Metodologiya



Download 32.38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.10.2020
Hajmi32.38 Kb.


Metodologiya

Metodologiya (metod va ...logiya

soʻzlaridan) — tadqiqotchining nazariy va

amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash

tamoyillari va usullari tizimi hamda

bunday tizim haqidagi taʼlimot. M.

metodlar haqidagi taʼlimot yoki yalpi-

umumiy bilish metodi, deb ham

taʼriflanadi. M. metodlarga va umuman

voqelikka qanday yondashish yoʻlini

oʻrgatadi. Voqelikning muayyan qismini,




biror jihatini, rivojlanishining ayrim

holatini oʻrga-tuvchi M.ga metafizikani,

voqelikning chiziqli rivojlanish, oʻzgarish

jarayonini va uni tashkil etuvchi

elementlar oʻrtasidagi oʻzaro

aloqadorliklarni aks ettiruvchi M.ga

dialektikani, voqelikda roʻy beruvchi

keskin, halokatli oʻzgarishlar, nochiziqli

rivojlanish jarayonlarini oʻrganishda

qoʻllaniladigan M.ga sinergetikapsh

misol sifatida koʻrsatish mumkin.

M.ga ilmiy bilishning , voqelikni anglash

va oʻzgartirishning algoritmi sifatida ham

qarash mumkin. Mac, Yunonistonda

geometriya yer maydonlarini oʻlchashda



normativ yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qilgan

va geometriya ilmini falsafani oʻrganish

uchun muhim M. deb bilishgan. Platon

maqbarasiga kiraverishdagi eshikka

"kimki geometriyani bilmasa, bizning

oldimizga kirmasin" deb yozib qoʻyilgan

ekan. Falsafada esa olamni anglashda

Geraklitning logosk M. vazifasini oʻtagan.

M. taraqqiyotiga Sokrat, Aristotel jiddiy

hissa qoʻshishgan. Forobiy sha-rkrna

fikrlash uslubi nuqtai nazaridan Aristotel

asarlarini sharxlaydi. Bunday sharxlar

Aristotel merosini oʻrganishda M. boʻlib

kelgan. Ibn Sino oʻzining xotiralarida

Aristotelning "Metafizika" asarini 40



marotaba oʻqib chiqsa ham hech narsa

tushu na olmaganligini, bu asarning

mazmuniga Forobiyning sharxlarini

oʻqigandan soʻnggina tushunib

yetganligini yozib qoldirgan. M. haqida F.

Bekon, R.Dekart, J. Lokk, G. Galiley va

boshqa yevropalik olimlar maxsus

kitoblar yozishgan. Shuningdek, M.

rivojiga Kant, Fixte, Shelling , Gegel jiddiy

hissa qoʻshishgan. Gegel dialektik M.ning

asoslarini ishlab chikdi. 20-asrda

sinergetik, strukturalistik va germenevtik

M.lar falsafada eng obroʻli falsafiy M.lar

sifatida nom qozondi, sistemaviy va

kompleks yondashish M.lari esa



insonning barcha hayotiy jarayonlarida

keng qoʻllanilmoqda.

Bugungi kunda sinergetika M.si olamning

chigal muammolarini tadqiq etishda,

halokatli portlashlar, nochiziqli oʻzgarish

jarayonlarining mohi-yatini tushunib

yetishda, olamning vujudga kelishini ilmiy

asoslashda kuchli evristik bilish quroli

vazifasini oʻtamoqda.

Baxtiyor Toʻrayev.



[1]

Manbalar

Download 32.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
sinflar uchun
fanining predmeti
таълим вазирлиги
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
vazirligi muhammad
махсус таълим
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
pedagogika fakulteti
fizika matematika
universiteti fizika
Navoiy davlat