Mavzu: Yoshlarimizni ommaviy madaniyat ta’siridan asraylik



Download 18,44 Kb.
Sana21.03.2022
Hajmi18,44 Kb.
#504863
Bog'liq
Ommaviy madaniyat (yotoqxonada)
ahmad lutfiy qozonchi ogay ona, ahmad lutfiy qozonchi ogay ona, 36-18 Tishaboyev Islom, Qurilish iqtisodiyoti , vazifa 1, Divergent, Divergent, Grammar2-Modals 2634, Grammar2-Modals 2634, Grammar2-Modals 2634, Grammar2-Modals 2634, Grammar2-Modals 2634, Grammar2-Modals 2634, Grammar2-Modals 2634, Grammar2-Modals 2634, Grammar2-Modals 2634

Mavzu: Yoshlarimizni ommaviy madaniyat ta’siridan asraylik
21 – asr bo’sagasida butun dunyoda hayotiy jarayonlarning tezkorligi, texnika va texnologiyalarning shiddatli rivoji kuzatilmoqda. Ilm fanda ham “ globallashuv “, globallashuv jarayoni “, “ globallashuv davri “, global telefonlashuv kabi atamalar ommalashdi. ” Global ” so’zi fransuz tilidan olingan bo’lib, ” umumiy ”, ” yer shari” degan ma’noni anglatadi. Dunyo umuman olganda globallashuv jarayonini boshdan kechirmoqda. Globallashuv omillari inson va jamiyat hayoti barcha sohalariga shiddat bilan kirib borib, odamlar ongi, tafakkuri va nihoyat qalbiga singib borib, turmush tarzini, dunyoqarashini, mafkurasini go’yat tez tarzda o’zgarib borishiga jiddiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek ” Globallashuv ” bu hayot sur’ati beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Har bir hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo’lgani singari globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Aynan globallashuv jarayoni o’ta salbiy oqibatlari odamlarni ongi va qalbini egallashga qaratilgan harakatda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Bunday yovuz niyatlarni o’zlariga maqsad qilib olgan ” ommaviy madaniyat ” namoyondalari qilmishlari, urinishlari shundan dalolat beradi.
Bizga chetdan kirib kelayotgan, ommaviy madaniyat niqobi ostida kirib kelayotgan ma’naviy axloqiy tubanlik, va illatlarga qarshi kurashish hozirgi kundagi eng muhim masalalardan biridir. Xorijda yoki xususiy kinostudiyalarda yaratilayotgan ba’zi kinofilmlar, umri qisqa arzon kitoblar, illyustrativ bezakli rasmlar bilan jihozlangan behayo jurnallar, ma’naviy boyliklar industrial tijoratga aylantirilishi, qolipga solinishi go’ya targ’ib qilinishi fikrimiz dalilidir. Shuningdek ommaviy bilim, axborot olish darajasi kengayishi va jamiyat va odamlar hayotiga kirib kelishini tezlatib yubordi. Uning asosiy shiori ” imkoni bo’lsa hayotdan hamma narsani olaver ” degan tamoyilga asoslanadi. Bu yo’nalish tarafdorlari insoniy, mehr – oqibat, muruvvat kabi ma’naviy qadriyatlarga zid ravishda talonchi, riyokor, buzuq, o’z nafsini har qanday yo’l bilan qondirish va o’zgalar ustidan ma’naviy hukmron qilish g’oyalarini targ’ib qiladi. ”Ommaviy madaniyat” o’zining ta’sir doirasini tobora mustahkamlash uchun quyidagi usul va vositalardan foydalanadi:
-birinchi navbatda,ommaviy axborot vositalarini egallash,ular orqali madaniyatni madaniy iqtisodiy foyda tarmog’iga aylantiradi;
-jamiyat a’zolarining nisbatan katta qismining ongi va shuurini ommaviy axborot vositalari orqali egallashga intiladi,bunga muayyan ijtimoiy muhitdagi odamlarning rasm-rusm,urf-odatlari mehanizmidan foydalanadi;
-axoli o’rtasida keng tarqalgan milliy an’analar,kiyim-kechaklarning o’ziga xos tomonlari va shu kabi milliy etnik mexanizlari vositasida odamlarning odatiy yashash tarzlarini o’zlarining g’arazli maqsadlariga muvofiq yo’naltiradi va bo’ysundiradi;
-uy-joy qurish uslubi va kiyinish odatlaridan tortib nimalar bilan qiziqishlari,ya’ni ”xobbi” larigacha,individlarning yashirin o’ziga xos ichki odatlari va marosimlarini ”ommaviy madaniyat” ning zararli g’oyaviy,mafkuraviy maqsadlariga yo’naltiradi;
-yuqoridagilarning barchasidan ko’zlangan maqsad muntazam ravishda,asta-sekin butun dunyo xaqlarining madaniyatini ”ommaviy madaniyat” ehtiyojlariga bo’ysundirish,insonni manqurtga aylantirish va shunday qilib o’ta yovuz g’oyalarni ilgari suradi.”Ommaviy madaniyat”ning kirdikorlari g’oyat hilma-hil va yo’nalishlari ham shu kabi turlichadir.Shunga munosib tarzda ularga qarshi kurashish ham puxta,mazmunan ishonchli,keng qamrovli bo’lishi talab etiladi.Unga qarshi kurash mustahkam milliy e’tiqodiy g’oyaga,ma’naviyatga asoslangan bo’lishi kerak.O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov aytganlaridek:”Har qanday xalq,har qaysi jamiyat,avvalambor, o’zining yuksak salohiyati,madaniyat va ma’naviyati bilan kuchlidir”. Shunday ekan ”ommaviy madaniyat” kabi niyati qabih,qalbaki,uydirma ba bo’xton g’oyalarga qarshi kurashda quyidagi vazifalarni bajarish kerak:
-birinchi navbatda ”ommaviy madaniyat”ning tubanligini ochib tashlash kerak..Bu hol shu darajaga yetsinki,uning g’oyalari insonni,har bir shahsni o’z milliy g’ururini saqlab qolishga yo’naltirilsin.Shuningdek yoshlarimizda ishonchli,mustaqil fikrlashni shakllantirish zarur.Zero,yoshlarning ma’naviy uyg’oqligi millatni g’aflatdan asraydigan asosiy omillardan biridir.
Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki,”ommaviy madaniyat”ning yovuz kirdikorlariga qarshi murosasiz kurashish bilangina javob berishning o’zi kifoya qilmaydi,balki uning buzg’unchi g’oyalarining ildizlarini tag-tomiri bilan qo’porish va quritish zarur.Buning uchun odamlarda bilim,mustahkam e’tiqod,g’oyaviy fidoiylikni shakllantirish kerak,shu bilan birga axloqiy va jismoniy barkamollik ham talab qilinadi.”Ommaviy madaniyat”xuddi virusli kasallikka o’xshashligi uchun ham har bir odamda,ayniqsa,yoshlarda hayotiy-ma’naviy ehtiyojning tarkibiy qismi ,o’zagi bo’lgan mafkuraviy imunitetni shakllantirish lozim.
”Klaster” usulida tahlil.



Ommaviy madaniyat

Kiyinish axloq-odob qoidalariga zid bo’lgan holatlar.

Milliy urf-odatlarimizga va qadriyatlarimizga zid bo’lgan g’oyalar

Narxi arzon,mazmuni sayoz kitoblar,illyustratsiya bezakli,behayo suratlar bilan bezatilgan jurnallar.

Internet va global telefonlashuvning taraqqiy etishi.

To’ylarimizdagi ba’zi noodatiy odatlar.Keli-kuyovning valsga tushishi,kelinning gul otishi




Chet el yozuvidagi futbolkalar.”Greyzi girl”-aqldan ozgan qiz

Chet el nashridagi jurnallar.Yarim yalang’och olingan rasmlar.

Yoshlarning internetdagi buzg’unchi saytlarga berilib ketishi.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI

Marg’ilon pedagogika kolleji
Pedagogika va psixologiya” fan kafedrasi o’qituvchilari tomonidan ”Talabalar uyi”da ”Yoshlarimizni ommaviy madaniyat ta’siridan asraylik” mavzusida o’tkazilgan amaliy davra
suhbati materiallari
Tashkilotchi: Y.Rahimova

2018-2019o’quv yili
Download 18,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
saqlash vazirligi
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti