Metod birlashma raisi: D. Sobirova 2019--2020 o’quv yili Umumiy urta malum maktabi metod birlashmalari tog'risida nizom



Download 0,65 Mb.
bet1/8
Sana19.09.2019
Hajmi0,65 Mb.
#22339
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BLANKALAR- Dilfuza metod birlashma

VILOYAT XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI
Urganch shahar xalq ta`limi bo`limi

2019-2020 o`quv yili 14-son o’rta ta`lim maktabi “Estetik fanlar turkumidagi texnologiya, tasviriy san`at, jismoniy tarbiya, musiqa va chizmachilik” fanlari metod birlashmasi hujjatlari



Metod birlashma raisi: _______ D.Sobirova

2019--2020 o’quv yili

Umumiy urta malum maktabi metod birlashmalari tog'risida

NIZOM

I.Umumiy qoidalari
1 Umumiy o`rta ta`lim maktablarida boshlangich ta`lim, sinf rahbarlari yo'nalishi hamda fanlari yoki bir-biriga yaqin bo`lgan fanlar turkimi bo`yicha metod birlashmalari faoliyat ko'rsatdi.Metod birlashma umumiy o'rta ta'lim maktablarda metodik xizmat ko'rsatish tuzilmasining bir bo'limi hisoblanadi.

2.Metod birlashna ishi maktab pedagogika kengashi qarori asosida tashkil etiladi, uning ish rejasi metod kengash tomonidan tasdiqlanadi.

3.Metod birlashmalar o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining ,,Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, Qadrlar tayyorlash milliy dasturiga, xalq ta'limi boshqaruvi organlari va ta'lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan me`yoriy hujjatlar ham ushbu nizomga amal qiladi. .
II. Metodbirlashmaning asosiy maqsadi
4. Metodbirlashmalar o`z-o`zini boshqarish shaklida tashkil etilib, quyidagi maqsadni amalga oshiradi:

* o'qituvchilarning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishi ;.

* o'quvchilarga beriladigan ta`lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishini ta`minlash borasida o'zaro tajriba almashish

* ijodkorlik yo'nalishidagi izlanishlarni rivojlantirish va birlashtirish

* o'qituvchining darsiga tarbiyaviy soatiga darsdan tashqari tadbirlariga qo'yiladigan yagona talablarni ishlab chiqish va ta`lim-tarbiya jarayonida tatbiq etilishini taminlash.
III. Metodbirlashmalarining asosiy vazifalari
5.Tegishli yo'nalish yoki o'quv fanini o'qitishga doir me`yoriy va metodik hujjatlarni o'rganadi ularni o'quv jarayoniga tadbiq etish usullarini ko'rsatib beradi.

6. O'qituvchillarning g'oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi ularni fan yutuqlari pedagogik innovasiyalar ilmiy ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi.

7.Fanlar bo'yicha taqvimiy-mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etadi.Shuningdek oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlaydi.

8.Malaka oshirishga yuboradigan o`qituvchilarni oldindan rejalashtiradi malaka oshirishdan qaytgach o'qituvchilarning hisoboti o'z vaqtida metodbirlashma yig'ilishlarida tinglab boradi va ularni taqdimotlarini tashkil etadi.

9.Ilg'or o'qituvchilar ish tajribalarini o'rganishni tashkil qiladi va ommalashtiradi.

10.Davlat ta`lim standartlari talablari o'quv rejasi va dasturlari bajarilishining

ta`minlanishiga metodik yordam ko'rsatadi.

11.Tashqi va ichki nazorat natijalariga ko'ra DTS talablari bajarilishida o'quvchilarning bilim ko'nikma va malakalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.

12.Tegishli yo'nalish yoki fan bo'yicha ta`lim muassasida metodik ta`minotiga bo'lgan ehtiyojini aniqlaydi.

13.O'quvchilarga chuqur bilim ko'nikma va malakalarini shakllashtirishga yordam berish maqsadida o'qitishning ilg'or usullarini jariy etishni tashkil qiladi.

14.Darslarni o'zaro kuzatishlarni tashkil qiladi natijalarni tahlil qiladi va mutaxasislarga amaliy yordam beradi.

15.O'qitish metodlarini o'rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil qiladi ilg'or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o'rganadi umumlashtiradi va ommalashtiradi.

16.O'quv jarayoniga o'qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kiradi o'quv fani bo'yicha yangiliklarni qo'llashga doir metodik ko'rsatmalar berib boradi.

17.Yosh mutaxasislarga metodik yordam beradi. Ustoz-shogird tizimini shakllantiradi.

18.Ko'rgazma va ko'rsatmali vositalardan foydalanish bo'yicha metodik tavsiyalar beradi.

19.O'quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir yo'llanmalar beradi.

20.Yangi o'quv dasturi darslik metodik qo'llanma va boshqa metodik ishlarni yangi nashrlarni shuningdek fanga doir maqolalarni o'rganadi va muhokama qiladi.

21. Nazorat turlariga doir metodik ko`rsatmalar beradi va ular asosida nazorat topshiriqlarini ishlab chiqishini tashkil etadi

22. O'qituvchilarni malaka oshirish, axborot almashuv tizimini hamda o`z ustida ishlashini yanada yaxshilash maqsadida ijodiy xizmat safarlari bo'yicha hisobotlarini eshitadi.

23. Fan o'qtuvchilarining samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma`naviy va moddiy rag'batlantirishga tavsiya qiladi, shuningdek, attestasiya jarayonida o'z xulosasini beradi.

24.O’quvchilarning DTS va o’quv dasturi hajmi doirasida bilimlarini mavjud mezonlarga rioya etishini nazorat qiladi.

25. Fanlar bo`yicha maktab miqyosida oyliklar tashkil qilish, fan olimpiadalarining birinchi bosqichlari, ko`rik tanlovlar o`tkazish

26.Fanlar bo`yicha sinfdan tashqari ishlarni muvofiqlashtiradi.

27. Fan o`qituvchilaring metod birlashmasi o`quv kabinetlari holatini kuzatadi va uning rivojlanishining rejalashtiradi.

28. Fan o`qituvchilarining metod birlashmasi-fan bo`yicha sinfdan tashqari ish tizimini aniqlashtiradi, o`quvchilar va ularning ota-onalari uchun metodik ishlanma ishlab chiqadi

29. O`quvchilarning dars jarayonoda texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish talablari ishlab chiqadi va nazorat qiladi.

30. Fan bo`yicha iqtidorli ijodkor o`quvchilarni aniqlaydi va ular bilan alohida ishlashni tashkil qiladi

31. Metod birlashma quyidagi masalalarni amalga oshiradi:



Ta`lim to`g`risidagi normativ va metodik hujjatlarni o`rganish

Maktab kompanentidagi fanlarni tanlash

Sinfdan-sinfga ko`chirish bo`yicha nazorat ishlarini, attestasiya materiallarini tasdiqlash

Fanlarni o`qitilishi bo`yicha mktab ichki nazorati natijasi bo`yicha tanishi;

O`quvchilarning o`qish davomida texnika xavfsizligi me`yprlariga rioya qilish, sog`ligini ximoya qilish bo`yicha kerakli yo`riqnoma ishlab chiqish;

Metodik ishlanmalar bilan tanishish maqsadida ochiq darslar tashkillashtirish

Ilg`or ish tajribalarini o`rganish ya`ni fan bo`yicha ekspriment ish olib borish fan bo`yicha DTS ijrosi bo`yicha yagona talabishlab chiqarish

Fanlar bo`yicha oroliq va yakuniy nazorat ishlarini o`tkazish tizimini ishlab chiqarish

Fanlar bo`yicha dars o`tish metodlarini tahlil qilish

O`qituvchilarning malaka oshirishga bolgan extiyojini aniqlash va ularni extiyojlari asosida malaka oshirish turlarini tavsiya etgan buyurtmalar berish hamda kurslaridan o`tgandan so`ng va ijodiy safarlardan so`ng tayorlagan hisobotlarini eshitish;

Fan oyliklari, fan olimpiadari, konkurslari, ilmiy konferensiyalarni uyishtirish;

Hozirgi zamon talabi darajasida fan kabinentini, darsni jihozlash maqsadida o`quv ko`rgazmali qurollar ta`minotiga erishish.
IV.Metodbirlashma ishlarini tashkil etish

va unga rahbarlik qilish.
32. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Metodbirlashmalar boshlang’ich ta’lim, sinf rahbari yo’nalish bo’yicha bitta, 5-11-sinflarda esa o’quv rejasida alohida fanlar bo’yicha tashkil etiladi.Agar u yoki bu fan bo’yicha o’qituvchilar soni uch nafardan kam bo’lsa, u xolda ushbu fan o’qituvchilari shu turkumidagi fan o’qituvchilari bilan birgalikda bitta metod birlashmaga birlashadilar.

33. Maktabning har bir o’qituvchisi (shuningdek, o’rindoshlik tariqasida ishlayotgan o’qituvchilari ham o’z yo’nalishlarini yoki tegishli fan turkimi) bo’yicha metodbilrashmaga a’zo bo’lishlari shart.

34. Metodbilrashmalarning rahbari maktab pedagogika kengashi qaroriga asosan ijodkor va tajribali o’qituvchilardan maktab direktorining buyrig’i bilan tayinlanadi.

35. Metodbirlashmalarining faoliyati direktorining o’quv (metodik) ishlari bo’yicha o’rinbosari rahbarligidagi maktab Metodika kengashi tomonidan muvofiqlashtrilib boriladi. Har bir fan va yo’nalish bo’yicha Metodbirlashmaning rahbari maktab metodika kengashining a`zosi hisoblanadi.

36.Metod birlashma reja asosida ish yurutadi , ish reja maktabning ish rejasida aksini topishi lozim. Metodik mavzu o’qituvchining kasbiy o’z ustida ishlash rejasini nazarda tutgan holda, pedogogik jamoa a`zolari tomonidan qabul qilinishi lozim.

37. Metodbirlashma yig’ilishi bir oyda kamida bir marta o’tkaziladi.

38. Metodbirlashma yig’ilishlarida belgilangan masaslalr ko’rib chiqiladi va qarorlar qabul qilinadi. Yig’ilishlar bayoni alohida daftarga yozib boriladi.

39. Metodbirlashma turli mavzularda seminar – mashg’ulotlar, ma`lum mavzularga bag’ishlangan turkum ochiq darslarni tashkil qiladi.

40. O’quv yili oxirida metodbirlashma faoliyatiga oid barcha hujjatlar direktorining

o’quv metodika (metodika) ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan tahlil qilinadi.

41. Yig’ilsh bayonlari daftari, birkashma ish rejasi va hisoboti maktabda 3 yil muddatda saqlanadi.

42. Metodbirlashma rahbarining majburiyatlari:

yosh o’qituvchilarga metodik yordam uyushtirish

fan o’qituvchilarining metodbirlashmasi, metod kengashi o’tishini doimiy ravishda tashkillashtirib borish.



DTS talablari doirasida o’qitish sifatiga e’tibor berish.

metodbirlashma ish rejasini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish.

ilg’or ish tajribalarini ommalashtirish, olib borilgan ishlar xususida metod kengash yoki pedogogika kengashida hisobod bersh.

taqvim-mavzu rejalarini tuzilishi va bajarilishini nazorat qilish

ijodiy hisobotlar, ochiq darslar metodik kunlar, metodik oylik dekadalar tashkillashtirish.

malaka oshirish uchun buyurtmalar berish va malaka oshirishga oid takliflar tayyorlash;

maktabning Pedogogika kengashida metogik seminarlarda metodbirlashma ishtirokini takomillashtirish.

V.Metod birlashmasining huquqlari

43. Fan o’qituvchilari metodbirlashmasi-o’qituvchilarga o’quv yuklamalarni taqsimoti va qayta tarifikatsiyadan o’tkazish bo’yicha tavsiya beradi.

44. Maktab rahbariyatiga fan xonalari ma`sullariga qo`shimcha haq to`lash va fan to`garaklarini tashkil qilish yuzasidan takliflar beradi.

45. Ayrim fan yoki yo`nalishlar bo`yicha chuqurlashtirilgan bilimlar beradigan sinflar ochish bo`yicha takliflar beradi.

46. Mahalliy o’quv materiallari asosida belgilangan tartibda o`quv dasturiga tegishli o`zgarishlar kiritadi.

47. Ayrim fanlar chuqurlashtirib o`qitiladigan sinflar mavjud maktablarda yo`nalishlar bo`yicha maxsus dasturlar va yakuniy nazorat materiallarini tayorlaydi.



48. Metodbirlashmasi a`zolarining malakasini oshirishga doir takliflar beradi.

VI. Metodbirlashma a`zolarining burchlari
49. Metod birlashmaning har bir a`zosi:

Har bir o`qituvchi kamida bitta metodika birlashmaga a`z obo`lishi va kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan individual dasturga ega bo`lishi;

Metodbirlashma o’tkazadigan kengashlari, tadbirlarda qatnashish ;

Kasbiy mahoratini oshirishga intilish;

Pedagogning huquqiy me`yoriy faoliyatini bilish va unga amal qilish;

Pedagogic faoliyatida o`z-o`zini tahlil qilib borishi kerak;
VII. Metodbirlashma hujjatlari

  1. Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo`lishi shart:

Metodbirlashma a`zolari haqida ma`lumot;

Ish rejasi;

Hisobotlar

Yig`ilish bayonnomalari;

Metodbirlashma faoliyatiga aloqador bo`lgan o`quv-metodik hujjatlar nusxasi;

Metodbirlashmaga yuqori tashkilotlardan kelib tushgan o`quv-metodik hujjatlar nusxasi.


Metod birlashma a’zolarining 2019 - 2020 o’quv yilidagi vazifalari

  1. Metod birlashma raisi: (tasviriy san`at va chizmachilik fani o’qituvchisi) D.Sobirova

  • Estetik turkumi fanlarini o'qitishga doir me`yoriy va metodik hujjatlarni o'rganadi ularni o'quv jarayoniga tadbiq etish usullarini ko'rsatib beradi.

  • O'qituvchillarning g'oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi ularni fan yutuqlari pedagogik innovasiyalar ilmiy ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi.

  • Estetik turkumi fanlari bo'yicha taqvimiy-mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etadi. Shuningdek oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlaydi.

  • Davlat ta`lim standartlari talablari o'quv rejasi va dasturlari bajarilishining ta`minlanishiga metodik yordam ko'rsatadi.

  • Darslarni o'zaro kuzatishlarni tashkil qiladi natijalarni tahlil qiladi va mutaxasislarga amaliy yordam beradi.

  • Ko'rgazma va ko'rsatmali vositalardan foydalanish bo'yicha metodik tavsiyalar beradi.

  • Malaka oshirishga yuboradigan o`qituvchilarni oldindan rejalashtiradi, malaka oshirishdan qaytgach o'qituvchilarning hisoboti o'z vaqtida metodbirlashma yig'ilishlarida tinglab boradi va ularni taqdimotlarini tashkil etadi.




  1. Metod birlashma a’zosi: (musiqa fanlari o’qituvchisi) Qurbanov R.




  • Ilg'or o'qituvchilar ish tajribalarini o'rganishni tashkil qiladi va ommalashtiradi.

  • Tegishli yo'nalish yoki fan bo'yicha ta`lim muassasida metodik ta`minotiga bo'lgan ehtiyojini aniqlaydi.

  • O'quvchilarga chuqur bilim ko'nikma va malakalarini shakllashtirishga yordam berish maqsadida o'qitishning ilg'or usullarini joriy etishni tashkil qiladi.

  • O'qitish metodlarini o'rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil qiladi ilg'or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o'rganadi umumlashtiradi va ommalashtiradi.

  • O'quv jarayoniga o'qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini olib kiradi o'quv fani bo'yicha yangiliklarni qo'llashga doir metodik ko'rsatmalar berib boradi.

  • Yangi o'quv dasturi darslik metodik qo'llanma va boshqa metodik ishlarni yangi nashrlarni shuningdek fanga doir maqolalarni o'rganadi va muhokama qiladi.

  • O'qituvchilarni malaka oshirish, axborot almashuv tizimini hamda o`z ustida ishlashini yanada yaxshilash maqsadida ijodiy xizmat safarlari bo'yicha hisobotlarini eshitadi.

  • Fan o'qtuvchilarining samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma`naviy va moddiy rag'batlantirishga tavsiya qiladi, shuningdek, attestasiya jarayonida o'z xulosasini beradi.

  • Fan o`qituvchilaring metod birlashmasi o`quv kabinetlari holatini kuzatadi va uning rivojlanishining rejalashtiradi.




  1. Metod birlashma a’zosi: (jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi) Jumaboyev V.

  • Tashqi va ichki nazorat natijalariga ko'ra DTS talablari bajarilishida o'quvchilarning bilim ko'nikma va malakalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.

  • Yosh mutaxasislarga metodik yordam beradi. Ustoz-shogird tizimini shakllantiradi.

  • O'quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir yo'llanmalar beradi.

  • Nazorat turlariga doir metodik ko`rsatmalar beradi va ular asosida nazorat topshiriqlarini ishlab chiqishini tashkil etadi

  • O’quvchilarning DTS va o’quv dasturi hajmi doirasida bilimlarini mavjud mezonlarga rioya etishini nazorat qiladi.

  • Fanlar bo`yicha maktab miqyosida oyliklar tashkil qilish, fan olimpiadalarining birinchi bosqichlari, ko`rik tanlovlar o`tkazish

  • Fanlar bo`yicha sinfdan tashqari ishlarni muvofiqlashtiradi.

  • Fan o`qituvchilarining metod birlashmasi-fan bo`yicha sinfdan tashqari ish tizimini aniqlashtiradi, o`quvchilar va ularning ota-onalari uchun metodik ishlanma ishlab chiqadi

  • Fan bo`yicha iqtidorli ijodkor o`quvchilarni aniqlaydi va ular bilan alohida ishlashni tashkil qiladi


O’qituvchilar haqida




O’qituvchilarning ismi,sharifi

O’qitadigan fani

Tug’ilgan yili






















































































































































































































































































































































































































































































Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish