipak 

yo‘lining  muhim  qismi  bo‘lib  kelgan.  Bu  yerda  savdo-sotiq,  ilm-fan,  madaniyat  

markazlari  vujudga kelgan. Ularning rivojlanishida xalqimizga xos bag‘rikenglik, 

mehmondo‘stlik, o‘zga madaniyat vakillariga hurmat tuyg‘ulari asosiy omillardan 

bo‘lgan. Shuning uchun o‘lkamizda turli xalqlarning urf-odat va an’analari o‘zaro 

uyg‘unlikda rivojlanib borgan. 

Mamlakatimiz  istiqlolga  erishgan  dastlabki  kunlardanoq  millatlar  o‘rtasida 

totuvlik, jinslar o‘rtasida tenglik, boshqa xalqlar urf-odatlarini hurmat qilish, e’tiqod 

erkinligi kabi masalalarga davlat siyosati darajasida ahamiyat berildi va  huquqiy 




jihatdan kafolatlandi. Shuningdek, Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72-

sessiyasida  ishtirok  etib,  o‘z  nutqlarida  “Ma’rifat  va  diniy  bag‘rikenglik”  deb 

nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qilish taklifi bilan murojaat qildilar.

 

Ushbu 


tashabbusdan so‘ng qisqa muddatda hujjat loyihasi tayyorlandi hamda 2018 yil 12 

dekabr  kuni  BMT  Bosh  Assambeliyasining  yalpi  sessiyasida  muhokama  qilinib, 

ishtirokchi davlatlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

  

Darhaqiqat, bugun O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat, 16 ta diniy konfessiya 



vakillari do‘stona hayot kechirmoqda. 

BMT tomonidan 1995 yil – Xalqaro bag‘rikenglik yili deb e’lon qilindi va uni 

amalga oshirilishida muvofiqlashtiruvchi tashkilot – YUNESKO deb topilgan. Shu 

yili YUNESKO Bosh konferensiyasi “Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi” ni 

qabul qildi.      

“Bag‘rikenglik  tamoyillari  Deklaratsiyasi”da  bag‘rikenglik  tushunchasiga  

aniqlik  kiritilib,  turli  shart-sharoitlarda  davlat  va  shaxs  munosabatlari,  huquq  va 

vazifalari  belgilab  berildi.  “Bag‘rikenglik  tamoyillari  Deklaratsiyasi”da 

bag‘rikenglik  tushunchasiga  shunday  ta’rif  berilgan:  “Bag‘rikenglik  –  bizning 

dunyomizdagi    turli  boy  madaniyatlarni,  o‘zini  ifodalashning  va  insonning 

alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va 

to‘g‘ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, 

vijdon va e’tiqod  vujudga  keltiradi. Bag‘rikenglik – turli tumanlikdagi birlikdir. Bu 

faqat  ma’naviy  burchgina  emas,  balki  siyosiy  va  huquqiy  ehtiyoj    hamdir. 

Bag‘rikenglik  –  tinchlikka  erishishni    musharraf  qilguvchi  va  urush 

madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir”. 

“Bag‘rikenglik”  tushunchasi  ilmiy  faoliyat  va  ijtimoiy  hayotning  turli 

sohalari,  jumladan,  siyosat  va  siyosatshunoslik,  sotsiologiya,  filosofiya,  ilohiyot, 

ijtimoiy  axloq,  qiyosiy  dinshunoslik    kabi    sohalarda  keng  istifoda  etiladigan 

tushunchalardan  biri  hisoblanadi.  Lotincha  tolerare,  ya’ni  “chidamoq”,  “sabr 

qilmoq”  ma’nosini  anglatgan  bu  so‘z,  asosan  bir  insonning  boshqa  inson 

dunyoqarashiga  toqat  qilishini  bildirsada,  etimologik  tahlil  uning  tom  ma’nosini 

doim ham ochib beravermaydi. 

Shu  o‘rinda  YUNESKO  “Bag‘rikenglik  tamoyillari  Deklaratsiyasi”da 

“tolerant”  ya’ni  “bag‘rikenglik”  tushunchasiga  berilgan  ta’riflarni  keltirib 

o‘tmoqchiman:  

Bag‘rikenglik – yon berish, andisha yoki xushomad emas. Bag‘rikenglik – 

eng avvalo, insonning universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida 

shakllangan faol munosabatdir. Hech qanday vaziyatda ham bag‘rikenglik ana shu 

asosiy  qadriyatlarga  tajovuzlarning  bahonasi  bo‘lib  xizmat  qilmaydi. 

Bag‘rikenglikni alohida  shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim.  



Bag‘rikenglik  –  inson  huquqlarini  qaror  toptirish,  plyuralizm  (shu 

shujumladan,  madaniy  plyuralizm),  demokratiya  va  huquqning  tantanasi  uchun 

ko‘maklashish  majburuyatidir.  Bag‘rikenglik  –  aqidabozlikdan,  haqiqatni 

mutlaqlashtirishdan  voz  kechishni  anglatuvchi  va  inson  huquqlari    sohasidagi 

xalqaro-huquqiy hujjatlarda o‘rnatilgan qoidalarni  tasdiqlovchi tushunchadir.  

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda kishilik jamiyati turli 

etnik  hamda  diniy  nizolar  va  ziddiyatlar,  to‘qnashuvlar  girdobi    ostida  qolgan 

davrda, bir tomondan, insoniyat o‘zining bir butunligini, ikkinchi tomondan, alohida 

olingan har bir jamiyatda ichki birlik, totuvlik va hamkorlik bo‘lgandagina mavjud 

muammolarni hal qilish, yangilari paydo bo‘lishining oldini olish va taraqqiyotni 

ta’minlash  mumkinligini  tobora  chuqur  anglab  bormoqda.  Shu  nuqtai  nazardan 

qaraganda,  jamiyatda  ijtimoiy  bag‘rikenglik  muhitini  qaror  toptirish  muhim 

ahamiyatga ega. Bag‘rikenglik omillarini avvalo oilada farzandlar tarbiyasida ham 

singdirib borish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda Vatan kelajagiga daxldorlik hissi 

shakllanishiga xizmat qiladi. 



  

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
махсус таълим
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
Buxoro davlat
fizika matematika
fanining predmeti
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat