Kirish.
Korporativ boshqaruvning milliy modelining shakllanishi mamlakatning iqtisodiy va siyosiy holati, aksiyalarning egalik tarkiblari, ularni moliyalashtirish manbalari shakllanayotgan moliyaviy munosabatlar,shuningdek, ularning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatga ta’siri darajasiga bog’liq. Boshqaruv organlari tuzilmalari va ular faoliyatini tashkil qilishning turli modellarini baholashda, har bir model o’ziga yarasha kuchli va zaif tomonlariga ega ekanligidir. Ushbu tizimlarning har biri ham samarali bo’lishi mumkin, agarki ular mos ravishdagi boshqarilishi bilan o’zlari joylashgan ayni bir ijtimoiy tizimning huquqiy, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga monand bo’lsa. Respublika korxonalarida korporativ bosqaruv tamoyillarini joriy qilishda davlat tomonidan tashkil qilinngan. Aksiyadorlik jamiyatlarida mulkiy munossabatlarning rivojlanish amaliyoti shuni ko’rsatmoqdaki, nisbatan juda oz sonli aksiyadorlar guruhini istesno qilganda, aksariyat aksiyadorlar passiv pozitsiyada qolib ketmoqdalar va ular huquqiy bilimlarini oshirish va manfaatlarini himoya qilishga bee’tibor bo’lishmoqda. Buning oqibatida Respublika korxonalarida korporativ boshqaruv joriy qilish vazifasi davlat organlari vakillari zimmasiga tushmoqda va ishning muvaffaqiyati avvalambor, korporativ munosabatlarning ushbu faol guruhi faoliyatining samaradorligiga bog’liq bo’lib qomoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |