Mening dunyoqarashim. Sening yutug`ing bolalarday fikrlay olishingdadir (Pirron)



Download 18,69 Kb.
Sana04.01.2021
Hajmi18,69 Kb.
#54734
Bog'liq
Mening dunyo qarashim. 1-EOBT Sadirdinov Asroriddin


Mening dunyoqarashim.

Sening yutug`ing bolalarday fikrlay olishingdadir (Pirron)



Sekinroq o`qisangizchi cho`chitib yuborayapsiz! Mazza qilib hayol surayotgandim.Iya salom berish ham esimdan chiqibti.Salom! Qo`polligim uchun kechirasiz.Ba`zan hayollarga shunchalik burkanib ketamanki,asti qo`yaverasiz.Omadi kelmagan telba hayolparastmikan deyishingiz mumkin lekin men ko`pingizga o`xshab qo`rqinchli yoki yomon hayollarga bormayman.Hatto unaqa hayollarga duch kelib qolsam oldidan aylanib o`taman.Mening hayollarimda turli tuman beg`ubor orzular yotadi holos.Ishonmayapsizmi? Ishoning!.Eh… mening qalbim go`zalligini faqatgina manashu sharqiroq daryolar biladi.Ha aytgancha.Daryodagi bu quvnoq tomchilar qayerdan kelar ekana? Ha! Buvijonim hov anavi katta tog`da suvning yuragi bor degan edilar.Balki osha yerdan chiqar…Qayerdan chiqqan bo`lsa ham juda muzdak ekan.Eh…Qaniydi mening yuragim ham uzun-uzun daryolarga suv berib tursa.Lekin yuragimning issiqligidan bu suv qaynab ketmasmikan ? Bechora qaynab ketgan tomchilar tog`lardagi ulkan toshlarni eritib yuboradiku.Yo`q menga yerda shalvirab turadigan gilamday yotgan tog`lar emas.Oppoq bulutlarga burkanib, Osmonni opichlari bilan erkalaydigan tog`lar kerak.Kech ham kirayapti.Qorong`u tushmasdan uyga borishim kerak.Aksiga olib manavi quyosh ham bo`yida bor hotinday darrov yalpayib olyapti.Bechora qizarib ketibti.Buni qarang, shu ahvolida ham qizlar doim lampochkaga parvona chivindek sarmast bo`lishadi.Balki uning yonayotgan ko`zlari suluvlarni shu ko`yga solayotgandir. To`grida ba`zan shunday insonlar bo`ladiki besonaqayligidan botqoqqa botirilgan ayiqlar tugul, yovvoyi afrika fillari ham ortda qoladi lekin ulardagi otashin ko`zlar har qanday suluvni ham muhabbat o`tiga irg`itib yuborishi mumkin.Ha do`stlar! Ko`zlarda gap ko`p! Lekin men bir narsaga hayronman. Bu dardisar quyoshning chaqchayib ketgan olovli ko`zlariga nega shuncha mast bo`lishadi.Uning o`rnida men turganimda bormi uncha munchasini hushidan ozdirar edim. Nega kulasiz,ahir ko`rib turibsizku mening o`tkir nigohlarim dunyoning mana man degan ming minglab parilarini hushidan ozdira oladi. Kelishgan qomatimni aytmasizmi, muhabbatga sarmast bo`layotgan har qanday go`zal bu qomatlarga bir qarab o`tmasdan iloji yo`q.Mehridaryo qalbimniku gapirmay qo`ya qolay. Butun umrini qalb go`zalligiga bag`ishlagan faylasuflar ham yuragim tafti oldida jizg`anak bo`lib kuyishsa kerak. Ha aytgancha, men quyoshga o`xshab vaqt o`tdi deguncha darrov yalpayib yotib olmayman. Ha! Kechdayam porlab turaveraman.Yana bir gapni aytaymi men quyoshning o`rniga chiqsam,yuzlarimning yorug`ligidan oy ham hijolat bo`lib, mayda mayda meteoridlarga bo`linib ketsa keragov.Shu ishini ham to`g`ri qiladi. Bir kechaga ikkita barno ko`plik qiladi! Buning ustiga, uning yuzidagi husnbuzar dog`lari qaymoqqa tushgan pashshaday hunuk turadi.Menikichi burnimning tagida bir ikki mo`ylov turtib chiqqanini aytmaganda oydak yuzim yerga o`xshagan beshta sayyorani yorita oladi.Lekin men ko`kka chiqib ularni o`z ishidan ayirsam, ularning bola chaqasi nima bo`ladi.Mayli birovni risqini qiyib nima qildim.Yerda yurganim yaxshiroq!Voy anovi samolyotmi.Shu samolyotlarni juda yaxshi ko`ramanda. Lekin bu samolyotdan xat tashuvchi chiqmasa keragov.Bu samolyotning qiyshiq qanotlari huddi toshbaqaga qanot qo`yganday sekin harakat qiladi.Shu kichkina qanotlari bilan qayerlaga borarkina… Eh…Mening ham qanotim bo`lsaydi…Dunyoni bir aylanardimda maktabimga borardim.Nega aylanasan deysizmi? Shuniyam bilmaysizmi? Ahir meni uyim maktabning yomginasida.Men samolyot bo`lsam bu yolakchaga sig`masligi tayin.Ana hayol bilan bo`lib uyimga ham kelib qolibman.Eh hech bo`lmasa o`n besh daqiqa oldin kelganimda juda zo`r ish bo`lar edi.Uydagilarim bilan diydorlashish uchun hech bo`lmasa o`n besh daqiqa vaqtim bo`larmidi… Ayni serial paytida kelibman.Hamma serialga mubtalo bo`lib salomimga alik ham olishmadi.Mayli nima ham qilardim, yotib uxlashdan boshqa iloj yo`q.Bu shovqinli kechada uxlashga ham qo`rqadi odam. Shamolning hurrak otishi hatto filning qulog`ini ham qomatga keltiradi. Quloqning qomatga kelishi juda kulgili.Qulog`imning qomadi o`zgarib semirib ketsaya.Yoki o`zimga o`xshab xushqomad bo`lib ketsa.Unda qizlar meni emas qulog`imni sevib qoladiku. Yo`q qulog`imning shunday turgani yaxshi.Bu to`polonchi shamol meni hali beri uxlatmasa kerak.Eh…Qaniydi shamol bo`lsamu o`zimning do`rillagan,chiroyli ovozim bilan hammaga maqtansam.Lekin , mening bu ovozimdan hamma mast bo`lib uyquga ketib qolsachi? Dunyoni uxlatib nima qildim?Avval o`zim uxlay.

Ertalab shovqindan cho`chib uyg`onib kettim.Uyimiz oldida qurilish bo`layotgan ekan.Tavba uyimiz oldi bir kunning o`zida katta-katta yuk mashinalari ekskavatorlarga to`lib ketipti. Ekskavatorning qo`llarini kattaligini qarangu, imillashini qarang. Huddi dori icholmayotgan ukamning qoshig`iga o`xshaydi.Eh Shunaqa katta qo`llarim bo`lsayu yerni qazib tashlasam…To`xtang! Qo`llarim yerni butkul teshib antarktida muzliklaridan darcha ochib qo`ysachi..? Unda uyimning ahvoli nima kechadi.Bunday ahmoqona orzularimning nihoyasi bo`larmikan? Balki bunaqangi orzular qilish kelajakka kelib nihoyasini topar.Balki buning uchun imkon ham bo`lmas! Balki buning nihoyasi orzularimning ma`lum darajasiga erishib, hayotta o`z ornimni topganimdan keyin bo`lar. O`zimni qandayligimni bilaman lekin gohida qalbimni yashirgim, gohida esa telba mashhurlgim haqida jar solgim keladi. Ahir men buyuk aktyorman! Faqat buni atrofdagilar sezishmaydi.Mening bu qadar kuchli ekanimni biluvchi ikkita inson bor.Biri onam bo`lsa,ikkinchisi ko`nglimni ko`tarish uchun bo`lar bo`lmasga ham maqtayveradigan,lekin, bu maqtovlari samara berib meni buyuklik sari olg`a qadam bosishim uchun ko`maklashadigan ustozim.To`g`rida,yoki o`zingiz ayting? Dunyoda mendan ham ovozi chiroyliroq yoki mahoratliroq dublyaj ustasi bormi ekan? Yo`q! Lekin nega buni dublyaj rejissyorlari tushunishmaydi.Yoki meni ko`rgan rejissorlarning men bilan ishlashga tishi o`tmasmikin.To`g`rida men katta asarlarga ovoz berishim kerak.Shuning uchun yaratilganman! Arzimagan chaqa ketgan yosh ijodkorlarning telbacha kinolari mening darajamda emas! Buni qulog`ingizga quyib oling.Yana ertaga hamma taniydigan dublyaj ustasi bo`lib ketsam, ahmoqona filmlaringizga chaqirmang.Boyagi gapim to`g`ri telba mashhurligim haqida hammaga jar solgim keladi.Hech bo`lmasa jar solayotganimda ovozimning ohangdor ekanini sezishsa kerak?! Faqat qayerda jar solishim kerakligini o`ylab olishim kerak.Balki katta televidiniyaning ovozlashtirish bo`limi oldiga borib jar solaymikin.Yoki mashhur ovoz rejissorlarining uyining tagida.Yo`q bunaqasi ketmaydi.Uyiga borsamu u yerda balog`atga yetib qolgan qizi bo`lsa urdi hudo!Meni sevib qolib, orqamdan yugurib yuraverib, jon jonimdan o`tkazib yuborishi mumkin.Yoki osha rejissyorlarning qulog`iga pichirlab kelishim kerak.Pichirlashimning jarangdorligidan quloq pardalari yirtilib ketmasa bo`lgani.Mana shunaqa o`ylar bilan yuramanu lekin ovozimni ko`rsatishga mavrid kelganida sorg`ichini chaynayotgan boladay chaynalib qolaman.Men ishonaman hali bir kun keladiki, osha kun meni bu telbalarcha mahoratimni ko`zlari ilg`ab oyoqlarim ostiga yiqilganlarini o`zlari bilmay qolishadi.Telbacha hayollarim bilan sizning ham boshingizni qotirib yubordim.Mayli,hayr !
Download 18,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish