Maxsus ta’lim vazirligi a. A. Safoev



Download 18,04 Mb.
bet1/118
Sana12.06.2022
Hajmi18,04 Mb.
#659033
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Bog'liq
mashinasozlik texnolgiyasi va loyihalash asoslari 1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


A.A. Safoev., X.J. Abdug‘afforov., P. Rajiboev.


MASHINASOZLIK TEXNOLGIYASI VA LOYIHALASH ASOSLARI
5320300 –“Texnologik mashinalar va jihozlar (to‘qimachilik, engil va paxta
tozalash sanoati) ”ta’lim yo‘nalishidagi bakalavriat talabalari uchun.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan


“Sano-standart” nashriyoti Toshkent-2014


UO’K;621.01(075) KBK:34.5
M-34
O’quv qo’llanma «Texnologik mashinalar va jihozlar (to’qimacxilik, yengil va paxta tozalash sanoati)» ta’lim yo’nalishini «Mashinasozlik texnologiyasi va loyihalash asoslari» fani o’quv dasturi asosida tayyorlangan.
Unda mashinasozlik texnologiyasini asosiy tushunchalari va ma’lumotlari keltirilgan. Mashinasozlik jarayonlari, ishlab chiqarish turlari, mexanik ishlov berishdagi aniqlikni va yuza sifatini ta’minlash, mashina detallarini asoslash, tayyorlamalarni olish usullarini, turli xil mexanik ishlov berish usullarini amalga oshirish masalalari yoritilgan. Texnologik jarayonlar turlari, ularni tuzish ketma- ketligi, texnologik vositalarni tanlash uslubiyatlari keltirilgan. Kerakli moslamani loyihalash uchun asosiy ma’lumotlar keltirilgan.
Kitobda mashinasozlik texnologiyasi bo’yicha asosiy yangilik va yutuqlar to’g’risida ham ma’lumotlar keltirilgan.

ISBN 978-9943-4366-0-2 0 “Sano-standart” nashriyoti


SO’Z BOSHI
Mashinasozlik xalq xo’jaligining eng asosiy tarmoqlaridan hisoblanib, sanoatni barcha boshqa tarmoqlari, qishloq xo’jaligi, energetika, transport va xokazolarni rivojlanishi darajasi va suratini belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasi rivojlanishini barcha bosqichlarida mashinasozlikni rivojalnishiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek: «Mashinasozlik majmuasida, chetdan xomashyo butlovchi qismlarni kiritilishiga yuqori darajada bog’liq tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmini qisqartirmagan holda, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlaydigan mashinalar va mexanizmlar, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun texnologik jixozlar chiqarilishini ta’minlovchi moddiy asosni kengaytirish vazifasi qo’yiladi».
Mashinasozlik ishlab chiqarishni tezkor rivojlanishini mashinalar tayyorlash bilan bog’liq masalalarni ilmiy xal etishni taqozo etdi, bu esa mashinasozlik texnologiyasi to’g’risidagi fan paydo bo’lishiga olib keldi. Mashinasozlik texnologiyasi – bu mashinani talab etilgan sifatda ishlab chiqarish dasturiga ko’ra belgilangan miqdorda va o’rnatilgan muddatlarda eng kichik tannarxda tayyorlash to’g’risidagi fandir.
Materiallarga kesish orqali ishlov berish tarixi qadim zamonlardan boshlangan: eng sodda moslamalarda tayyorlamani aylanishi qo’lda, ishlov berish kremniyli kesgich yordamida bajarilgan. XII asrda esa qo’lda xarakatlanadigan birinchi tokarli va parmalash dastgoxlari paydo bo’ldi va ularni ishlash tamoillari asosan xozirda qo’llanilayotganlariga mos keladi. Mashinasozlik texnologiyasi masalalari bo’yicha ilmiy ishlar mashinasozlik ishlab chiqarishini rivojlanishini boshlanishi bilan paydo bo’ldi, bu ishlarda to’rejagan ishlab chiqarish tajribalari umumlashtirilgan. 1804 yil V.M. Severgin jarayonlar to’g’risidagi asosiy tushinchalarni shakllantirdi. XIX asrdagi xorijiy olim – texnologlardan K. Karmerni alohida ko’rsatib o’tish mumkin. U «Texnologiyani mexanik o’qishga kirish», «Mexanik texnologiya asoslari», «Mexanik texnologiya bo’yicha
ma’lumotnoma» kabi kitoblarni nashr ettirgan. Amerikalik F. Teylor 1900 yil chop etgan «Metalga ishlov berish san’ati» kitobida kesish orqali mexanik ishlov berishni asosiy xususiyatlarini aniqlagan.
Mashinasozlik texnologiyasini fan bo’lib shakllanishi o’tgan asr 30-yillarida tezkor rivojlandi, bunga olimlardan B.S. Balakshin, V.M. Kovan., G. Micheletti, Ya. Peklenin, T. Sata va boshqalar o’z xissalarini qo’shdilar.
Hozirgi vaqtda mashinasozlik sanoatidagi texnologik masalalarni hal etish uchun mashinasozlik texnologiyasini nazariy asoslari ishlab chiqilgan, mashina detallari namunaviy yuzalariga ishlov berishni usullari ilmiy umumlashtirilgan va rivojlantirilgan, mashina detallarini tayyorlash va yig’ish texnologik jarayonlarni loyixalashni asosiy tamoyillari, jumladan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish uchun xam, belgilangan. Oxirgi paytda ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni avtomatik loyixalash tizimi (IChTTAL) va moslanuvchan ishlab chiqarishni tizimlari keng qo’llanilmoqda.
O’quv qo’llanmada mashinasozlik mahsulotlarini chiqarishdagi sifat, puxtalik va uzoq ishlashlik ko’rsatkichlariga talablarni oshishi sababli metallarni kesib ishlashdagi aniqlik masalalariga alohida etibor qaratilgan. Barcha masalalar dastgoh-moslama-asbob-detal (DMAD) texnologik tizimida metallarni kesishdagi dinamik hodisalar nuqtai-nazaridan yoritilgan. Faqat shu sharoitda kesish tartiblarini tanlash va zamonaviy metallqirquvchi dastgohlarni detalga ishlov berishdagi berilgan tartiblar asosida sozligi masalalarini to’g’ri yechish mumkin.
Qo’llanmada fan-texnika yutuqlari negizida nisbatan muqobil texnologiyalar ishlab chiqish, maxsulot chiqarishdagi kam harajatli yuqori unumdorlikni taminlash masalalri ham yoritilgan. O’quv qo’llanmadan nafaqat talabalar, balki texnologik jarayonlar bilan shug’ullanuvchi muhandis-texnik xodimlar, o’qituvcxilar ham foydalanishlari mumkin.
KIRISH
Sanoat va xalq xo’jaligini rivojlanishini hamda ularni yangi texnika bilan muntazam ta’minlash darajasi bevosita mashinasozlik rivojlanishini darajasiga bog’liqdir.
Hozirda Respublikada mashinasozlikni rivojlantirishga, bu yetakchi tarmoq uchun muhandis – texnik va ilmiy kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yaqin kelajakda xalq xo’jaligini istiqbolli rivojlantirishda mashinasozlikga yetakchi o’rinlar ajratilmoqda.
Mashinasozlikdagi texnik taraqqiyot nafaqat mashinalar konstruksiyasini yaxsxilash bilan, balki ularni ishlab chiqarish texnologiyasini tinimsiz takomillashtirish bilan ham tasniflanadi. Hozirgi vaqtda, zamonaviy yuqori unumdorli dastgohlar, asboblar, texnologik jihozlar, mexanizasiyalash va avtomatlashtirish vositalarini qo’llagan holda mahsulot tayyorlash muhimdir. Qabul qilingan ishlab chiqarish texnologiyasi bevosita chiqarilayotgan mashinalarni ishlash muddatlari va puxtaligi hamda ularni ekspluatasiya qilishdagi tejamkorligiga bog’liq bo’ladi. Mashinasozlik texnologiyasini takomillashtirish jamiyat uchun zarur bo’lgan mashinalarni ishlab chiqarish ehtiyoji aniqlaydi. Shu bilan birga yangi ilg’or texnologiyalarni rivoji nisbatan mukammal mashinalarni loyihalashga, ularni sarfini kamaytirishga olib keladi.
Mashina konstruksiyasini raqobatbardoshliligi uni texnikani zamonaviy darajasiga mosligi, ekspluatasiyadagi tejamkorligi hamda berilgan ishlab chiqarish hajmi va ishlab chiqarish sharoitlariga nisbatan eng tejamkor va unumdor texnologik usullarni qo’llash imkoni qay darajada hisobga oligani bilan tasniflanadi. Bu talablar hisobga olingan mashina konstruksiyasini texnologiyabop deb ataladi. Konstruksiyani texnologiyabopligiga yetarlicha e’tibor qaratmaslik ko’pincha mahsulot ishchi chizmalariga ular tuzib bo’lingandan so’ng ham, tuzatishlar kiritishga, ishlab chiqarishni tayyorlash muddatlarini cho’zilishga va qo’shimcha xarajatlarga olib keladi.
Mashinasozlikda aniqlikni oshirish va texnologik ta’minlash masalasi juda dolzarb xisoblanadi. Mashinasozlikdagi aniqlik mashinalarni ekspluatasiyasini sifatlarini oshirish va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Aniqlik masalalari keng doirada hal etilishi kerak. Masalan, tayyorlamalarni tayyorlash aniqligini oshirish mehanik ishlov berishdagi mehnat sifatini kamaytiradai, o’z navbatida, mexanik ishlov berish aniqligini oshirish yig’ish jarayonini, to’g’rilash ishlarini kamayishi va mahsulot detallarini o’zaroalmashuvchanligini ta’minlash hisobiga, mehnat sarfini kamaytiradi. Yuqori sifatli mahsulot olishni yechimi aniqlikka ta’sir etuvchi texnologik omillarni chuqur tadqiq etish hamda yangi ilg’or texnologik usullar va jarayonlarni qo’llashga asoslanishi kerak, bundan kelib chiqadiki, kerakli aniqlikni belgilash- konstruktorni muhim vazifasidir. Aniqlik mashina ishlash tejamkorligini tahlili asosida, uni tayyorlash va keyinchalik ekspluatasiyasi tejamkorligini hisobga olgan holda tayinlanishi kerak.
Mashinasozlik texnologiyasida mashinasozlik ishlab chiqarishni texnologik jarayonlarini qurish nazariyasi va hisoblash usullari hamda mashina va uni elementlarini konstruktiv shakllantirishga qo’yiladigan texnologik talablar keltiriladi. Mashinasozlik texnologiyasini asosiy vazifalaridan biri texnologik jarayonlarini bajarish qonuniyatlarini o’rganish va ishlab chiqarishni jadallashtirish va uni aniqligini oshirishda ta’sir ko’rsatish uchun eng samarali bo’lgan ko’rsatgichlarni aniqlashdir. Bu kursni o’zlashtirishda talabalar ilg’or texnologik jarayonlarni tuzish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hamda tayyorlanishida yuqori unumdorli texnologik usullarni qo’llash imkonini beradigan konstruksiyalarni yaratishdagi kundalik ijodiy ishlari uchun zarur bilimlarni oladilar. Mashinasozlik texnologiyasida nazariy va amaliy fanlardan foydalaniladi, ularni qonun-qoidalari umumiy va konkret texnologik masalalarni hal etishda sintezlanadi.
Mashinasozlik texnologiyasi kursida mashinalar ishlab chiqarishni oxirgi bosqichlarida tayyorlamalarga mexanik ishlov berish va mashinalarni yig’ishga tegishli bo’lgan bilimlar majmuasi beriladi. Bu jarayonlar o’zaro bog’liq va eng
mehnat sarfi ko’p bo’lgani (mahsulot tayyorlashdagi mehnat sarfini 80-90%). O’zini ahamiyatiga ko’ra ular mashinalar ishlab chiqarish jarayonini asosiysi hisoblanadilar.
To’liq avtomatlashtirilgan beto’xtov ishlab chiqarishni yaratish mexanik ishlov berish va yig’ish oqimlariga turli xil texnologik jarayonlarni (quyish, bosim ostida ishlash, termik ishlov berish va boshqalar) qo’yishni taqozo etadi. Bu mashinasozlik texnologiyasini majmuaviyligini va turli texnologik sohalarini yaqin aloqadorligini belgilaydi shuningdek, texnologik masalalarni ishlab chiqarishni tashqil etish va tejamkorligini hisobga olmay hal etish kerak emas.
O’quv fani sifatida mashinasozlik texnologiyasi, oliy ta’lim muassasalarida o’qitiladigan boshqa maxsus fanlardan, bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi:

  • mashinasozlik texnologiyasi amaliy fan bo’lib, rivojlanayotgan sanoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan;

  • amaliy fan bo’lgani bilan mashinasozlik texnologiyasi texnologik jarayonlarni namunalashtirish va guruhli ishlov berish, texnologik tizim bikrligi, ishlov berish jarayonini aniqligi, ishlov beriladigan tayyorlamalar o’lchamlari yoyilishi, texnologik jihoz va vositalar xatoliklari, mexanik ishlov berishni tayyorlama yuza qatlami holatiga va mashina detallarini ekspluatasion xususiyatlariga ta’siri, ishlov berishdagi quyimlar, texnologik jarayonlarni unumidorligi va tejamkorligini oshirish yo’llari hamda konstruktorlik va texnologik asoslar nazariyasi va boshqa nazariy bilimlarni o’z ichiga oladi;

  • mashinasozlik texnologiyaisi majmuaviy muhandislik va ilmiy fan hisoblanib, texnik oliy ta’lim muassasalarida o’rganiladigan ko’plab o’quv fanlari bilan bog’liq va ularni ishlanmalaridan keng foydalaniladi. Mashinasozlik texnologiyasini tayyorlash to’g’risidagi fan deb belgilanishini o’zi uni texnik muammolarni («talab etilgan sifatdagi mashinani tayyorlash»), ishlab chiqarishni tashqillashtirish («ishlab chiqarish dasturiga ko’ra o’rnatilgan miqdor») va mashinasozlik iqtisodiyoti («eng kichik tannarxda») sintezi sifatida ta’riflaydi.

Bu fanlarning ba’zi muhim bo’limlari mashinasozlik texnolgiyasini ajralmas qismi bo’lib qoldi. Masalan ishlov berishdagi mehnat sarfi va texnik me’yorlash hozirda mashinasozlik texnologiyasi umumiy kursi bo’limi hisoblanadi. Texnologik variantlarni iqtisodiy samaradorligini solishtirish va ishlov berish hamda texnologik vositalar tannarxlarini xisoblash texnologik jarayonlarni loyihalashni ajralmas qismidir.
Mashinasozlik texnologiyasini “Kesish nazariyasi”, “Metalqirqish dastgohlari va asboblar”, “O’zaroalmashuvchanlik, texnik o’lchovlar”, “Materialshunoslik” kabi fanlar bilan aloqasi juda ulkandir. Texnologik mashinalarni bu fanlardan foydalanmasdan ko’rib chiqish mutlaqo mumkin emas.
Mashinasozlik texnologiyasini ishlov berish tartiblari va jarayonlarini muqobillash, seriyali ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirish, tayyorlanayotgan mahsulotlarni ekspluatasion xususiyatlarini oshirishni texnologik usullarini qo’llash va boshqa zamonaviy yo’nalishlari etarli darajada matematik fanlar, elektron hisoblash va boshqaruv texnikalari, kibernetika, robototexnika, metallfizikasi va boshqa zamonaviy nazariy va texnik fanlar yutuqlariga tayanadi.
Mashinasozlik texnologiyasi eng yosh fanlardan hisoblanib, yangi texnika paydo bo’lishi va sanoat ishlab chiqarishni rivojlanishi bilan birga tezkor rivojlanmoqda, uni mazmuni yangi ma’lumotlar va nazariy ishlanmalar bilan tinimsiz aniqlashtirilmoqda va boyitilmoqda.



Download 18,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish