Mazmuni: Tasviriy san’at ta’limi konsepsiyasi. Umumta’-lim



Download 21,94 Kb.
Sana13.09.2021
Hajmi21,94 Kb.
#173541
Bog'liq
Kurs ishi


1

Mustaqillik yillaridagi tasviriy san’atni o‘qitilishi

Mazmuni: Tasviriy san’at ta’limi konsepsiyasi. Umumta’-lim

Maktablarda tasviriy san’at davlat ta’limi standarti va

Uning mohiyati. Maktabda tasviriy san’atdan o‘quvchilar

Bilimiga qo‘yiIadigan minimal talablar. 0 ‘qituvchilarni

O‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlanishi. Mustaqillik

Yillarida tasviriy san’at o‘qitish metodikasidan olib

Borilgan tadqiqotlar.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab Respublikamizda

Xalq ta’limini tubdan isloh qilish, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga olib chiqish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Shu Maqsadda 1992-iyulda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun e’lon qilindi. Bu

Hujjatda ko‘rsatilgan reja va tadbirlami amaliyotga joriy etish davlat

Siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb qaraldi.

Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi barcha o‘quv fanlari Qatori «Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at ta’limi kqnsepsiyasi» Ham tayyorlandi va u 0 ‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi kollegiyasining 5-may 1993-yilgi 5-5-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Mazkur konsepsiyada qayd qilinganidek, uni tayyorlashda quyidagi omillar hisobga Olingan edi:

Mustaqil 0 ‘zbekiston sharoitidagi o‘zbek bolasini

Shakllantirishga bo‘lgan zamonaviy talablar;



  • Ta’lim-tarbiyani milliy madaniyat va san’at asosida amalga Oshirishni kuchaytirish;

  • Ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda O‘zbekiston Sharq mamlakati Ekanligini hisobga olish va shu asosda badiiy ta’lim mazmuniga tegishli

O‘zgartirishlar kiritish;

  • Maktabdagi badiiy ta’limni amalga oshirishda bolalarni

Fikrlashga, ishga ijodiy munosabatda bo‘lishlikni kuchaytirish, ularni Yuksak did va madaniyatli qilib shakllantirishga qaratish;

  • Maktabda bolalarni tasviriy san’atdan bilim va malakalarni puxta Egallashlariga qaratish, shu asosda tabaqalashtirilgan badiiy ta’limni Joriy etish;

  • O‘zbekiston maktablarida Tasviriy san’at ta’limi mazmunini Dunyo standartlari darajasiga olib Chiqish.Bu g‘oyalar so‘zsiz barkamol Komil insonni shakllantirishga zamin Bo‘lib, unda tasviriy san’atni O‘qitishning yaqin va uzoq yillarda Rivojlantirishga moMjallangan Yo‘nalishlari bayon etildi.Konsepsiyadan tegishli xulosalar Chiqargan holda tasviriy san’atdan Davlat ta’lim standarti va variativ Dasturlarni ishlab chiqish ishlari Boshlab yuborildi. Natijada 1-4-sinflar Uchun 270 soatga mo‘ljallangan «Tasviriy san’at va badiiy mehnat», 1-7- Sinflar uchun 245 soatga moHjallangan «Tasviriy san’at» dasturlari tayyorlandi.

Shuningdek, 1-8-sinflar uchun Mo‘Ijallangan 560 soatli «Tasviriy San’at» dasturi ham ishlab chiqildi. Bu Dasturlar ko‘p nusxada nashr etilib, Amaliyotga joriy etildi.Yangi dastur milliy mustaqillik Mafkurasi asosida tayyorlangan bo’lib,U tasviriy san’at o‘quv predmetining Maqsad va vazifalari, ta’lim mazmuni, moddiy-texnikaviy asoslarda o‘z ifodasini topdi. Tasviriy san’at darsliklarini yaratish bilan bir qatorda o‘qituvchilar uchun o‘qüvmetodik adabiyotlar ham tayyorlandi. Natijada R.Hasanov va X.Egamovlaming birinchi sinf o‘qituvchilari uchun «Tasviriy san’at va badiiy mehnat darslari» (Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1997), R.Hasanovning 5-sinf 0‘qituvchilari uchun «Tasviriy san’at darslari» (Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1997.) nomli qoMlanmalari chop etildi.

1996-1998-yillar davomida 1-4-sinflar uchun «Tasviriy san’at va badiiy mehnat» darsliklari yaratildi, biroq ulardan 1998-yilda faqat Birinchi sinf darsligi chop etildi, xolos. Mazkur darslik 0 ‘zbekiston maktablari uchun rus, qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik, qoraqalpoq tillarida ham nashr etildi. Boshqa sinflari esa 1999-yiIda yangi o‘quv rejalari va ta’limning davlat standartlari ishlab chiqiiishi munosabati bilan nashr etilmay qoldi. Ta’limning davlat standartida bu o‘quv predmetiga har bir sinfda haftasiga bir soatdan vaqt ajratilgan edi.

1997-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuni va «Kadriar tayyoriash milliy dasturi»hujjatlarining e’lon qilinishi katta tarixiy voqea bo‘ldi. Unda ta’lim Sohasini 1997-2006 va undan keyingi yillar uchun ish rejasi va taraqqiyoti belgilab berilgan edi.«Kadrlar tayyoriash milliy dasturi»da estetik turkumdagi fanlami O‘qitilishiga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, xususan, uning «Uzluksiz Ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari» qismida uzluksiz Ta’limning faoliyat ko‘rsatish prinsiplaridan biri ta’limning ijtimoiylashuvi deb qaraldi. Unda ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni

Shakllantirish lozimligi qayd etiladi.

Ushbu hujjat asosida barcha fanlar qatori «Tasviriy san’at» o‘quv predmetidan ta’limning davlat standarti ham tayyorlandi. Mazkur standartda o‘quvchilami 1-7-sinflarda tasviriy san’atdan o’zlashtirishlari lozim bo’lgan bilim va malakalar belgilab berilgan edi. Unda tasviriy san’at o‘quv predmetining maqsad va vazifalari, faoliyat turlariga doir ko‘rsatmalar ham bayon etilgan bo‘lib, tasviriy san’at mashg‘ulotlarining turiari sifatida boriiqni idrok etish (1-4-sinflar), badiiy qurishyasash (1-4-sinflar), naturaga qarab tasvirlash (1-7-sinflar), san’atshunoslik asoslari (1-7-sinflar), kompozitsiya (1-7-sinflar) bo’limlari qayd qilindi.Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan davlat ta lim standarti bo‘yicha 1999-yilda o‘quv rejalariga o‘zgartirishlar kiritildi.Unga ko‘ra tasviriy san’at o‘quv predmeti 1-7-sinflarda o‘qitilib, uning nomi hamma sinflarda «Tasviriy san’at» boiib qoldi. Bu o‘zgarishlar asosida yangi darsliklar 2001-yilda R.Hasanov tomonidan 1-3-sinflar uchun tayyorlandi. Bulardan birinchi sinf darsligi 2001-2002-yillarda chop etildi.

Mustaqillik yillarida tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlashga alohida e’tibor berila boshlandi. Xususan, 2002-yilga kelib Toshkent, Buxoro, Namangan, Guliston, Andijon davlat universitetlarida, Nukus, Angren, Jizzax davlat pedagogika Institutlarida maxsus fakultet va bo‘limlar faoliyat ko‘rsata boshladi.

Tasviriy san’at o‘qituvchilari Xiva,Denov, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand,Kattaqo‘rg‘on, Jizzax, Andijon pedagogika bilim yurtlari qoshida ham tayyorlandi.

Xullas, bugungi kunda maktab Tasviriy san’atini o‘qitilishi, mashg‘ulotlarini takoniillashtirib borilishi va darslar samaradorligiga erishishning qator metodik asoslari ishlab chiqilgan boiib, ular asosida maktab tasviriy san’at o‘qituvchilari o‘zlarining tasviriy san’at darslari Samaradorligi uchun qator metodik imkoniyatlarga egadirlar.Mustaqillik yillari o‘zgarishlar asosida yangi darsliklar 2001-yilda R.Hasanov tomonidan 1-3-sinflar uchun tayyorlandi. Bulardan birinchi sinf darsligi 2001-2002-yillarda chop etildi. Tasviriy san’atni o‘qitilishi,mashg‘ulotlami takomillashtirib borilishi sababli 2-3-sinflar uchunDarslik M.Isoqova, R.Hasanov, B.Haydarov, A.Sulaymanov, S.Jumaniyozova, B.Azimovlar tomonidan 2009-2010-yillari chop etildi. 2011- ili yangi darsliklar yaratish bo‘yicha 4-5-sinflar uchun tendr e’lon qilindi. 4-sinf darsligini A.Sulaymonov, I.Rahmonov, Z.Sulaymonovalar tomonidan tayyorlanmoqda. 5-sinf darsligi T,Qo‘ziyev, S.Abdirasilov, 0 ‘ Nurtayevlar tomonidan nashrga chop etish uchun tayyorlanmoqda.

2

MUSTAQILLIK YILLARIDA BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TASVIRIY SAN’AT TA’LIMI MAZMUNI VA UNI 0 ‘QITISH METODIÍÍASI



Mazmuni:

1. Tasviriy san’at davlat ta’lim standarti, mohiyati.

2. Standartda tasviriy san’at fanining maqsad va vazifalarining belgilanishi.

3. Tasviriy san’at mashg‘ulotlari mazmunini davlat ta’lim standarti bilan bog‘liqligi.

4. Tasviriy san’at mashg’ulotlarining turiari Va ulaming vazifasi va mazmuni. 5. 1-4-sinflarda Tasviriy san’at mashg‘ulotlarining o‘zaro farqi.

0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgust qaroriga ko‘ra 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida barcha fanlar qatori tasviriy san’at ta’limi bo‘yicha ham davlat standartlari joriy etildi. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqilishi awalo 0 ‘zbekistonning mustaqilligi, uning jahon hamjamiyatiga faol kirib borayotganligi bilan bog‘lanadi.Mazkur standartlar O‘zbekiston tarixida birinchi bor yaratilishi bo‘lib, u respublikamiz maktablarida ta’limni yuqori ilmiy-metodik asosda tashkil etish hamda uni jahon standartlari darajasiga olib chiqishga sharoit yaratadi.

Davlat standartiga ko‘ra tasviriy san’at ta’limi mazmuni boshlang‘ich sinflarda quyidagi to‘rt yo‘nalishda bayon etilgan:


  1. Borliqni idrok etish.

  2. San’atni idrok etish.

  3. Naturaga qarab tasvirlash.

  4. Kompozitsiya.

Tasviriy san’at o‘quv predmetining maqsadi o‘quvchilarda ma’naviy madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan badiiy madaniyatni, tasviriy savodxonlikni shakllantirishdan iborat.

Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha tasviriy san’at o‘quv predmetini o‘qitishda har bir o‘qituvchi asosiy e’tibomi nimalarga qaratilishini bilib olishi kerak bo‘ladi. Tasviriy san’atni o‘qitishda o‘qituvchining e’tibor berishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar quyidagilardan iborat:



  • Borliqdagi va san’atdagi go‘zalliklami ko‘ra bilish, idrok etish va qadrlashga o‘rgatish;

  • Badiiy – ijodiy qobiliyatni o‘stirisli;

- tasviriy san’at qonun-qoidalarining oddiy nazariy asoslarini o‘rgatish;

- tasviriy malaka (rasm ishlash, haykal yasash v.b.)lami rivojlantirish;

- estetik va badiiy didni o’stirish;

- bolalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish;- bolalarga tasviriy, amaliy va me’morlik san’ati yuzasidan asosiy tushunchalar berish (san’atning turlari, janrlari, oqimlar, atama va Iboralar v.b.);

- san’atga qiziqishni o’stirish va unga nisbatan muhabbatni tarbiyalash;

- tasviriy, amaliy san’at asarlarini badiiy idrok etishni va undan estetik zavqlanish hissini tarbiyalash;



- bolalarda badiiy kasb-hunarlar haqida tasavvurlami shakllantirish.

  • Bu vazifalar maktabda tasviriy san’at darsini oiib bomvchi har bir

  • O‘qituvchini mutaxassis bo‘lishligini talab etadi. Chunki, standart

  • Mazmuni mutaxassis o‘qituvchilar uchun mo‘Ijallab tuzilgan.

  • Tasviriy san’at ta’Iimi davlat standarti san’atning uch turi

  • Tasviriy, amaliy va me’morchilik san’atlari mazmunini aks ettirgan

  • Bo’lib, u avvalo milliy o‘zbek san’atini, uning badiiy an’analarini, ayrim mashhur o‘zbek tasviriy, amaliy, me’morchilik san’atlari ustalarining hayoti va ijodini, 0 ‘zbekistonda san’atning bu turlari rivoj topgan markazlarni, 0 ‘zbekistondagi yirik san’at muzeyiarini biHsh tasviriy san’at o‘quv predmetini vazifalaridan biri ekanligini qayd qiladi.

  • Bundan maqsad milliy san’at vositasida o‘quvchilarga badiiy ta’lim berish bilan bir qatorda ularda shaxsni estetik, axloqiy va mehnat tarbiyasini amalga oshirishdan iboratdir. Milliy o‘zbek san’atini chet el va jahonning hozirgi zamon ilg‘or san’atiga qaraganda kengroq va chuqurroq o’rgatishdan maqsad har bir o‘zbek o‘quvchisi o‘z xalqining tarixini, adabiyotini bilishi shart ekanligi kabi, uning san’atini ham nisbatan kengroq bilishiga erishishdir. Milliy san’at ta’lim mazmunida poydevor boMishi lozim.

  • Ulami o‘rganmasdan turib, yoshlarimiz badiiy madaniyatli shaxs bo‘la olmaydi. Aks holda milliy qobiqqa o‘raIashib qolish oqibatida ular jahon standartlari darajasiga chiqaolmaydilar. Ayniqsa, yoshlarimiz.

  • Qadimgi Misr, Yunoniston, Hindiston me’morchiligi, Afg‘oniston, Iroq, Turkiya miniatyura rangtasvir asarlari, Yevropada Uyg‘onish davri tasviriy san’ati, rivojlangan G‘arb mamlakatlarining hozirgi zamon

  • Tasviriy va me’morchilik san’ati namunalarini o‘rganmasdan va bilmasdan turib madaniylashgan shaxs bo‘lish mumkin emas.

  • Tasviriy, amaliy, me’morchilik san’atlari bo’yicha atama va iboralar, tushuncha va ma’lumotlar o‘zlashtirilishi lozim bo’Igan malakalarni o‘z ichiga oladi. Bu materillami boiaiar tomonidan o‘z!ashíirilishini nazoraí qilish esa ulaming bilimlarini tekshirishga doir



  • Test materiallarini, bolalar tomonidan bajarilgan tasviriy ishlarni



  • Baholash mezonlari va boshqa materiallar tayyorlash alohida ahamiyat



  • Kasb etadi. Ular o‘z o‘mida o‘quvchilaming bilim va malakalarini tez va



  • Oson baholash imkonini beradi.



  • Davlat ta’lim standartlari bo*yicha boshlangHch maktablarning



  • To‘ríinchi sinflni bitiruvchi o‘quvchilar bevosita quyidagilarni



  • Bilishlari lozim:



  • Tasviriy san’at darslarida ishlatiladigan ¡sh qurollari va materiallarni – albom, qalam, mo‘yqalam, stek, bo‘yoq, palitra, guash, akvarel;



  • - rang nomlarini;



  • - kishilar hayotida tasviriy san’atning tutgan o‘mi, uning asosiy



  • Turvajanrlarini;



  • - rasm ishlash jarayonlarining o‘ziga xos go‘zall¡klarini;



  • - avvalgi sinfdagiga nisbatan qo‘shimcha bir qator rassomlar va



  • Haykaltaroshlaming ismi-familyasini, ulaming asarlari nomlarini;



  • - bu asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalardagi go‘zalliklami



  • Ko‘ra bilish va asar mazmunini so‘zlab berishni;



  • - tasviriy san’at iboralarini (iliq, sovuq, axromatik va xromatik



  • Rang nomlarini);

  • - dekorativ haykaltaroshlikda qoilaniladigan dekorativ elementlaming nomini;

  • - tabiiy materiallarning nomlari va ulami mashg’ulotga

  • Tayyorlaslini.

  • BoshlangHch maktablarning to*rtinchi sinflarini bitiruvchi

  • O ‘quvchilar quyidagi malaka va koUtikmalarni o‘zlashtirishlari lozim:

  • Ko‘nikmalar:

  • o‘z ish joyini mashg‘ulotga tayyorlash;

- qalam va mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlay olish

- to‘g‘ri va qiya ko‘rinishdagi chiziqlami qiynalmasdan o‘tkaza olish;



  • Borliqni idrok etishdan oigan taassurotlarini ishlagan rasmlarida aks ettira olish;

- rasm chizib bolingach, qog‘oz sirtini suv bilan yuvib bo‘yash jarayoniga tayyorlash;

- suv bo‘yoq (akvarel) bilan ishlash tartibini (suvbo‘yoq bilan ishlashdan oldin unga suv tomizib chiqish, mo‘yqalamni bo‘yoqqa teztez botirib turishni); ranglaming murakkab tuslarini hosil qila olish (masalan, ko‘kish. Yashil, qizg‘ ish, j igarrang, qoramtir va h.k.);
Download 21,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish