Mavzular Boshlang’ich ta’lim



Download 43.93 Kb.
Sana13.05.2020
Hajmi43.93 Kb.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rta mazsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 2011yil 3-noyabrdagi 87-05-176 sonli xatiga, Qashqadaryo viloyat hokimligi, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2011yil 3-noyabrdagi 01/2-1791 sonli xatiga hamda o’quvchilarni qishloq xo’jaligi ishlariga jalb etilganligi munosabati bilan umumiy soatlar hajmi 15%ga tigizlashtirildi.




Mavzular

Boshlang’ich ta’lim

Rejadagi soat

Tig’izlashtirish

soati


O’tilgan soat

1

Geometrik shakllar qirqish texnikasi.

2

1

1

2

Geometrik shakllardan tasvir tayyorlash. Qushlar,hayvonlar, mashinalar tasviri.

2

1

1

3

Qog’ozdan to’qish texnikasini shakllantirish.Xatcho’p to’qish.

2

1

1

4

Qo’ozdan gilamcha to’qish.

2

1

1

5

Kartondan didaktik materiallar tayyorlash.Meva va sabzavotlar.

2

1

1

6

Kartondan didaktik materiallar tayyorlash.Hayvon va qushlar.

2

1

1

7

Muqovalash ishlarini bajarish.Yondaftar va buklet tayyorlash.

2

1

1

8

Sovg’a muqovalari va tabriknomalar yasash.

2

1

1

9

Qog’oz bo’laklaridan sabzavot va mevalar yasash.

2

1

1

10

Qo’g’irchoq tasvirini yasash.

2

1

1

11

Origami haqida tushuncha.Tutiqushni origami usulida yasash.

2

1

1

12

Do’ppini origami usulida yasash.

2

1

1

13

Ertak asosida buklet tayyorlash.

2

1

1

14

Qog’oz va kartondan soat modelini tayyorlash.

2

1

1

Rejadagi dars soat-______ soat Tig’izlashtirildi-____soat O’tilishi kerak-___soat Tig’izlashtirish kafedraning 2011 yil ____bayon nomasi bilan ma’qullandi. Kafedra Mudiri :________ F.Jumaqulova


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VA’ZIRLIGI QASHQADARYO VILOYAT HOKIMLIGI O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIM BOSHQARMASI

QARSHI PEDAGOGIKA KOLLEJI

O’quv ishlari bo’yicha

Direktor o’rinbosari:

_____________O.Ch.Qo’ziyev

__________2011-yil
Amaliy mehnat”kafedrasi o’qituvchisi Astanova Nodiraning

2011-2012 o’quv yilida “Boshlang’ich ta’lim” mutaxassisligi uchun

O’quv ustaxonasida amaliy mashg’ulot fanidan 3-bosqich ________guruh



Talabalariga mo’ljallangan
TAQVIM MAVZULAR REJASI
Reja O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va o’rta maxsus, kasb – hunar ta’limi markazi tomonidan 2007-yilda tasdiqlangan “O’quv ustaxonasida amaliy mashg’ulot va mehnat metodikasi”o’quv dasturi va DTS asosida tuzildi

Reja “amaliy mehnat” kafedra yig’ilishida

Ko’rib chiqildi va ma’qullandi

2011 yil __avgust Qaror №__



Kafedra mudiri ______F.Jumaqulova




Reyting nazorat turi


Bob va mavzular

Berilgan soat:46

38/8


Dars turi

Bajarish muddati

Ko’rgaz-

mali qurol

lar

Foydala

nilgan adabiyotlar

Uyga

vazifa










A

N

















1-bob



Gazlama haqida ma’lumot.Gazla mani qirqib yopishtirish












Tayyor namunalar: Gazlamalar, gazlamardan applikatsiyalar, tasvirlar, milliy bezaklar namunalari

R.Mavlonova 1-4 sinflar uchun mehnat kitobi. (Uy- ro’z- g’or insiklopediyasi. K.Sultonova “Badiiy mehnat”

Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi 1999-yil 7m/s

289-318betlar





1.




Gazlamalarda applikatsiya qirqib yopishtirish ishlari





2

B.K.M

Shakillanti rish




Gazlamadan applikatsiya tayyorlash


2.




Matodan ertak asosida applikatsiya tayyorlash


2




B.K.M

Shakillanti rish




Matodan applikatsiya tayyorlash


3.




Gazlamadan gilamcha qirqib yopishtirish


2




B.K.M

Shakillanti rish




Gilamcha tayyorlash


4.




Suzanalarni gazlamaga qirqib yopishtirsh


2




B.K.M

Shakillanti rish




Suzanalar yopishtirish


2-bob




Gazlamaga tasvir ishlash

















1.




Gazlamalarning ishlatilishi va texnik hususiyatlari





2

B.K.M

Shakillanti rish




Gazlamalar haqida ma’lumot





2.



Gazlamalarda tasvir ishlash. Tabiat manzarasi


2




B.K.M

Shakillanti rish




Tayyor namunalar: to’qilgan paypoq namunalari, salfeehnat kitobi. likatsiyalar




Gazlamalarda tasvir ishlash


3.





Gazlamalarda O’zbek milliy kiyimlarini tasvirlash


2


B.K.M

Shakillanti rish



Milliy kiyimlarni tasvirlash


3-bob





Boshlang’ich sinflarda to’qishga o’rgatish usullari













1.





To’qish usullari. Spitsa bilan paypoq to’qish



2





B.K.M

Shakillanti rish




Paypoq to’qish

2.




Ilmoqli igna bilan salfetka to’qish


2





B.K.M

Shakillanti rish




Salfetka to’qish


3.





Mato qoldiqlaridan gilamcha to’qish


2




B.K.M

Shakillanti rish




Gilamcha to’qish


4.




Makrame haqida tushuncha.Makra me usullarida buyumlar to’qish


1


1



B.K.M

Shakillanti rish




Buyumlar to’qish





4-bob



Mehnat darslarida bichish va tikishga o’rgatish usullari






















1.




Uy-ro’zg’or buyumlarini bichish va tikish. Igna qadagich


1


1


B.K.M

Shakillanti rish



Igna qadagich tikish


2.




Matodan fartuk tikish


2





B.K.M

Shakillanti rish




Fartuk tikish

3.




Oshxona jihozlarini tikish(qozon) har-xil ushlagichlar


2




B.K.M

Shakillanti rish




Oshxona jihozlarini tikish

4.




Choynak uchun yopqich tikish


2




B.K.M

Shakillanti rish




Yopqich tikish


5-bob




Yumshoq o’yinchoqlar tikish
















1.




Yumshoq o’yinchoqlar haqida ma’lumot.Jo’ja o’yinchog’ini tikish


1


1

B.K.M

Shakillanti rish




Jo’ja o’yinchog’ini tikish




2.



Yumshoq o’yinchoqlarni tikish.Kuchukcha o’yinchog’ini tikish


2




B.K.M

Shakillanti rish










Kuchukcha o’inchog’ini tikish


3.





Yumshoq o’inchoqlarni tikish.Ayiqcha o’yinchog’ini tikish


2


B.K.M

Shakillanti rish



Ayiqcha o’yinchog’ini tikish


4.




Yumshoq o’inchoqlarni tikish.Quyoncha o’yinchog’ini tikish


2





B.K.M

Shakillanti rish




Quyoncha o’yinchog’ini tikish

5.




Yumshoq o’inchoqlarni tikish.Filcha tikish


2




B.K.M

Shakillanti rish




Filcha o’yinchog’ini tikish


6-bob




Pazandachilik va qandolatchilik
















1.




Pazandachilik haqida ma’lumot.Salat tayyorlash


1


1

B.K.M

Shakillanti rish




Salat tayyorlash


2.




Xamirdan turli-xil taomlar tayyorlash


2


B.K.M

Shakillanti rish




turli-xil taomlar tayyorlash

3.




Qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash


2




B.K.M

Shakillanti rish










Qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash

O’qituvchi: _________________

Darsning shiori: Ilm ko’p, umr oz, zarurini o’rgan!

Dars jihozi:Tayyorlangan naqshli applikatsiyalar; plakatlar; naqshlar shablonlari; krossvord; test savollar;


Dars natijasi: Mavzu haqida to’liq tushuncha hosil bo’ladi. Applikatsiya haqida umumiy tushunchaga ega bo’lib naqshli applikatsiya jarayonlarini bajarishga harakat qiladi. Milliy naqshli applikatsiyalar haqida tushunchaga ega bo’ladi. Mehnatga ongli munosabat, muhabbat shakllanadi.
BILIMDONLAR

CHAQQONLAR
Mavzu:Applikatsiya turlari haqida tushuncha. Naqshli applikatsiya

Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga applikatsiya haqida tushuncha berish. Naqshli applikatsiya tayyorlash texnikasini yanada boyitish.

Tarbiyaviy maqsad: Qog’oz bilan ishlash malakalarini o’stirish, shaxs malakalarini shakllantirish.Estetik didini vatanparvarlik tuyg’ularini, nutq madaniyatini o’stirish, kasbga qiziqtirish, mehnatsevarlikka o’rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: Diqqatni, e’tiborni, psixologik tuyg’ularni ruxiy jarayonlarni shakllantirish.

Dars turi: Amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni shakillantirish va takomillashtirish

Darsning metodi: Ko’rgazmali materiallar bilan ishlash, amaliy topshiriqlar bajarish, krassvord va test savollari bilan ishlash.

Dars jihozi: Tayyorlangan naqshli applikatsiyalar, plakatlar, naqshlar namunali, shablonlar, krassvord, test savollari.

Atama va tushuncha: Applikatsiyalar, qog’oz haqida tushuncha.

Darsning borishi: a) Salomlashish; b) O’quvchilarni darsga tayorgarligini ko’zdan kechirish; d) O’quvchilarni guruhga bo’lish; s) Maqollar aytish:

O’tilgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarni uyga vazifalari tekshirish, savol-javob orqali mustahkamlana- di.

Yangi mavzu bayoni: Applikatsiya (applikatio) –lotincha so’zdan olingan bo’lib ustidan qo’yish, ustini yopishtirish, qirqib yopishtirish degan ma’noni anglatadi.

Boshlang’ich sinf badiiy mehnat darslarida qog’oz va kartonlaridan, gazlama va ip bo’lakchalaridan, charmdan, tabiiy materiallar (somon, urug’, barg)dan, tashlandiq materiallardan applikatsiya tayyorlash mumkin

Hamma turdagi applikatsiyalarni bajarish usuli bir xil, ya’ni yopishtiriladigan detalning teskari tomonidan shablon yoki trofaret orqali tasvir chizib qir qiladi va asosga karton yoki faneraga yopihtiriladi.

Qog’oz va kartondan tayyorlanadigan applikatsiyalar uchun rangli qog’oz, baxmal qog’ozlarni ishlatadi.

Applikatsiya tayyorlash uchun o’qituvchi, chiroyli rangdagi qog’ozlarni tanlaydi, chunki o’quvchilar ranglarning garmonik moslashuvini o’zlashtirishi lozim.

Buning uchun tasviriy san’at darslarida kamalak ranglarini iliq va sovuq (xromatik va axromatik) ranglar, ularning applikatsiyalarda to’g’ri tanlanishi haqida tushuncha berib boriladi.

Natijada o’quvchilar tasviriy san’at sohasida olingan bilim, ko’nikma va malakalarini badiiy buyumlar yasash darslariga qulay bo’lishini o’rganadilar.

O’quvchilar musavvirlik va mehnat faoliyatlarining o’zaro uzviy bo’gliqligi amalgam oshadi.

Applikatsiya yasash darslari o’quvchilarining estetik va badiiy didini osirishda o’zbek xalq milliy naqshlari hususiyati,qo’llanishi haqidagi tasavvurlarni xosil qiladi va kengaytiradi, qog’ozni to’g’ri, egri yoysimon va siniq chiziqlar bo’yicha qirqish malakalarini rivojlantirib boradi.

Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.

“Applikatsiya” tushunchasi xususiyatlari va faktura materiallariga ko’ra xilma-xil bajarilish texnikasinng o’hshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni yaratish usullari o’z ichiga oladi.

Har bir material applikatsiyasi bajarish texnikasiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi xususiyatlarga ega, masalan; qog’oz, limon ddaraxtlari po’stloqlari fonga turli yelimlar bilan yopishtiriladi.



Applikatsiya ----badiiy asarlarni yaratishning eng sodda va oson usulidir, bunda tasvirning realistik asosi saqlanadi. Bu applikatsiyadanfaqat bezash maqsadlaridagina ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar uchun qo’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqlar, suvirenlar, devoriy gazetalar, stendlar, ko’rgazmalr va kastyularni tayyorlash emas, balki kartina, pano, naqshlarni va shu kabilarni yaratishda ham keng qo’llash imkonini beradi.

Dekorativ applikatsiya – u naqsh, gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlar (barg, shox, qo’ziqorin, qush, mashina , odam, uy va shu kabilar)dan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uyg’unligi aks ettiruvchi syujetdan iborat bo’lishi mumkin.

Applikatsiya 2500 yil muqaddam ko’chmanchi xalqlarda paydo bo’lgan. Applikatsiya bilan kiyimbosh,turar joylar bezatilgan.

Bu ishda ular teri-mo’yna, namatdan foydalanishgan.

Applikatsiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan.

Masalan, yoqutlar applikatsiya ishida po’stloqdan foydalanishgan, bo’yalgan po’stloqdan qilingan Applikatsiyalar bilan ular o’tovlarini bezashgan.

Xanti-mansi, evenk va boshqa shimol xalqlari applikatsiyada teri, sukno, mo’yna ishlatishgan.

Komi, qozoq, qalmiq, osetin, buryat, va boshqa xalqlar applikatsiyadan milliy kiyim, uy-ro’zg’or preotmetlarini bezashda foydalanishgan.

Gazlamadan applikatsiya materiali sifatida ancha keyinroq foydalanila boshlandi. Gazlama parchalarini fan xizmatini o’tovchi materialga tikib naqsh yaratilgan.

Gazlamadan yasalgan applikatsiya bilan kiyim-bosh, uy-ro’zg’or predmetlari bezatilgan.

Faqat 15-asrga kelib rivojlangan qog’ozdan applikatsiya qilishni applikatsiya- ning “yosh” turi deyish mumkin. Qog’ozdan naqsh qirqish bilan o’tmishning mashhur sa’notkorlari ham shug’ullangan.

Rassom F.P.Tolstoyni 19-asrning birinchi yarmidagi siluet yaratuvchilarning eng mohir ustasi deyish mumkin. Uning 50ta siluet ishi ermitajda saqlanmoqda.

19-asrda siluet san’ati G.Narbut, E.Kruglikov va ko’pgina boshqa rassomlarning ijodida ham o’z aksini topdi.

Applikatsiya san’ati bilan faqat professional san’atkorlargina shug’illanib qolmay, balki xalq orasidan chiqqan mohir ustala ham bu ish bilan shug’ullangan edilar.

Ukraina va Belorussiyada qog’ozdan naqshli parda – firanklar qirqishgan.

Rassom E.E.Lebedeva ham o’z talantini qog’ozdan applikatsiyalar qirqishga bag’ishlagan.

Polshada bezak sifatida qirqilgan naqshlar yangi oqlangan devor va shiplarga yopishtirilgan, bu ijod xalqda- vitsinanki deb ataladi.

Hozirgi kunda Applikatsiya xalq sa’natida juda keng tarqalgandir.

Applikatsiyaning eng yosh turi flaristikadir. 1960-yilda dunyoda birinchi rassom floristlarning jamiyati tashkil etildi.

Applikatsiya bilan shug’ullanish o’quchilarni garmonik rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Applikatsiya ijodni rivojlantirishga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni aktivlashtiradi, irodani tarbiyalaydi.

Qo’l mehnati, formani his qilish chamalash va rangni sezishni o’stiradi.

Rangli qog’oz yoki boshqa materialdan kompozitsiyalar ustidagi ish badiiy didni avj oldiradi.

Boshlang’ich sinflarda Applikatsiya mashg’ulotlarining tarbiyaviy ahamiyatijuda kattadir.

Badiiy didni o’stiradigan darslar orqali o’quvchilarda psixologik xususiyatlar: xotira, diqqat, tafakkur, tasavvur, bilish tuyg’ulari shakillanadi, estetik qobilyat shakillanadiva tarkib topadi. Applikatsiya yasash darslari o’quvchilarning estetik badiiy didini oshirishda, o’zbek xalq milliy naqshlari husisiyati, qo’llanilishi haqidagi tasavvurlarni xosil qiladi va kengaytiradi, qog’ozni tog’ri, egri yoysimon va siniq chiziqlar bo’yicha qirqish malakalarini rivojlantirib boradi.

Applikatsiyalar ko’rinishi jihatidan bir necha turga bo’linadi:



  1. Harfli applikatsiyalar;

  2. Naqshli Applikatsiyalar;

  3. Bir buyumli Applikatsiyalar;

  4. Mavzuli Applikatsiyalar;

Harfli Applikatsiyalar ko’rgazmali qurollar, devoriy gazetalar tayyorlashda qo’lanilinadi. Bunda rangli qog’oz – kartonning teskari tomonidan harfning teskari aksi chizib qirqiladi va belgilangan joyga ma’lum bir tartibga rioya qilgan holda bu harflar yelimlanadi..

Naqshli Applikatsiya hosil qilishda geometric shakillardan, hamda simmetrik qirqilgan naqshlardan foydalaniladi.

Naqshli Applikatsiya tayorlashga asosga eskiz chizib olinadi va qirqilgan shakillar navbatma –navbat yopishtirib chikiladi.

Bu turdagi Applikatsiyalarni tayyorlashda tarixiy yodgorliklar – Samarqand, Xiva, Buxoro, yodgorliklarning rasmidan, milliy buyumlar (so’zana, gilam, atlas gazlamasi, jiyak) namunalaridagi naqshlaridan foydalanish mumkin.

O’quvchilarning ijodkorlik qobilyaini rivojlantirish maqsadida bir xil shakilli va har-xil shakilli shablonlardan mustaqil naqsh tuzishni o’rgatib boorish ham mumkin.

Buyumli Applikatsiyadafaqatgina bir predmet tasvirlanadi. Masalan, olma, sabzi, barg, gul, birorta, jonivorni, shaklini rangli qog’ozdan qirqib yopishtirish mumkin.

Predmetli Applikatsiyalar ko’pincha 1-sinfda o’rgatiladi. Bunda bir xil yoki ikki xil rangli qog’oz tanlanadi.

Mavzuli Applikatsiya – Applikatsiyaning eng murakkab turi bo’lib u o’zida ma’lum bir mazmun vva ma’noni aks ettiradi.Mavzuli Applikatsiyada badiiy, Asar, ertak, hikoya qahramonini, tabiat manzarasini, yil fasllarini, tantanali va bayram kunlarini aks ettirish mumkin. Mavzuli Applikatsiyauchun bir necha rangdagi qog’ozdan foydalaniladi. Bu turdagi Applikatsiyalar o’quvchilardan faqat mehnat malakalarini talab qilibgina qolmay, balki ulardan musavvirlik tayyorgariligini ham talab qiladi.

Ta’lim jarayonidagi uzviy aloqani amalga oshirish maqsadida o’qish ona tili, sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qilgan asar qahramonlarini, tabiatshunoslikda o’rganilgan yil fasillari ,tabiat manzaralarini tasvirlab applikatsiyalar tayyorlash mumkin.

Applikatsiya tasvirlarini belgilash uchun o’qituvchi tayyorlangan shablon trafaretlardan foydalanish ham mumkin.

O’quvchilarga 1-sinfdan qog’ozni qirqishni o’rgatishda sanoq materiallari (to’rtbuchak,, uchburchak, aylana, archa, quyon, kabilar)ni yasashni tavsiya qilinadi.Tematik applikatsiya uchun tanlagan temaga asosan qog’oz yoki kartondan fon tanlanadi. Masalan, yangi yil, qish fasllarini aks ettirish uchun ko’k yoki zangori rangni;

Bahor, yoz, kuz, manzaralariga sariq rangni; tun, yulduzni tasvirlash uchun qora rangni tanlash mumkin. Tematik Applikatsiyada tanlangan temaga asosan qog’oz yoki kartondan foydalanib ish yuritiladi. Tematik Applikatsiyada harfli, naqshli Applikatsiyalar ham ishtrok etishi mumkin. Harflar tantanali kun, bayram nomini tasvirlasa, naqshlar qo’shimcha bezak berish uchun foydalaniladi.

Tematik Applikatsiyadagi detallarham tanlangan mavzuga mos bo’lishi lozim. Masalan 1-sentabr otkritkasidagi detallar ham tanlangan mavzuga mos bo’lishi lozim, sariq, qizg’ish-sariq rangli barglarni, yangi yil tabriknomasiga archa, qorbobo, qorqiz, qor uchqunlarini, 8-mart tabriknomasida lola, binafsha, sariqgul, va shunga o’xshash gullar tasvirini qirqib yopishtiriladi. Applikatsiya iloji boricha mayday detallarni ham qog’ozdan qirqib yopishtiriladi(ko’z, burun, lab, tugmacha).

Bajarish usuliga qarab Applikatsiyalar ikki usulda bo’ladi:



  1. Tekis Applikatsiya;

  2. Bo’rtma Applikatsiya;

Tekis Applikatsiyada qog’oz, karton belgilangan joyga tekislab yopishtiriladi. Bo’rtma Applikatsiyada esa qog’ozdan qirqilgan shaklning ma’lum qismigina yopishtiriladi. Yopishmay qolgan qismi esa sathdan ko’tarilib turadi.

Natijada bo’rtma tasvir hosil bo’ladi. Gul, barg, archa, kapalak shakllarining o’rtasini yoki yarim pallasini yelimlabsovg’bop buyumlarni bezatishimiz mumkin.

Oqitishning to’rt yili davomida o’quvchilar Applikatsiyaning hamma turlari bilan tanishishlari lozim.

Badiiy mehnat darsi tufayli o’quvchilarni ijodiy ishlash ko’nikmasini shakillantirish kelgusi avlodni izlanib-ijod qilishlarini ta’minlab beradi.

O’quvchilar tomonidan bajaraladigan, moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarini hamda ma’lum bir sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko’nikma va malakalarni egallashlariga, ongli ravishda yondashishga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarni rivojlantirishga qaratilgan. Boshlang’ich sinflarda applikatsiya mashg’ulotlarining asosiy vazifasi mehnatga axloqiy va psixologik tayyorlash, o’quvchilarni applikatsiya haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, applikatsiyaning turlari haqida tasavvurga ega qildirish, o’quvchilarni mehnat ta’limi orqali hayotga tayyor kadrlar yetishib chiqishi uchun zamin yaratib beradi.

Mehnat talimining ahamiyati maktabdagi mehnat tarbiyasi va ta’limning maqsadi mehnatga muhabbat va mehnat ahliga hurma tuyg’usini sindirish:

-O’quchilarni hozirgi zamon sanoat va qishloq–xo’jalik ishlab chiqarish imkoniyati

Qurilish transporti, xizmat ko’rstish sohalari asoslari iblan tanishish;

-O’qish va ijtimoiy foydali ish jarayonida mehnat ko’nikmalari va mahoratlarini hosil qilish;

-Ongli ravishda kasb tanlash.

Mehnat ta’limining vazifalari-turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga applikatsiya mashg’ulotlariga taaluqli dastlabki boshlang’ich ma’lumotlarni o’rgatish, o’lchash-tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbaalaridan foydalana olish, mehnat applikatsiya amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarini belgilangan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o’rgatish;

-o’quvchilar bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoat bo’lib mehnat qilish ruhida tarbiyalashdan iborat.

Boshlang’ich sinflarda badiiy mehnat darsida applikatsiya mashg;ulotlari orqali xalq xunarmandchiligi, xalqning milliy ruhini aks ettiradigan ijod namunalaridan foydalanib milliy qadiryatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosi haqida bilim ko’nikma va malakalarini shakillantirishda ijobiy natijalar beradi.

Applikatsiya mashg’ulotlar orqali o’quvchilarda ijod qilish qobilyati, estetik did, ma’naviy dunyoqarash, qiziqish, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo’la oladigan sifatlar rivojlanib, skakillanib boradi.

Boshlang’ich sinflarda applikatsiya mashg’ulotlarining vazifasi shundan iboratki o’quvchi to’g’ri rang tanlay ola bilish, rangli qog’ozlardan to’g’ri o’z o’rnida foydalanish, bezak berish ya’ni dizayn, ijod qila olish qobilyatini o’stirish, applikatsiyaning turlari haqidagi bilimlarni boyitish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi.

--Yangi mavzuni mustahkamlash:

O’quvchilarga savol-javob orqali mavzu mustahkamlanadi;

O’quvchilarga maqolni davom ettiris o’yini o’tkaziladi.



  1. Mehnatdan kelsa boylik,

…………………………

  1. Mehnat mehnatning tagi ………..

  2. Tirishding tog’dan oshding,

Yorug’lik sari …………….

  1. Yer haydasang yuz hayda,

Yuz …………………….

Savollar:



  1. Applikatsiya deganda nimani tushunasiz?

  2. Applikatsiya turlarini ta’riflab bering.

  3. Bo’rtma applikatsiyadan tekis applikatsiyaning farqi?

Adabiyotlar:

  1. R.Hasanov Tasviriy san’at va badiiy mehnat o’qituvchi 1998-y

  2. T.G’sfforova M.Bobojonova Boshlang’ich sinflarning badiiy mehnat darslarida xalq amaliy san’at turlaridan foydalanish.

  3. “Badiiy mehnat” boshlang’ich sinflar uchun daslik

  4. Uy ro’zg’or inseklopediyasi Sadibekov O. Qo’shoqova N.

Download 43.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat