Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati
Topshiriq savollari:
1.1o’zbekistonda menejment nazariyasi qachon shakillana boshlagan?
1.2Amir Temur davlatini boshqarishda qanday prinsolardan asos qilib olgan?
1.3Mamuriy buyruqbozlik tizimi sharoitida davlat qanday prinsiplarga asoslanib boshqarilgan?
1.4bozor iqtisodiyoti sharoitida ozbekistonda davlatni boshqarish uchun qanday prinsiplar asos qilib olingan?
1.1-javob: Menejment tushunchasi tor m a’noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi faoliyat yo'nalishini qanchalik to‘g ‘ri tanlay bilishga, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayon borishiga bog'liq bo‘ladi. Menejment keng ma’noli tushuncha sifatida, jahondagi menejment va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan biri Piter Druker aytganidek, «alohida faoliyat turi bo‘lib, tashkil etilmagan betartib ommani bir maqsadga yo'naltirilgan samarali va unumli guruhga, jamiyatga aylantiradigan, ijtimoiy o'zgarishlarni rag‘batlantiruvchi element hisoblanadi». Menejment nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun bir jamiyat, davlatni o‘z tanlagan yo'li, maqsad va intilishlariga yetaklovchi, iqtisodiyotni kuchli, barqaror ishlovchi mexanizmga aylantirishda muhim ta ’sir etuvchi kuch hisoblanadi.
Menejmentning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari mazkur qonunlarni o'rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon boiishini hisobga olgan holda iqtisodiyotni boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar. 1991-yil 31-avgustda 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e ’lon qilindi. Shunday bir sharoitda mamlakatda davlat va iqtisodiyotni qayta qurishning bosh maqsadi1- Prezidentimiz I. Karimov tomonidan quyidagicha aniqlab berildi: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo'naltirilgan barqaror bozor iqti'sodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo'lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat». Uning amalga oshirilishi turli sohalarda olib boriladigan islohotlarga va boshqariladigan vazifalarga nechogli bog‘liq bo'ladi. Ijtimoiy-siyosiy sohada: - m a ’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmidan va tuzilmalaridan qutilish; - davlat qurilishining demokratik-huquqiy tamoyil va m e’yorlariga o'tish; 6 - fuqarolik ja m iy a tig a o 'tis h n in g poydevorini qu rish va boshqalar. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada: - iqtisodiy faoliyatga erkinlik berish; - mulkchilikning xilma-xilligi; - narx erkinligini ta ’minlash; - raqobat kurashiga o‘tish; - ko‘p tarmoqli iqtisodiyotga hamda bozor munosabatlariga o‘tish va boshqalar. Ma ’naviy sohada: - mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalash, aqidabozlik va o‘ta siyosatlashgan mafkura hukmronligidan qutilish. Xalqaro munosabatlar sohasida: - butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zini chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish; - jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlikka yo‘l ochish. Bozor munosabatlariga o'tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o‘zaro ta ’sirini, davlat menejmenti va korxonalarning o‘zo'zini boshqarishning mutanosib nisbatda bolishini ta ’minlovchi takomillashgan iqtisodiy mexanizmni yaratishga yo‘naltirilgandir.
1.2-javob: O’zbekiston tarixida boshqaruv asoslari va tamoyillarining shakllanishi chuqur ildizga ega.Uning dastlabki bosqichlari qadimgi davr va o’rta asrlarga oiddir. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida va totalitar ma’muriy – buyruqbozlik tizimi yillarida menejmentning o’ziga xos xususiyatlari rivoj topgan. O’rta asrlarda boshqaruvning asosiy funksiyalari davlatlarning iqtisodiy – siyosiy va ijtimoiy hayotini tashkil etish va nazorat qilishdan kelib chiqqan. Hokimiyat markaziy (umumdavlat) va mahalliy idoralar faoliyatiga tayangan. Mahalliy - hududiy idoralar markaziy boshqaruv idoralari tomonidan nazorat qilingan. Somoniylar davlatida sud ishlari shariat qonun-qoidalariga asoslangan bo’lib, ular qozilik devoni tomonidan boshqarilgan. Sud jarayoni qozikalon, muftiy, raislar tarafidan amalga oshirilgan. Viloyat qozilari qozikalonga bo’ysingan. Ma’muriy idoralar ikkiga bo’lingan: dargoh va devonga. Xoqon saroyida turli amaldorlar bo’lgan. Xoqonlik hududlari el va viloyatlarga bo’lingan. Mahalliy boshqaruv tizimida qozilar va hokimlar qonunlar chiqarganlar, shariatning aholi ustidan nazoratini amalga oshirganlar. Xorazmshohlarning joylardagi noiblari – amaldorlar va sipohiylar bo’lgan. Qishloqlarda boshqaruv ishlarini oqsoqollar amalga oshirganlar. Amir Temur va temuriylar davrida boshqaruv ikki idoradan: dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo’lgan. Dargohni Oliy hukmdor boshqargan, Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar, mahalliy hokimiyat idoralari bilan bog’lanib turish kabi ishlarni Oliy devon bajargan.
Amir Temur davlatchilikning boshqaruv tizimi, ichki va tashqi siyosatining tartib – qoidalari, huquqiy asoslarini takomillashtirdi. O’rta Osiyo hududida
Do'stlaringiz bilan baham: |