Me’yor tushunchasi



Download 63.5 Kb.
bet2/3
Sana15.07.2021
Hajmi63.5 Kb.
1   2   3
2. Me’yor tushunchasi

Me’yor – jamiyat a’zolari tomindan qabul qilingan, maqullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutqi jarayonida qo’llanish haloti va imkoniyatlari.

Me’yor tilning yashash shaklidir. Til nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalordanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan. Nutq madaniyati to’g’risidagi gap bor ekan, tabiiyki, nutqda so’zlarning o’rinli va o’rinsiz ishlatilishi to’g’risidagi ham baqs boradi. Qo’llangan til birligini to’g’ri yoki noto’g’ri deyilganda, albatta, ma’lum bir o’lchovga asoslanamiz. Mana shu o’lchov tilshunoslikda adabiy til me’yori deb yuritiladi.

Har bir lahjaning, so’zlashuv tilining, adabiy tilning o’z me’yorlari bo’lganidek, nutqning alohida ko’rinishlari bo’lgan argolar, jargonlar ham o’z me’yoriga ega. Xususiy me’yorlar quyidagicha ko’rsatiladi:

1. Dialektik me’yor

2. So’zlashuv nutq me’yori

3. Argolar, jargonlar me’yori

4. Adabiy til me’yori.

Jamiyat taraqqiyoti bilan barabar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o’rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib brogan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyo qarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tibarga olingan. Til hadisalarini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham also mumkin bo’lmagan.

Demak, me’yor milliylik va tarixiylik mazmunin kasb etadi, necha yuz ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo’ladi. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o’tishi bilan o’zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir.

Til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas.

Tildagi me’yoriy muammolarni, qiyinchiliklarni qisqa muddatda hal qilishning imkoni yo’q. 1989 yilda O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinishi katta voqea bo’ldi. O’sh paytda qonuniybo’lmasada, amaldagi ish yuritish tili rus tilida savod shiqarganligini, farzandlarini ham bog’chalar va maktablarda ana shu tilda ta’lim-tarbiya olishga jalb qilganligi ana shunday tabiiy to’siqlarda bo’lib turdi. Oqibatda ma’lum muddat muomala jarayonida, rasmiy ish qog’ozlarini yuritishda, turli darajadagi anjumalarni o’tkazishda rus tilidan foydalanishdagi mavjud an’analar o’z kuchini saqlab turdi.

Til elementlarinig ma’lum bir me’yorga keltirilishi, bir tomondan, til mutaxassislari tomonida boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda ham yuz beradi. Ammo, fikrimizcha, bir narsa ma’lum- tilning amalda bo’lish holatlariga tazyiq o’tkazib bo’lmaydi. Lekin tegishli yo’l-yo’riqlar, ko’rsatmalar, tavsiyalar berib borilishi zarur.

O’zbek milliy adabiy tili garchi umumxalq tilidan o’sib chiqqan bo’lsa ham, unda mavjud bo’lgan dialektlar va shevalardan,jargonlardan, oddiy so’zlashuv tilidan, umuman, xalq tilidan ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. Chunki umumxalq tili o’zbek tilida uchraydigan barcha elementlarni o’z ichiga oladi va ishlanmagan shaklda bo’ladi. Adabiy til esa undan o’zbek millati uchun tushunarli bo’lgan va foydalanishda qulay deb topilgan variantlarini tanlab hamda ularni millat vakillar uchun me’yor sifatida tavsiya etadi.

Har qanday til me’yorlarinin ikki guruhga – umiumiy va xususiy me’yorlarga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Xususiy me’yor ma’lum til umumiy me’yorlarining yashash shaklidir. Shunday ekan, yuqorida sanab o’tilgan o’zbek adabiy tili, lahja va shevalari hamda ijtimoiy tarmoqlarining me’yori xususiy me’yorlarini yanada aniqroq tasavvur qiladigan bo’lsak, har bir shaxsning tildan foydalanish me’yorini ham, o’zbek tilida mavjud bo’lgan beshta – rasmiy ilmiy, publisistik, badiiy, so’zlashuv uslublari doirasida amal qiladigan me’yorlarini ham xususiy me’yorlar deb tushunishimizga to’g’ri keladi.

Adabiy me’yor adabiy til bilan birga tug’iladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyatining taraqqiyoti bilan rivojlanib, o’z qonun-qoidalarini mustahkamlab boradi.

Adabiy norma va nutq madaniyati muammolarini atroflicha tadqiq etgan E.Begmatov adabiy normaga xos quyidagi mezon va xususiyatlarni belgilaydi:



  1. Adabiy norma obyektiv mavjud va moddiy bo’ladi.

  2. Adabiy norma ongli ravishda ishlangan (normalangan, kodifikatsiyalangan) bo’ladi

  3. Adabiy norma (normativlar) maxsus tanlangan va baholangan bo’lasdi.

  4. Adabiy norma (normativlar) muayyan qa’tiy qoidalarga solingan (reglementasiya qilingan) bo’ladi.

  5. Adabiy norma yozuvda, yozma manbalarda mustahkamlangan (fiksasiya qilinan) bo’ladi.

  6. Adabiy norma (normativlar) nufuzli, mo’tabar manbalarga tayanadi.

  7. Adabiy norma tasodifiy hodisa emas, balki vazifaviy, lisoniy-kommunikativ jihatdan zaruriy bo’ladi.

  8. Adabiy norma zamonaviy bo’ladi va u tilning zamonaviy (sinxron) holatiga tayanadi.

  9. Adabiy norma jamiyat a’zolarining adabiy ko’nikmalariga asoslangan bo’ladi.

  10. Adabiy norma konkret adabiy tilnin ichki rivojlanish qonuniyatlariga tayanadi, undan oziqlanadi.

  11. Adabiy norma barqaror (stabil) bo’ladi.

  12. Adabiy norma mo’tadil rivojida o,zgaruvchan, rivojlanuvchan (dinamik) bo’ladi

  13. Adabiy norma an.anaviy (tendensioz, qaysar) bo’ladi.

  14. Adabiy norma (normativlar) muayyan qolipga, modellarga solingan (standart, turg’un) bo’ladi.

  15. Adabiy norma variantdor bo’ladi.

  16. Adabiy norma (normativlar) tipki bo’ladi.

  17. Adabiy norma xalq sheva va lahjalaridan ustun turuvchi normadir.

  18. Adabiy norma namunaviy va mo’tabar normadir.

  19. Adabiy norma yopiq konservativ normadir.

  20. Adabiy norma uslubiy tarmoqlangan normadir.

  21. Adabiy norma yagona, umumxalq normadir.

  22. Adabiy norma xalqchil normadir.

Tilning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi xalq hisoblansa ham, unin taraqqqiyotida olimlarimizning, shoir va yozuvchilarimiz, davlat va jamoat arboblarining, huquqshunoslarimizning, pedagoglar va matbuot xodimlarining, kino, teatr san’ati ustalari va nashriyot xodimlarining hamda jurnalistlarning xizmatlarini qayd qilish lozim. Ayniqsa, mustaqillik davrida tilshunos olimlarimiz, shoir-yozuvchilarimiz va jurnalistlarimizning xizmatlari katta bo’ldi. Ularning samarali mehnatlari tufayli tilshunoslikning ko’pgina yo’nalishlari bo’yicha qa’tiy me’yorlar belgilandi, ona tilimiz rivojida oid yangi qoidalar va qarorlar inobatga olingan holda til birliklarining yozuv va muomala jarayonidagi namunaviy variantlari tavsiya etildi, til tizmidagi ko’pgina munozarali masalalar o’zining asosiga qo’yildi.

Ma’lumki, XIX asrning ikikkinchi yarmi va XX asrning boshlaridayoq o’zbek tiliga ko’plab ruscha o’zlashmalar kirib keldi. Ular gazeta va jurnallarda, rasmiy-yuridik hujjatlarda o’zbekcha tallaffuz va imloga moslashtirilgan holda ishlatilgan. Bu xil sdo’zlarning o’sha davrdan hozirgacha matbuotda faol qo’llanilayotganin quyidagilar ham tasdiqlaydi: bank, byudjet, present, fabika, telefon, telegraf, redaksiya, gazeta, oblast, vokzal kabilar.



Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
nomidagi samarqand
bilan ishlash
Darsning maqsadi
fanining predmeti
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika universiteti
sinflar uchun
fanlar fakulteti
o’rta ta’lim
Toshkent axborot
Alisher navoiy
haqida umumiy
fizika matematika
Ishdan maqsad
moliya instituti
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
махсус таълим
respublikasi axborot
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
nazorat savollari