Meva daraxtlariga shakl berish, kesish va butash muddatlari hamda usullari



Download 14,84 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi14,84 Kb.
#267518
  1   2   3   4
Bog'liq
9-ma’ruza Meva daraxtlariga shakl berish, kesish va butash muddatlari hamda usul


Ma’ruza mashg’uloti mavzusi:

MEVA DARAXTLARIGA SHAKL BERISH, KESISH VA BUTASH MUDDATLARI HAMDA USULLARI


Mashg’ulot rejasi:

9.1. Meva daraxtlariga shakl berish va butash

9.2. Mevachiikda shoxlarning ahamiyati va turlari

9.3. SHoxlarni kesish turlari


Tayanch iboralar: kesish, yаrusli shoxlar, yаrussiz shoxlar, vazasimon shox, yоtib o’sadigan shox, kesish turlari.
9.1. Meva daraxtlariga shakl berish va butash

Meva daraxtlariga shakl berish bilan daraxtning hosilga kirish muddatlarini o’zgartiradi, uning mahsuldorlik davrini uzaytirish, mustahkam, yoritilgan shox-shabba tuzish, bog’larni parvarish qilishni qulaylashtirish, yildan-yilga meva berishini tartibga solish, daraxt hosildorligini oshirish mumkin va hokazo. SHakl berish va kesish orqali gektariga ko’proq daraxt joylashtirishga imkon beradigan ixcham (kompakt) shox-shabbalar tuzish, shu bilan bir vaqtda kesishda, mevalarni terishda mehnat unumdorligini oshirish mumkin. Ixcham shox-shabbalar bog’ ishlarini mexanizatsiyalashga yordam beradi. Kam shox-shabbasi va yassi shakllar birmuncha afzalikllarga ega, ularda asosiy shoxlar kam, o’suvchi shoxlar esa ko’p bo’ladi. Ular juda serbarg bo’lganda, hosil shoxlari ko’p bo’ladi. Bu shakllar daraxtlarni zichlashtirish va yuqori meva hosili olishga imkon beradi.



Kesish. Meva daraxtlariga ta’sir etadigan eng faol agrotexnik usullardan biri bo’lib, ularni parvarish qilish kompleksida muhim element hisoblanadi. Meva daraxtlarni tizimli kesish orqali hosilni uch barovarga oshirish mumkin.

Daraxtlarni kesish mevalarni 20,4% gacha yiriklashtiradi, ularning tovar sifatini ham yaxshilaydi. Butalgan daraxtlarning mevalari tarkibida butalmagan daraxtlarnikiga qaraganda shakar va kislotalar ko’p bo’ladi. Kesish, ya’ni butash bilan daraxtlarni yoshartirib, bog’ning mahsuldorlik yoshini uzaytirish mumkin.

Kesish daraxtlarning sovuqqa chidamliligini ham oshiradi, ya’ni kesilgan daraxtlar yaxshiroq barg chiqaradi va qishki tinim davri uchun ko’p oziq moddalar to’playdi. Bu moddalar o’simlikni sovuqdan himoya qilish quvvatiga ega bo’ladi.

Meva daraxtlari uzoq asrlardan buyon kesib kelinadi. U bizning eramizdan uch yuz yil oldin Gretsiyada va qadimgi Rimda qo’llanilgan. XIX asrning oxirlaridan boshlab mamlakatimizda ham meva daraxtlari kesila boshlangan.

SHakl berishda kesish orqali shox-shabba skletiga ta’sir etish va uni istalgan yo’nalishda tuzish nazarda tutiladi. SHakl berish shox-shabbaning mustahkamligini, uning kompaktligini, daraxtlarning uzoq yashashini, ularning bog’dagi havo, yorug’lik bo’shlig’idan yaxshiroq foydalanishni, meva novdalarini uni to’laroq qoplashini, barg qoplamini shoxlar asosida yaqinlashtirishni ta’minlashi kerak.

Ixtiyoriy kesish shakl beriladigan va shakl berilgan tanasini, ayrim qismlarining o’sish va meva berishini tartibga solish jarayonida ularning tarvaqaylab ketishini oldini olish va meva sifatini yaxshilash, daraxtning hosil berish davrini uzaytirish, meva berish uchun shox-shabbaga qulayrok sharoit yaratish (yorug’lik, havo va boshqalar), daraxtning tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (sovuq, shamol va boshqalar) qarshi chidamligini oshirishdan iborat.

SHakl berish bilan ixtiyoriy kesish o’rtasidagi chegara shartlidir. Masalan, ko’p kesish daraxtning shaklini o’zgartiradi, shakl berish esa doim ixtiyoriy kesish bilan birga olib boriladi.

Daraxt o’sishidagi quyidagi qonuniyatlar kesishning biologik asosi hisoblanadi:


  1. ularda bitta yoki bir necha tana va asosiy (sklet) shoxlar bo’lishi va bu shoxlar o’simlikning boshqa yer ustki qismlaridan ustunlik qilishi va to’g’ri o’sishini uzoq vaqt saqlashi;

  2. shoxlarning joylashishidagi yaruslilik (qutblilik) va morfologik parallelizm;

  3. ayrim asosiy va o’sib ketgan shoxlarning turli yoshidagi va kurtak hamda to’qimalarning turli sifatliligi;

  4. daraxtning barcha hayoti davomida o’sishi va meva berishida yoshiga bog’liq o’zgarishlari;

  5. shox-shabbadagi asosiy va o’sib ketgan shoxlarning tsiklik almashinuvi, ularning qurib qolishi va tiklanishi;

meva o’simliklari barcha qismlarining o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lishi va bir-birini taqozo qilishi, ularning tashqi muhit bilan qonuniy o’zaro ta’siri;

7) kurtaklarning tez yetilishi va uyg’onishidagi farqlar, ayrim meva turlari va navlarida yosh novdalarni tiklash (regeneratsiya) qobiliyati.



Download 14,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish