Mavzu yuzasidan seminar ishlanmasi ferdinand de sossyurning lingvistik nazariyasi. Tilshunoslikda strukturalizm



Download 132,11 Kb.
Sana17.04.2020
Hajmi132,11 Kb.
#45302
Bog'liq
2 5472181766993217021

6-MAVZU YUZASIDAN SEMINAR ISHLANMASI

FERDINAND DE SOSSYURNING LINGVISTIK NAZARIYASI. TILSHUNOSLIKDA STRUKTURALIZM


REJA:

  1. Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta`limoti.

  2. Til va nutqning farqli jihatlar.

  3. Tilshunoslikda strukturalizm yo`nalishi. Praga, Amerika, Kopengagen strukturalizm maktablari.


Mashg’ulot davomida ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda, yakka tartibda ishlash texnologiyasi kabilardan foydalaniladi.
VIZUAL MATERIALLAR

1-savol. F. de Sossyur hozirgi zamon tilshunosligining asoschisi:

1-ilova


Ferdinand de Sossyur – buyuk tilshunos, shveysariyalik fransuz, “Umumiy tilshunoslik” fundamental asarining muallifi, “til sistemadir”, “til va nutq dialektik munosabatdadir” kabi qator g`oyalarning asoschisi.



F. de Sossyur tilshunoslikdagi sotsiologik ta'limot va sotsiologik lingvistika asoschisi. F. de Sossyurning mashhur “Umumiy tilshunoslik kursi” asari orqali tilshunoslikda strukturalizmning asosiy g`oyalari dunyoga keldi.

F. de Sossyur til hodisasini sistemali hodisa ekanligini va til sistemasini tashkil etgan belgilarni asoslab berdi.



F. de Sossyurning lingvistik nazariyalari


Til birliklari orasidagi munosabat, o`zaro bog`lanish paradigmatik va sintagmatik munosabatlarga ajraladi
2-ilova


Jamiyatning fikrni ifoda qilish sistemasini til va nutqqa ajratadi




Til sistem tuzilishga ega bo`lgan, sistem xarakterdagi ijtimoiy hodisadir




Tilshunoslik fanining birdan-bir haqiqiy obyekti tildir

F. de Sossyur lisoniy ta'limotining muhim jihatlari



Tilning ikki aspekti farqlanadi: sinxroniya va diaxroniya aspekti

Til g`oya (fikr, ma'no) tashuvchi belgilar sistemasidir

Tilshunoslik ikkiga: ichki va tashqi lingvistikaga ajratadi



F. de Sossyur qarashlarida til va nutq dixotomiyasi

3-ilova


F. de Sossyur jamiyatning fikrni ifoda qilish sistemasini til va nutqqa ajratadi




Til so`zlarning jami va nutqni qurish, tuzish qoidalaridir

Nutq esa til sistemasining so`zlashuvda yoki matnda (yozuvda) aniq berilishi, qo`llanilishidir




Til nutqdan quyidagi belgilarga ko`ra farqlanadi:

Til – ijtimoiy, nutq – individual.

Til – sistem, nutq – аsistem



F. de Sossyur ta`limotida strukturalizm g`oyalari

4-ilova


F. de Sossyurning “Umumiy tilshunoslik kursi” asarida struktural lingvistikaning asosiy g`oyalari aks etgan.

Tilning o`ziga xosligi shundaki, u tilshunoslik fanining mutlaq tekshirish obyekti hisoblanadi.

Til o`ziga xos tuzilishga, “qiyofaga” ega sistemadir.

Til shakli, ya'ni til mohiyat emas, balki shakldir. Til u yoki bu mazmunli fikrni ifodalash vositasidir.

Til munosabati, ya'ni tilning har bir holatida, ko`rinishida barcha jarayonlar til birliklarining o`zaro munosabatiga asoslanadi.

Til – potensial (imkoniyat, yashirin), nutq – real (voqelik, namoyon bo`lish).

Til – sinxron (zamonaviy), hozirgi, nutq – diaxron (tarixiy, o`tgan).




Struktural lingvistika til strukturasini til nazariyasining asosi deb bildi.

Strukturalizm g`oyalari asosiy uchta maktabda o`z aksini va asosini topdi:

1) Praga strukturalizmi

2) Amerika strukturalizmi

3) Kopengagen strukturalizmi



TUSHUNCHALAR TAHLILI METODI

1-TOPSHIRIQ: USHBU METOD YORDAMIDA TALABALAR YANGI ATAMALAR(TERMINLARNI) TAHLIL QILISH,YODDA SAQLASH IMKONIYATIGA EGA BO’LADILAR.




TYSHUNCHALAR, ATAMALAR (REMINLAR)

SIZNINGCHA BU TUSHUNCHA QANDAY MA’NONI ANGLATADI??

a)Paradigmatik

Til va nutq birliklari o‘zaro paradigmatik, sintagmatik va izomorfik munosabatda bo‘ladi. Paradigmatik munosabat til birliklarining umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra bir qatorga, paradigmaga birlashgan bo‘lib, bunga misol sifatida so‘zlarning turlanish yoki tuslanish qatoriga birlashishi va bosh, asosiga ko‘ra farqlanishini keltirish mumkin. Paradigmatik munosabat til birliklarining nutqgacha bo‘lgan til hodisasi

b)Sintagmatik

Sintagmatik munosabatda esa til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik munosabatga kirishishi va gorizontal yo‘nalishda birikmalar hosil qilishi tushuniladi: kitobning qadri, kitobni o‘qish kabi. sintagmatik munosabat til birliklarining nutq jarayonidagi mantiqiy munosabatidir va u nutq hodisasi sifatida qaraladi.

c)Aksioma

Til orqali ifodalangan har bir fikr mantiqiy, psixologik va lisoniy jihatdan aniqlanadi(Sh.Balli). Va ushbu fanlarning har biri gapni o‘z nuqtai nazaridan o‘rganishi – aksiomadir.

d)Sinxron

Sossyur tilda 2 aspektni: sinxroniya va diaxroniyani farqlaydi. Va bu aspekt til hodisalarining bugungi kundagi holatini o‘rganadi.

e)Diaxron

Diaxronik aspekt tilning tarixini, boshqa tillar bilan qiyosini o‘rganadi.


f)Deskriptiv

Amerika strukturalizm maktabiga taaluqli atama bo’lib, bu lingvistika metalingvistika va makrolingvistika asosida shakllangan. Unga ko’ra, matn har tomonlama tasvirlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning asosida distrubitsiya tushunchasi yotadi.

g)Distributsiya

Muayyan til birligi qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yoki mumkin bo‘lmagan kontekstlar yig‘indisi, ya’ni gap bo‘laklarining bir-biriga nisbatan joylashish o‘rni, tarkibi, birikishi va qo‘llanish xususiyatidir.

o)Glossematika

Kopengagen strukturalizmi tilshunoslikda glossematika deb ataladi. Uning asoschisi Lui Yelmslevdir, unga ko’ra til sinxron - hozirgi bir davrdagi sof munosabatlarning mavhum sistemasi sifatida beriladi. Bunda har bir konkret tilning o`ziga xosligi, xususiyatlari inkor qilinadi. Glossematiklar «tilshunos tilning real elementlari orasidagi o`zaro munosabatni emas, balki tildagi zamon va makon chegarasi bo`lmagan munosabatlar strukturasinigina tekshirishi lozim, degan universal tahlimotni yaratmoqchi bo`ladilar.

p)Uzus

Til uzusi muayyan ijtimoiy jamoada qabul qilingan va kuzatilayotgan voqelikdagi faktlar bilan aniqlanuvchi malakalarning jamidir.


q)Strukturalizm

Tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari – fonetika, grammatika, leksika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni tekshiruvchi, tilning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi. Va tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o‘rganishni cheklash, har bir tilni grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o‘rganishni ilgari suradi.




F.S.M.U. METODI

- fikringizni bayon qiling.

- fikringizni bayoniga sabab ko’rsating.

M - ko’rsatilgan sababingizni isbotlab misol keltiring.

- fikringizni umumlashtiring

 TOPSHIRIQ: QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING,MISOL KELTIRING VA IZOHLANG.

A) Ferdinant de sossyur kim va uning qanday asarlarini bilasiz? * Ferdinand De Sossyur (1857–1913) – Jenevada tug‘ilgan, shveysariyalik fransuz. U tilshunos olim bo’lgan va zamonaviy lingvistikaning otasi hisoblanadi. Uning birinchi asari “Hind-Yevropa tillaridagi dastlabki unli tovushlarning sistemasining tadqiqi” nomli ishi bo’lsa, uning yirik asari “Umumiy tilshunoslik kursi” deb ataladi.

B) Ferdinant de Sossyur qaysi ta’limotga asos solgan? * U sotsiologik talimot asoschisi bo’lib, unga ko’ra insonning nutq faoliyati ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, falsafa, psixologiya, fiziologiya, antropologiya, matematika va boshqa fanlar bilan bog‘liq. Sossyur til bilan nutq o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni e’tirof etsada, ularni til lingvistikasi va nutq lingvistikasi tarzida alohida o‘rganish kerak deb hisoblaydi. U nutq faoliyatini o‘rganishda V. fon Gumboldt kabi antinomiya metodidan foydalanib, til va nutq, sinxroniya va diaxroniya, ichki va tashqi lingvistika antinomiyalarini ilgari surdi.
C) F.de Sossyurning qaysi asari ,,Yevropa tillaridagi unlilar siatemasini o’rganishga bag’ishlangan? * “Hind-Yevropa tillaridagi dastlabki unli tovushlarning sistemasining tadqiqi” nomli asari

D) F.de Sossyur tilshunoslikni nechta turga ajratadi va bular qaysilar? *

2 ga, ichki tashqi, ya’ni intralingvistika va ekstralingvistika

E) F. de Sossyur fikricha til nutqdan qaysi belgilariga ko’ra farq lanadi? * Sossyur tilni til va nutqqa ajratadi. Va unga ko’ra:

  • Til – ijtimoiy, umumiy, nutq esa individual hodisa.

  • Til sistem, nutq esa asistem hodisa.

  • Til potensial (yashirin imkoniyat), nutqesa real voqelik.

  • Til sinxron, nutq esa diaxron, tarixiy hodisa.

  • Til - mohiyat, nutq – hodisa.


F) F.de Sossyur tilda 2 ta aspekt sinxroniya va diaxroniyani farqladi. Ushbu tushunchalar haqida nimalarni bilasiz? * Sinxron aspekt til hodisalarining bugungi kundagi holatini o‘rganadi. Diaxron aspekt esa tilning tarixini, boshqa tillar bilan qiyosini o‘rganadi.

G) Struktural tilshunoslik qachon yuzaga keldi va uning asosiy g’oyasi nimadan iborat? * Strukturalizm atamasi va tushunchasi dastlab golland faylasufi X.I.Boasning 1939 yilda nashr qilingan maqolasida tilga olingan bo‘lib, XX asrning 30- yillaridan struktural lingvistika maqomini oldi. Bu aslida Ferdinand de Sossyur tomonidan bildirilgan g‘oya asosida yuzaga kelgan lingvistik yo‘nalish bo‘lib, u tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari – fonetika, grammatika, leksika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni tekshiruvchi, tilning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi.

K) Praga strukturalizm maktabining asosiy g’oyasi nimadan iborat? * Praga struktural maktabi tildagi har bir elementning o‘z funksiyasi mavjud, deb hisoblaydi. Ushbu maktab namoyondalari tilning morfologik tuzilishi, sintagmalar, lingvistik nominatsiyalarni jiddiy o‘rgandilar, sintagmatikani alohida nazariya sifatida ilgari surib, gap bo‘laklarini an’anaviy o‘rganuvchi sintaksisga qarama-qarshi qo‘ydilar.
L) Amerika strukturalizm maktabining asoschisi kim? * Amerikaning mashhur lingvisti va antropologi Frans Boas (1858-1942)

M) Kopengagen strukturalizmi maktabiining asosiy g’oyasi nimadan iborat? * Tilning sinxron - hozirgi bir davrdagi sof munosabatlarning mavhum sistemasi sifatida berilishi uning asosiy goyasi sanaladi. Bunda har bir konkret tilning o`ziga xosligi, xususiyatlari inkor qilinadi. Ular «tilshunos tilning real elementlari orasidagi o`zaro munosabatni emas, balki tildagi zamon va makon chegarasi bo`lmagan munosabatlar strukturasinigina tekshirishi lozim, degan universal tahlimotni yaratmoqchi bo`ladilar. Shunday qilib, «munosabatlar lingvistikasi» birinchi o`ringa qo`yilib, real tillar, ularning tovush materiyasi va mahno masalasi ikkilamchi hodisalar deb qaraladi”
3- TOPSHIRIQ: Glossariyni to`ldiring:


Atamaning o’zbek tilida nomlanishi

Atamaning ingliz tilida nomlanishi

Atamaning rus tilida nomlanishi

Atamaning izohi

Strukturalizm

Structuralism

Структурализм

Tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari – fonetika, grammatika, leksika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni tekshiruvchi, tilning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi.

Praga strukturalizmi

Prague structuralism

Пражский структурализм

Bu talimot tilning morfologik tuzilishi, sintagmalar, lingvistik nominatsiyalarni jiddiy o‘rganadi, sintagmatikani alohida nazariya sifatida ilgari surib, gap bo‘laklarini an’anaviy o‘rganuvchi sintaksisga qarama-qarshi qo‘yadi.


Amerika strukturalizmi

American structuralism

Американский структурализм

Matn har tomonlama tasvirlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning asosida distrubitsiya tushunchasi yotadi. Distrubitsiya muayyan til birligi qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yoki mumkin bo‘lmagan kontekstlar yig‘indisi, ya’ni gap bo‘laklarining bir-biriga nisbatan joylashish o‘rni, tarkibi, birikishi va qo‘llanish xususiyatidir.

Kopengagen strukturalizmi

Copenhagen structuralism

Копенгагенский структурализм

Bunda har bir konkret tilning o`ziga xosligi, xususiyatlari inkor qilinadi. Ular «tilshunos tilning real elementlari orasidagi o`zaro munosabatni emas, balki tildagi zamon va makon chegarasi bo`lmagan munosabatlar strukturasinigina tekshirishi lozim, degan universal ta’limot.

ASSESSMENT METODI”



4-TOPSHIRIQ: Test topshiriqlarini bajaring:
1. Ferdinant de Sossyur tilshunoslikni nechchi turga ajratadi va ular qaysilar?

a) 3 ta turga. Ekstralingvistika, sotsiolingvistika, ichki lingvistika

* b) 2 ta turga. Ichki lingvistika va tashqi lingvistika

c) 1 ta turga. Komparativistika.



2. Struktural lingvistika qachon paydo bo’lgan?

* a) XX asrning 20-yillarining oxirida

b) XV asrning 10-yillarining boshida

c) XXI asrning 30- yillari ohirida.



3. Funksional lingvistika maktabi vakillari to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang?

a) Vilgelm Fon Gumbolt, Rasmus Rask, Avgust SHleyxer

b) Frans Boas, Eduard Sepir, Leonard Blumfuld

* c) R.O.Yakobsan, N.S.Trubetskoy, B.Gavranek.



4. Amerika strukturalizm maktabi asoschisi kim?

* a) Tilshunos olim Frans Boas

b) Leonard Blumfild

c) Eduard Sepir.



5. Kopengagen strukturalizmi qachon va qaerda tashkil topgan?

a) XX asrning 20-30- yillarida Germaniyada

b) XX asrning 20-yillarida Chehoslavakiyada

* c) XX asrning 30-yillar boshida Daniyada.



6. Kopengagen strukturalizmi yana qanday nom bilan ataladi?

a) Deskriptiv lingvistika

* b) Glossematika

c) Funksional lingvistika.



7. F.De Sossyur o’zining qaysi asarida strukturalizmning eng eng asosiy, bosh g’oyasini ta’kidlab o’tgan?

* a) “Umumiy tilshunoslik kursi” asarida

b) “Hind Yevropa tillaridagi dastlabki unlilar sistemasining tadqiqi” asarida

c) “Umumiy grammatika prinsiplari” asarida.



8. Kopengagen strukturalizmi maktabi vakillari to’g’ri ko’rsatilgan javob qaysi?

a) L. Blumfild, Z.Xarris, K.Payk

* b) Lui Yelmslev, V.Bryondal, X.Uldal.

9. Ferdinand de Sossyur belgilar borasidagi fanni qanday nomlashni taklif qilgan?

* A) semiologiya deb

B) semiotika deb

C) semantika deb

D) lingvosemiotika deb

10. Ferdinand de Sossyur belgining qanday xususiyatlarini ko‘rsatgan?

A) anglatiladigan va anglatuvchi

B) anglatgan va anglatuvchi

* C) ifodalanuvchi va ifodalovchi

D) mohiyat va mazmun

11. Ferdinand de Sossyur fikricha, ...

*A) til va nutq – nutqiy faoliyatning ikki tomoni

B) til va nutq faoliyati – nutqning ikki tomoni

C) nutq va nutqiy faoliyat – tilning ikki tomoni

D) og‘zaki va yozma nutq – nutqiy faoliyatning ikki tomoni

12. F. de Sossyur fikri bo‘yicha, til va nutq orasidagi asosiy farqlar quyidagilar:

* A) til ijtimoiy, nutq esa individual

B) til individual, nutq esa ijtimoiy

C) til o‘zgaruvchan, nutq esa turg‘un (harakatsiz)

D) til dinamik, nutq esa sinxron

13. F. de Sossyur g‘oyasi asosida vujudga kelishiga asos bo‘lgan oqimning nomi:

A) Yosh grammatikachilar

* B) struktural lingvistika

C) komparativistika

D) lingvosemiotika

14. Til va nutq muammosi haqida qaysi olim mukammal fikr yuritgan?

* A) F. de Sossyur

B) M.V. Lomonosov

C) A.A. Potebnya

D) A. Shleyxer
15. F. dе Sossyur tilda nеchta aspеktni farqlaydi?

* A) ikkita aspеktni

B) to`rtta aspеktni

C) bеshta aspеktni

D) sakkizta aspеktni

16. F. dе Sossyurning fikricha til nutqdan nеchta bеlgisiga ko`ra farqlanadi?

* A) bеshta bеlgisiga

B) sakkizta bеlgisiga

C) yettita bеlgisiga

D) uchta bеlgisiga

17. Til va nutq muammosi haqida qaysi olim mukammal fikr yuritgan?

* A) F. dе Sossyur

B) M.V. Lomonosov

C) Aristotеl

D) A. Potеbnya

18. Til antinomiyasi qaysi tilshunos olim nomi bilan bog’liq?

* A)V. fon Gumbolt

B) A. Shleyxer

C) L. Blumfild



D) N. Xomskiy


KROSSWORD
1. F.de Sossyur tilshunoslikdagi qaysi ta’limotning asoschisi?

2. Eduard Sepir tilshunoslikning qaysi tarmog’iga asos soldi?

3. Deskriptiv lingvistika maktabi asoschisi kim?

4. “Umumiy grammatika”, “Kelishik kategoriyasi” asarlarining muallifi kim?

5. Daniyada tashkil topgan strukturalizm yo’nalishi nomi qaysi?














2





































E




























1

s

o

T

s

I

o

l

o

g

i

k

3

f

r

a

n

s

B

o

a

S






















O





































L




























4

L

u

I

Y

E

l

m

s

l

e

V













N





































G





































V





































I





































S





































T





































I





































K

























5

g

l

o

As

s

E

m

a

t

i

k

A

Foydalanish uchun adabiyotlar:


1. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Т., 2016.

2. Baskakov N.A., Sodiqov A.S., Abduazizov A.A. Umumiy tilshunoslik. – Т., 1979.
Download 132,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish