Menejmentning nazariy asoslari footwear International



Download 20.97 Kb.
bet1/8
Sana21.04.2020
Hajmi20.97 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8

MENEJMENTNING NAZARIY ASOSLARI

Footwear International

Charles W.L. Hill. International Bisiness Competing in the Global Marketplace, 3rd ed -Boston: Irvin/McGraw-Hill.2000

Djon Karlson, muholifatdagi siyosiy partiya bilan yaqin aloqalarga ega bo’lgan fundamental gazeta hisoblangan Meillat ning kunduzgi soni bosh sahifasini o’qidi-yu, qovog’i osildi. “Footwear International” ning kechirib bo’lmas bezbetligi” sarlavhasi ostida chiqqan maqolada kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan oyoq kiyimi-sandalning taglik qismi dizaynida arab tilida yozilgan “Allax” so’zi borligi aytilgan edi. Maqolada kompaniya o’z sandallari taglik qismida Allax ismini atayin dizayn sifatida joylashtirishda ishlatgan va bu bilan islom dinini haqorat qilgan degan fikrga ishora bor edi. SHundan so’ng, maqolada kompaniya, Isroilda palastinliklarni o’ldirishga aloqador bo’lgan yahudiy oilasini xususiy mulki ekanligi to’g’risida axborot berilgan edi. Gazeta kelgusi kuni talabalarni Footwear International ga qarshi namoyish o’tkazishga chaqirgan edi. Barcha ma’lumotga yakun sifatida gazeta bosh sahifada kulfat keltiruvchi sandallar rasmini joylashtirgan edi.

Footwear International ning Bangladeshdagi boshqaruvchi direktori - Djon Karlson ushbu portlovchi vaziyatni yaratgan o’ta jiddiy kelishmovchilikdan chiqib ketish uchun juda tez harakat qilish zarurligini tushunib turar edi.

Karlson darhol dizayn bo’limi boshlig’i bilan bog’landi va sandalning dizayni to’g’risida ma’lumot berishini so’radi. U ushbu sandal o’rta baholar darajasidagi, mahalliy bozor xususiyatlarini hisobga olgan holda dizayni biroz o’zgartirilgan ayollar oyoq kiyimi liniyasiga mansub ekanligini bilar edi. Dizayn bo’limini boshlig’i ushbu dizayn mahalliy bozordan kompaniya dizayneri tomonidan sotib olingan Xitoy qo’ng’iroqchalari ko’rinishi asosida yaratilganligi haqida hisobot berdi (rasm kompaniya shtab - kvartirasiga Karlson uchun faks orqali jo’natildi).

Dizaynerga Xitoy qo’ng’iroqchalari juda yoqib qolgan edi, shu sababli u ularni dizayn asosi sifatida foydalanish uchun bo’lim boshlig’iga ko’rib chiqish va muhokamaga taqdim qilgan va ular tasdiqlangan edi.

Marketing va dizayn bo’limidagi barcha xodimlar musulmonlar edi. Dizayn bo’limini boshlig’i shuningdek, ushbu modelni ishlab chiqqan dizayner ayol ham nasl-nasabi Bangledeshlik bo’lgan musulmon ekanligi, lekin u arab tilida gapirish va yozishni bilmasligi, bo’limning boshqa hamma xodimlari ham huddi shunday ekanliklarini ma’lum qildi. U shuningdek, ko’plab bo’lim xodimlari yangi dizaynni xabardor bo’lganligi va uni tasdiqlashdan oldin bunday muammolar kelib chiqishi xayollariga ham keltirmaganliklarini ta’kidladi.

Karlson sandaldagi dizayn va arab tilida yozilgan “Allax” so’zini yozilishini bir-biriga solishtirdi.

Karlson maqola mazmuni va uning chop etilishi vaqtini tushunib yetolmas edi. Sandallar bozorda yangi mahsulot hisoblanmas va shu daqiqagacha hech qanday shikoyatlar kelib tushmagan edi. U maqolani qayta-qayta o’qigan sari, nima uchun aslida kompaniyaga egalik qiladigan oila xristian oilasi ekanligiga qaramasdan, kompaniya yahudiy oilasiga tegishliligiga urg’u berilganligi tushunib yetolmas edi. U yana shuni tushunmas ediki, nima uchun sandallar to’g’risidagi maqolada talabalarga bunchalik katta e’tibor berilmoqda.

Kun davomida vaziyat yanayam murakkablashdi. Karlsonga kompaniyaga qarshi kelgusi kuni namoyish qilishga chaqiriq bilan chiqqan ikkita yoshlar guruhi tamonidan tarqatilayotgan varaqalarning tarjimasini ko’rsatishdi. Varaqalar kompaniyani, Salman Rushdini va yahudiylar jamiyatini bir butun sifatida bir-biriga bog’lar, “Biz o’z hayotimiz evaziga bo’lsa ham yahudiylar fitnasiga qarshi chiqamiz” deb qo’rqitishar edi.

SHundan so’ng, yana yomon yangiliklar keldi. Karlson va 4 ta chet elliklarni ataylab millatlararo tushunmovchiliklarni keltirib chiqarganligi va musulmonlarni haqorat qilganligi uchun telefon orqali jinoyat kodeksi bandlari bo’yicha ayblab tahdid qilishdi.

Biroz vaqt o’tib, Karlson mahalliy huquqshunosdan hech qanday yaxshi xabarlarni va’da qilmaydigan isk-ariza kopiyasini oldi. Isk-arizada kompaniya Bangledesh fuqarolariga, ularning dini hisoblangan - Islom diniga kechirib bo’lmas zulm yetkizganligi to’g’risida yozilgan edi.

Karlson mavjud vaziyat to’g’risida o’ylab turgan vaqtda, sekretarning tashvishli ovozi, premer-ministr qo’ng’iroq qilganligi va kelib chiqqan holat kechirib bo’lmas jinoyat deb ataganini yetkazdi. Vaziyat har bir daqiqa o’tgani sari yanayam jiddiylashib borar edi va Karlson zararni minimallashtirish uchun nima qilish kerakligi to’g’risida o’ylardi.


Download 20.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti