Mavzu: xix-asrning 30-40-yillarida Xiva xonligida ingliz mustamlakachilarining agressiv harakatlari va ularni fosh etuvchi ba`zi bir manbalar



Download 37,25 Kb.
bet1/2
Sana26.09.2021
Hajmi37,25 Kb.
#186473
  1   2
Bog'liq
Xiva Ingliz mustamlakachiligi


Mavzu: XIX-asrning 30-40-yillarida Xiva xonligida ingliz mustamlakachilarining agressiv harakatlari va ularni fosh etuvchi ba`zi bir manbalar

XIX asrda O`rta Osiyo xonliklariga Ingliz va Rus elchilari turli xil maqsadlar bilan kirib keladi. Rossiya imperiyasi va Buyuk Britaniya imperiyasi tomonidan yuborilgan elchilar haqida asosan rus va ingliz tilidagi adabiyotlarda yoritilgan. Bu manbalarda asosiy urg’u o`z mamlakatlari manfaatiga berilgan bo`lib, O`rta Osiyo xonliklarining ichki siyosatini, ularning harbiy qudratini va boshqalarni o`rganishdan iborat bo`ldi. O`rta Osiyo xonliklari haqida ularning ma’lumotlarini xolis va haqqoniy deb bo`lmaydi. Shuning uchun ham bugungi kun tarixchilari oldida mana shu manbalarni o`rganib, unga haqqoniy va xolis yoritish muhim vazifa bo`lib turibdi. Zero, O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti ta`kidlaganidek: “Tarixni yozishda hech qachon o`ng tomonga ham, chap tomonga ham og`masdan, faqat haqiqat va adolat nuqta`yi nazaridan yo`l tutilishi kerak. Soxta tarix bamisoli og`u kabi insonni zaharlaydi, uning ongu dunyoqarashini chalg`itadi”. Shu nuqtayi nazardan ham O`rta Osiyo xonliklarida faoliyat yuritgan xorijiy mamlakat vakillari, ayniqsa ingliz elchilari faoliyatini har tamonlama puxta o`rganib, xolis va aniq xulosalar chiqarish bugungi kun tarixchilari oldidagi muhim vazifalardan biri hisoblanmoqda.


Bizga ma’lumki, Qadimgi dunyo tarixidan boshlab Yangi tarix davrigacha mamlakatlar turli xil hududlar borasida bir-birlari bilan nizolar chiqarishgan va urushlarni amalga oshirishgan. Hududlar masalasi mamlakatlar uchun ayniqsa, mustamlakachi mamlakatlar uchun muhim hisoblangan. O`rta Osiyo hududi o`zining strategik qulay nuqtada joylashganligi bilan Buyuk Britaniya imperiyasida qiziqish uyg’otdi. O`zining rivojlangan sanoati va savdosi bilan Buyuk Britaniya imperiyasi dunyoning barcha hududlariga kirib bormoqda edi. Ayniqsa, bu hududda vjudga kelgan Ingliz-Rus raqobati O`rta Osiyo hududida bu mamlakat elchilarini yanada faollashtirib yubordi. XVII – XVIII asrlarga kelib ingliz sanoati va savdosining butun dunyoga hukmron bo`lishga intilishi oqibatida iqtisodiy aloqalar mustamlakachilik xarakteri kasb etib, boylik orttirish, zo`ravonlikka aylana bordi. Bu holat ayrim davlatlar tomonidan O`rta Osiyo bozorlariga o`z mollarini taklif etish bilan birga uning tabiiy boyliklarini aniqlash ishlarini jadallashtirishga undadi. Rossiya va Angliyaning O`rta Osiyodagi iqtisodiy tashqi siyosati ayni shu maqsadlarga qaratilgan edi. Bu borada Rossiya imkoniyatlari geografik omil tufayli Angliya va boshqa davlatlarnikiga nisbatan yuqoriroq bo`lgan. Shu sababli O`rta Osiyo haqida mukammalroq ma’lumotlar to`plash imkoniyati oshib borgan. Ammo, shuni alohida ta’kidlash kerakki, Rossiyaning o`ziga ham dastlab O`rta Osiyo, xususan, Buxoro va Xiva xonliklari haqidagi ma’lumotlar aynan yevropalik sayyohlar tomonidan yetkazilgan.
Bizga ma’lumki, O`rta Osiyo o`zining bebaho tarixiga ega. Bu bebaholik ko`p jihatlar bilan dunyo xalqlarida qiziqish uyg’otib kelgan. Shu jihatlardan biri sifatida O`rta Osiyoning strategik jihatdan qulay hududda joylashganligini misol qilib keltirishimiz mumkin. Mana shunday qulay strategik hudud XVI asrdan boshlab Angliya va Rossiya kabi davlatlarni o`ziga tortadi. Endi bu davlatlar bu hududga qandaydir yo`llar bilan suqulib kira boshlashdi. Ular o`z vakillarini ko`proq savdogar, elchi qiyofasida yo`llashdi. Ana shunday shaxslardan biri Antoniy Jenkinson bo`lib, u 1558-yili Buxoroga rus podshosining guvohnamasi bilan 1555-yil tuzilgan “Moskva savdo kompaniyasi” vakili bo`lib keladi. Elchi xonlikning xalqaro va ichki savdo imkoniyatlarini “Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yilgi sayohat” nomli esdaliklarida bayon etadi ”.
Rus olimi S.V. Jukovskiy Jenkinsonning Buxoroga borishi haqidagi fikrlarini bayon qilib quyidagicha yozadi: “Aytish qiyin, nahotki Jenkinson chindan ham Ivan Grozniyni o`z tomoniga og‘dirib olgan, va go`yo Ivan Grozniy inglizlarga yoqish uchun uni O`rta Osiyoga borishiga ruxsat bergan. Jenkinsondan balki podsho (Ivan Grozniy – I.K.) foydalangandir va uni, 1557-yilda Rossiyada erkin savdo qilishlari uchun ruxsat so`rab hadya va tortiqlar bilan Moskvaga kelgan Xiva va Buxoro elchilik missiyasiga javob tariqasida Jenkinsonni Buxoro va Xivaga elchi qilib yubormadimikan?” 35 . Yuqoridagi fikrlarga tayanib, aytish mumkinki, Jenkinson Moskva Rusining Buxoroga yuborgan birinchi rasmiy elchisi edi. O`ylaymizki, Jukovskiyning ikkinchi fikri haqiqatga yaqin bo`lsa kerak, ya`ni podsho O`rta Osiyo bilan savdo aloqalarini o`rnatish maqsadida ingliz savdogari Jenkinsonga rasmiy yorliq bergan. Jenkinsonning Rossiya nomidan O`rta Osiyoga jo`natilishi Rossiyaning O`rta Osiyo savdosida ma`lum bir manfaati bo`lgani tasdiqlaydi va Rossiya bilan O`rta Osiyo o`rtasida savdo aloqalarining rivojlanishiga yo`l ochgan. 1558-yil 23-dekabrda Jenkinson Rossiya podshosi Ivan IV ning ishonch yorlig‘i bilan Buxoroga keladi va u yerda savdoning holati bilan tanishadi. Jenkinson Moskvaga qaytayotganida u bilan birga Buxoro, Urganch, Balx elchilari ham birga kelishgan.
Xiva xonligi tarixi va uning qo`shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalari to`g‘risida anchagina ma`lumotlar mavjud. Ma`lumotlarning aksariyati Rossiya tomonidan O`rta Osiyo xonliklarini, Eron va Hindistonni o`rganish maqsadida jo`natilgan elchilar va diplomatlar tomonidan yig‘ilgan dalillardan iboratdir.

Angliya o`z diplomatlari, sayyohlari hamda ayg’oqchilari vositasida Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. Ular shu maqsadda fors va turk tillarini yaxshi bilgan Konolli, Byorns, Archi Todd, Abbot va Shekspir kabi zobitlarni o`zbek xonliklariga yubordilar. Ayrim manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko`ra, Konolli Xiva xoni bilan uchrashib, unga O`zbek davlatlarining chet mamlakatlar tomonidan ishg’ol etilishidan asrovchi yagona yo`l bor. U ham bo`lsa, bir-birlaringiz bilan yaxshi munosabatda bo`lib, o`zaro yordamlashishdir, degan. Xiva xoni Olloqulixon esa ruslarning bahorda yana hujum qilmoqchi ekanliklaridan xabar topgach, Istanbulga va inglizlar huzuriga o`z elchilarini jo`natib, yordam so`radi. Turkiya davlatidan biror xabar ololmagan Xiva xoni xuzuriga ingliz zobitlari Abbot va Shekspir yetib kelishdi. Ular Xiva xoniga poytaxtdagi rus asirlarini ozod qilish va bu bilan bo`lajak to`qnashuvga bahona qoldirmaslik lozimligini uqtirdilar. Haqiqatdan, asirlarning ozod etilishi bilan yangi urush ochishga ortiq bahona qolmagach, Perovskiy yurishni kechiktirishga majbur bo`ldi. Xavfning bartaraf bo`lganini ko`rgan Olloqulixon Qutbiddinxo`ja ismli elchisini Istanbulga jo`natib, turklarni vaziyatdan ogoh qildi. Olloqulixon tinchlikni ta’minlashda bergan yordamlari uchun ingliz hukumatiga ham elchilar yollab, o`z minnatdorchiligini bildirgan edi.


Ingliz mustamlakachilari Afg‘oniston, Buxoro, Xiva va Qo`qonga Britaniyaning bo`lajak koloniyasi va, shuningdek, Rossiyaga hujum qilishda qulay platsdarm deb qaradilar. XIX asrning 20 – 30-yillarida Janubiy Turkiston, Buxoro, Xiva, Qo`qon xonliklari Hindistondan yuborilgan ingliz agentlari tomonidan sinchiklab o`rganila boshlanadi. Masalan: 1810-yili Pottinjer Krist—Belujiston va Sindga, 1821-1822 yillarda Freyzer — Xurosonga yuboriladi. Shuningdek Tibet, Yorkent, Qo`qon, Buxoro, Xiva va Afg‘onistonga Ost-Ind kompaniyasining amaldorlari, ingliz ofitserlari yuboriladi. Ularga qanday yo`llar bilan bo`lmasin bu mamlakatlarda razvedka ishlarini olib borish vazifasi topshiriladi. Inglizlar har xil yo`llar bilan O`rta Osiyo xonliklarini Rossiya bilan bo`lgan savdo va iqtisodiy aloqalariga putur yetkazishga harakat qiladilar. Ular XIX asrning 20-yillarida o`z mollarini O`rta Osiyoga osonroq o`tkazish maqsadida Hind daryosi bo`ylab savdo yo`li ochadilar. Hind daryosining o`rta sohilida Doroi G‘ozixon shahrida yarmarka ochib, O`rta Osiyo savdogarlarining diqqatini Rossiyaning Nijenovgorod yarmarkasidan bu yarmarkaga tortmoqchi bo`ladilar.

Inglizlarning bu harakatlari Rossiyaning O`rta Osiyo xonliklari bilan bo`lgan savdo aloqalariga bevosita xavf tug‘dirdi. Rossiya bilan Angliya o`rtasidagi savdo raqobati maydonga kela boshladi. Mana shuning uchun ham 1839-yilning mart oyida general-adyutant Perovskiyning Xiva xonligida yurishi to`g‘risida ishlangan loyihani ko`rib chiqish uchun tuzilgan komitet bu ekspeditsiyaning sabablaridan biri deb quyidagini topgan edi. “Xivaliklarning, ayniqsa ingliz hukumati bizning sanoatimiz va savdomiz zararini ko`zlab, o`z hukmronligini o`rnatish uchun intilishi natijasida uzoq vaqtlar jazolanmasliklari orqasida O`rta Osiyoda Rossiyaning bo`shashgan ta’sirini tiklash kerak”.

XIX asrning 30-yillari oxiri va 40-yillarining boshida O`rta Osiyoga Stert, polkovnik Stoddart, Artur, Konolli, Abbot, Shekspir va boshqa bir qancha ingliz agentlari yuborildi. Ularning ko`pchiligi O`rta Osiyo hududidan, asosan, Hirot orqali o`tar edilar. Chunki, bu davrda Hirot ingliz agressorlari bosqinchilik harakatlarining markazi bo`lib, bu sohada Hirotning geografik mavqeyi— Afg‘oniston, Eron va O`rta Osiyoning markazida joylashganligi bilan katta ahamiyatga ega edi. Bundan tashqari, inglizlar uchun Hirotda o`rnashib olishga qulay bahona bor edi. Ular Eron va Afg‘onistondan ajralib mustaqil bo`lib olish uchun Hirot hukmronlari olib borgan harakatlarining go`yo tarafdori bo`lib, Hirotga bu bahona orqasida istaganlaricha ochiq va maxfiy suratda o`z agentlarini yuborar edilar.

Bu shaxslarning asosiy vazifalari O`rta Osiyo xonliklarini Angliya ta’siriga tortish, O`rta Osiyo va unga chegaradosh bo`lgan yerlarda razvedka ishlarini olib borish, ingliz agenturasi uchun ma’lumotlar to`plash, Rossiyaga qarshi tashviqot va targ‘ibotlar tarqatish, O`rta Osiyo xonliklarini birlashtirib Angliya ta’siriga tortish, Rossiyaga qarshi kaolitsiya tuzish va O`rta Osiyoni Rossiyaga qarshi kurashishda tayanch nuqtaga aylantirishdan iborat edi.

1839-yili Hirotga Doren Todd yuboriladi. Toddning asosiy faoliyati O`rta Osiyoda ingliz kolonial va agressiv siyosatini amalga oshirishdan iborat bo`ldi. U O`rta Osiyo xonliklarida razvedka va qo`poruvchilik ishlarini olib borishda ingliz agenturasiga boshchilik qiladi. Doren Todd tomonidan 1835-yili polkovnik Stoddart, 1841-yili Konolli razvedka va qo`poruvchilik ishlarini olib borish uchun Buxoro xonligiga yuboriladi. Ammo bu shaxslar Buxoroda to`la mag‘lubiyatga uchraydilar. Ingliz bosqinchilari Buxoroda mag‘lubiyatga uchraganlaridan so`ng, Xiva xonligi bilan Buxoro xonligi o`rtasidagi ixtiloflardan va Perovskiyning Xivaga yurishi munosabati bilan Rossiya bilan Xiva xonligi o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashganligidan foydalanib, Xiva xonligiga suqulib kirish maqsadiga tushadilar. Ular, avvalo 1839-yili Mulla Husaynni Xivaga yuboradilar. Mulla Husayn qaytib kelgandan so`ng, tez fursatda Todd kapitan Abbot boshchiligida Xivaga yurish uchun yangi ekspeditsiya tashkil etadi. Bu ekspeditsiya 1840-yili Xivaga keladi. Abbot tez fursatda xon bilan uchrashadi. Abbot va undan so`ng Shekspir va Konollilarning Xiva xonligiga kelishi hamda xon bilan olib borgan muzokaralari haqida Ogahiy86, Muhammad Yusuf Bayoniy87 Xiva tarixiga oid qo`lyozma asarlarida hamda Perovskiy tomonidan vitse—kanslerga yozilgan xatlarda ma’lumotlar beriladi.

Bu ma’lumotlar ingliz mustamlakachilarining Xiva xonligida va unga chegaradosh bo`lgan Rossiya yerlarida olib borgan josuslik va qo`poruvchilik ishlarini fosh etishda katta ahamiyatga ega bo`lib, bu masalalarni yoritishda birinchi darajalik manba sifatida xizmat qiladi. Abbot o`zining Xivaga qilgan safariga bag‘ishlangan ikki tomlik kitobida xon saroyida muhokama qilingan masalalar haqida hech narsa yozmaydi. U bu masalalarni qayd qilib o`ltirishning hojati yo`q, deb aytadi.

Xiva tarixchisi Ogahiy o`z asarida Abbotning xon bilan olib borgan muzokaralari ustida to`xtab, o`tmasa ham, uning shohona hadyalar olib kelganligini va xon tomonidan qabul qilinganligini eslatib o`tadi. Bu yuqoridagi ikki manbaga nisbatan ingliz josusi Abbotning yaramas ishlarini fosh etishda va ingliz istilochilari faqat O`rta Osiyodagi emas, balki Rossiyaning ham shunday dushmani ekanliklarini ko`rsatishda Xiva tarixchisi Muhammadyusuf Bayoniyning “Shajarai Xorazmshohiy” nomli qo`lyozma asarida bergan ma’lumoti katta ilmiy ahamiyatga ega. Bayoniyning so`zicha Abbot Xiva xonligiga Angliya qirolining yorlig‘i bilan kelgan. Bayoniy Abbotning Xiva xoni Ollohulixon bilan olib borgan muzokaralarida Rossiyaning Xivaga solib turgan “tahdidiga” ko`proq suyanganligi va, shuningdek, ig‘vo yo`llari bilan xonni qo`rqitmoqchi bo`lganligi to`g‘risida quyidagi qiziq voqeani yozadi:

“Ruslar... yana ellik yildan so`ng sizlarning viloyatlaringizni olur. Agar xohlasangizkim, viloyatingiz davom qo`lingizda turib, hech kishi anga mutaarriz (qarshi) bo`lmag‘ay, viloyatingizni xatlashib bizga bering. Xorazm ingliz yurti bo`ldi degan so`z ishtihor tobsun (mashhur bo`lsin), andin so`ng bu xavfdin forig‘ bo`lursiz. Bizning sizga bu so`zimiz xoshokim nafsoniyat yuzidan bo`lg‘ay, balki maxz (samimiy) do`stlikdirkim, g‘arazimiz Rossiyaga hind yo`lini masdud etmakdir. Bizdan sizga foyda yetar, aslo zarar yetmasdur, xatlashg‘onda xohishingizcha shartnoma yoza bering, biz qabul etarmiz...”.

Abbotning Xiva xonligida Angliya ta’sirini joriy qilish, uni Angliya mustamlakasiga aylantirish uchun qilgan harakati barbod bo`ldi. Bunga xonning Abbotga aytgan quyidagi so`zi yorqin dalil bo`la oladi. “Alhol Ul (ruslar) bizning ustimizga yurish etgan emas. Ellik yilgacha kim boru, kim yo`q. Biz ellik yilda kelur ishning andishasi bilan bugun yurtimizni qo`ldan birovga bermaymiz, bizdan so`ngilar pesh etmakni xohlar etsinlar”. Shunday qilib, Abbot o`z maqsadini amalga oshira olmagan va 1840-yil may oyida Novoaleksandrovskiy istehkomida Rossiya hukumati tomonidan qo`lga olindi.

Bu haqda Orenburg general-gubernatori Perovskiy 1840-yilning 27-mayida vitse-kanslerga quyidagi xabarlarni yuborgan edi: Oldin Abbot komendaturada o`z hujjatlarini ko`rsatishdan bosh tortdi. Lekin qattiq talab qilingandan keyin, nihoyat, Abbot Angliyaning Hirotdagi elchisi Daren Todd qo`l qo`ygan ingliz tilida yozilgan pasport yoki ochiq (hujjat) qog‘ozni berdi. Hujjatning orqa tomonida forscha va alohida yarim qog‘ozda fransuzcha tarjimasi berilgan. Hujjatning bu nusxasida, Abbotning Hirotdan Xivaga yuborilganligi haqida ma’lumot berilsa, uning ingliz tilidagi asl nusxasida esa boshqa qo`l va boshqa siyoh bilan “...lozim bo`lib qolsa, Rossiya orqali qaytilsin”, degan jumlalar yozilgan edi.



So`ngra Perovskiy, Abbotning Novoaleksandrovskiy istehkomiga kelganligini va uning bu yerga kelishdan maqsadi faqat razvedka qilishdan iborat bo`lganligini aytadi.

Bu fakt Abbotning Rossiya tuprog‘iga o`tishga qasd qilganligi va O`rta Osiyodagi rus istehkomlarini razvedka etib, ingliz agenturasiga ma’lumotlar yig‘ib Hirotga qaytish maqsadida bo`lganligidan shahodat beradi. Biroq Abbot o`z niyatlarini amalga oshira olmagandan so`ng, qalloblik yo`lini tutib, asosiy maqsadini yashirish niyatida hujjatga “Rossiya orqali qaytilsin” degan so`zni shaxsan o`zi yozib qo`ygan bo`lsa kerak. Abbotdan so`ng, Xivaga mayor Toddning buyrug‘i bilan kapitan Shekspir yuboriladi. Shekspir Xiva xonligining amaldorlarini sotib olish uchun pul sarf qiladi, lekin bunga ingliz josusining puli ham yordam bermadi. Shuningdek, u o`zining qo`poruvchilik ishlarini amalga oshira olmadi. Aksincha, inglizlarning hatti-harakatlari, ularning agressiv niyatlari fosh qilindi. Xiva hukumati inglizlarning biz faqat Rossiyaga qarshimiz, Sizga “xayrixohmiz”, “yordam qilamiz” degan niqob ostida mamlakatni zabt qilishdan iborat maqsadlarini sezib qolib, ularni o`z saroyidan chetlatishga va Rossiya bilan yaqinlashishga qaror qildi. Garchi Perovskiyning Xivaga qilgan qishki yurishi muvaffaqiyatsiz tamom bo`lsa ham, Xiva hukumati Rossiya takliflarini qabul qilishga va rus asirlarini Xivadan o`z vatanlariga jo`natib yuborishga rozi bo`ldi. Chunki, Xiva xonligining ichki vaziyati Rossiya bilan tezlikda diplomatiya va savdo aloqalarini tiklashni talab qilar edi. Shekspir Rossiya tuprog‘iga kirish maqsadida o`z vataniga qaytayotgan rus asirlaridan foydalandi. Ogahiyning yozishicha, Shekspir Xiva xoni Olloqulixon va uning vaziridan rus asirlari bilan birga Orenburgga yuborishlarini so`ragan. Xonning roziligi bilan Shekspir rus asirlari orasida Xiva xonligidan Rossiyaga yuborilgan. Shekspir Rossiya chegarasiga o`tishi bilanoq o`zini Xiva xonligidagi rus asirlarini “ozod etuvchi” deb e’lon qildi. Ingliz josusining rus asirlarini “qutqazuvchi” bo`lib qolishi to`g‘ridan-to`g‘ri xoinlik va mutlaqo bo`htondan iborat edi. Rus asirlarining ozod etilishining asosiy sabablari, o`zlarining qabih niyatlarini amalga oshirish uchun Xivaga kelgan ingliz agentlarinnng iltimoslariga bog‘liq bo`lmay, balki o`sha vaqtlarda Rossiya va Xiva xonligi o`rtasidagi diplomatik munosabatlarni tinchlik bilan yo`lga qo`yish uchun Xiva hukumatining intilishiga bog‘liq edi. Ogahiyning yozishicha, rus asirlariki o`z vatanlariga kuzatish Rossiya tomonidan Ayitovga, Xiva xoni tomonidan mufti Otaniyoz xo`jaga topshirilgan94. Shekspirga esa faqat karvon bilan birga kelishga ruxsat berilgan edi. Shunday qilib, Shekspir ham Abbot singari o`zining qabih niyatlarini amalga oshira olmasdan, Rossiya orqali Londonga qaytib ketdi. 1841-yili Buxoroda zindonga tashlangan Britaniya agenturasining vakili polkovnik Stoddartni qutqarish bahonasi bilan Konolli Xiva xonligiga keladi. Konolli Xiva xonligida qushbegi va mehtar bilan tez-tez ko`rishib turadi. Bu suhbatlarda u Xiva hukumatini Buxoroga qarshi urush ochishga rag‘batlantirish uchun Buxoroni talash bilan Xivaning davlatmand bo`lishini, lozim bo`ladigan harbiy xarajatlarni Angliya hukumati o`z ustiga olajakligini bildirgan. Bu faktik dalillar, Angliya mustamlakachilarini bir xalqni ikkinchi bir xalqqa, bir mamlakatni ikkinchi bir mamlakatga qarshi qo`yib, tajovuzkor ishlarini yashirishda o`zlarini Osiyo davlatlari o`rtasida “tinchlik o`rnatuvchi”, “sulhparvar” deb da’vo qilishlarini ko`rsatadi. Biz yuqorida Abbot va Shekspirning Xiva xonligiga haqiqatda nima maqsadda kelganliklarini birinchi darajali manbalar asosida aytib o`tgan edik.

Ammo Konolli Xivada o`z maqsadiga erishmasdan, maxfiy ravishda, “Tarixi Turkiston” asarining muallifi Mulla Olim so`zi bilan aytganda, “maxfiy yo`llar bilan” Qo`qonga jo`naydi. Bu vaqtda Qo`qon xoni Muhammadalining Buxoro askarlari bilan urushda yengilishi Konolli rejalarining barbod bo`lishiga olib keldi95. Ayni zamonda u shunday bir ahvolga tushib qolgan ediki, hatto qochishga ham ulgura olmasdan, to`g‘ri Buxoroga borishga majbur bo`ldi. Konollining haqiqiy maqsadlarini oldindan sezgan amir Nasrullo Buxoroga yetib kelishi bilanoq, uni zindonga tashlaydi. Eron tarixchisi Mahmud Mahmudiyning so`ziga qaraganda, Afg‘onistonda ingliz qo`shinlarining mag‘lubiyatga uchraganini eshitgach, Buxoro amiri Stoddart va Konollilarni qamoqqa olishga buyurgan edi. Shunday qilib, fosh etilgan ikki ingliz razvedkachilari: kapitan Konolli va polkovnik Stoddartlar Buxoro zindoniga tushgan edilar.

Ingliz kolonizatorlari agenturasining bu harakatlari O`rta Osiyoda Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy ta’sirini qo`porib tashlab, u yerda o`z platsdarmlarini o`rnatib, Rossiyaga qarshi kurash uchun qaratilgan edi. Mulla Olim o`z asarida inglizlarning bu harakatlarini faqat Eron va Afg‘oniston chegaralariga Rossiyani yaqinlashtirmaslikdan iborat, deb qayd qiladi. Lekin, u inglizlarning O`rta Osiyoda o`z hukmronligini o`rnatib, u yerda yashovchi xalqlarni qul qilish va Rossiyaga qarshi kurashda O`rta Osiyoni platsdarmga aylantirish maqsadida ekanini sezmagan. Bularga qaramasdan, “Tarixi Turkiston” asarida berilgan ma’lumotlar XIX asrning 30 – 40-yillarida ingliz tajovuzkorlarining O`rta Osiyoda olib borgan qo`poruvchilik harakatlarini fosh etishda birinchi darajali manba bo`lib xizmat qiladi. Asarda berilgan bu ma’lumotlar juda qimmatli materialdir, chunki ular boshqa adabiyotlarda mana shunday batafsil qayd qilinmaydi. Hatto Buxoro zindoniga tashlangan Stoddart va Konolli o`z jonlarini saqlab qolish uchun islomni qabul qilishga ham tayyor edilar. Lekin, ularni bu ham qutqara olmadi. Ular xalq o`rtasida Buxoroning markaziy maydonida osib o`ldirildi.

Konolli va Stoddartni qutqarib olish uchun Hindiston generalgubernatorining harakati ham, Britaniya korolevasining Buxoro amiriga yozgan shaxsiy xati ham, Rossiya, Turkiya hamda Xiva xonligining homiylik qilib, o`rtaga tushishi ham foyda bermadi.

XIX asrning 30-yillarida Xiva xonligida ingliz agressorlarining tajovuzkorlik ishlarini fosh etishda V. Luganskiyning 1839-yili “S. Peterburgskiye Vedomosti”ning 24-sonida bosilgan hikoyasi katta ahamiyatga ega. V.Luganskiy o`z hikoyasida savdogar niqobi bilan Eron orqali Xivaga o`tgan ingliz agentlari to`g‘risida qiziq ma’lumotlar keltiradi. “Shu yilning bahorida – deb yozadi u, turkmanlar yetakchiligida Eron orqali Xivaga besh yoki yetti nafar ingliz keldi. Aytishlaricha, ular savdogarlar bo`lib, ...kuzatuvchilar (turkmanlar) Xiva hukmronlari bilan kelishib olib, Buxoroga emas, Xivaga olib kelganlar. Xon bularni shaharning chekkasidagi uylardan biriga qamab qo`ygan, ular bu yerda ancha yotishgan. Nihoyat, hayit kuni ular bo`shatilgan va kun bo`yi ozod yurganlar, ammo bu kun ular uchun oxirgi ozodlik kuni bo`lgan. Ertasiga erta bilan bu inglizlarni ushlab, shahar chekkasiga olib chiqqanlar va xonnnig huzurida ularni qiynab so`roq qilganlar. Ular bo`lsa, har gapda Buxoroga savdo ishi bilan ketayottanliklarini aytishgan. Ammo xon bularni o`z ko`zi oldida bo`g‘ib o`ldirishga buyurgan. Xonning amaldorlari uning buyrug‘ini o`sha vaqtdayoq ijro etishgan. Tiriklardan ikki kishi qolganda, xonning amaldorlaridan biri unga shunday degan:

“— Taqsir, ko`rib turibsizki, ularda hech qanday gunoh yo`q, bo`lmasa o`z gunohlariga iqror bo`lardilar, behuda gunoh ortirishning nima hojati bor, ularni qo`yib yuboring! Ammo xon:

— Sheriklarini o`ldirgandan keyin, bularni qo`yib yuborishdan nima foyda, peshonada yozilganini ko`radilarda, qolganlarini o`ldirish shart,

– degan. Ulardan oxirgisi xonni qattiq so`kib shunday degan:

— Sen bizlarni qanday qiynagan bo`lsang, tez fursatda sening boshingga ham shunday og‘ir kunlar keladi. Uning bu so`zi xonga yoqmagan, xon keyin ancha o`ylanib qolgan. Aytishlaricha, bu inglizlarning hamyonlaridan 5000 chervon topilgan emish”

Ingliz mustamlakichilari o`zlarining agressiv muadaolarini Xivada ham amalga oshira olmadilar. Chunki, ingliz mustamlakachilarining hind, afg‘on va Osiyoning boshqa xalqlariga ko`rsatgan “yordamlari”, “do`stona munosabatlari”, hamda Afg‘onistonda olib borgan qonli kirdikorlari natijasida to`la mag‘lubiyatga uchrashlari, shuningdek, ingliz josuslarining Buxoroda xalq ichida jazolanib o`ldirilishi butun Sharqqa ma’lum bo`lib ketgan edi. Shunday qilib, Britaniya istilochnlarnning O`rta Osiyoni bosib olish uchun olib borgan tajovuzkorlik harakatlari O`rta Osiyoda qattiq qarshilikka uchradi va O`rta Osiyo xalqlarining Rossiya bilan asrlardan beri davom etib kelayotgan munosabatlariga xalal yetkaza olmadi. Aksincha, ingliz mustamlakachilarining O`rta Osiyodagi agressiv harakatlari va O`rta Osiyo xalqlarining mustaqilliklari uchun solgan tahdidlariga javoban, O`rta Osiyo Rossiya bilan yanada yaqinlashdi. Chunki, ingliz kolonizatorlari tomonidan Hindistonning bosib olinishi va hind xalqining bo`yniga solingan mustamlaka zanjirning ayanch, sadosi butun Sharqqa eshitilar edi, Xulosa qilib aytganimizda, XIX asrniyg 40 – 50-yillarida ingliz mustamlakachilarining Xiva xonligidagi tajovuzkorlik ishlarini fosh etishda sharhlangan manbalar juda katta siyosiy va ilmiy ahamiyatga ega. Xususan, bu masalalar haqidagi qo`lyozma manbalar hanuzgacha ilmiy doiralarga to`la ma’lum emas. Ingliz elchilarini faoliyati Qo`qon xonligini ham chetlab o`tmadi. Qo`qon xonligiga ham ingliz elchilari kirib kelishgan. Shuni ham aytib o`tmoqchimanki, Qo`qon xonligida inglizlar tomonidan yuborilgan elchilar ko`pchilikni tashkil etmaydi.

Konolli Xivada o`z maqsadiga erishmasdan, maxfiy ravishda, “Tarixi Turkiston” asarining muallifi Mulla Olim so`zi bilan aytganda, “maxfiy yo`llar bilan” Qo`qonga jo`naydi. Bu vaqtda Qo`qon xoni Muhammadalining Buxoro askarlari bilan urushda engilishi Konolli rejalarining barbod bo`lishiga olib keldi102. Ayni zamonda u shunday bir ahvolga tushib qolgan ediki, hatto qochishga ham ulgura olmasdan, to`g‘ri Buxoroga borishga majbur bo`ldi. Inglizlar o`z manfatlaridan kelib chiqqan holda xonliklarga yordam berish yo`llarini qidirdilar. Zamonaviy to`p quyuvchi muhandislardan biri Mustafo “ismi”ostida Qoqonga jo`natildi. U Hindistonlik turkiy sipohiylarga ko`ngilli bo`lib, Qo`qonga keladi. 1858-yil mart oyida Angliya parlamenti Hindistonni mustamlakalashtirish va Turkistonda savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida maxsus qo`mita ta’sis etdi. Buning oqibatida ingliz savdogarlari turli mahsulotlar bilan xonliklarga kelib turdi. Bu tadbirlar Rossiya hukumatining g’oyat tashvishlantirdi. Hukmron va harbiy doiralar podsho hukumatini tezroq xonliklarni bosib olishga unday boshladi.

XIX asrning o`rtalarida inglizlar Hindistonda o`z mavqelarini mustahkamlab olgan, Afg’oniston va O`rta Osiyoga intilayotgan bir davr edi. Bu yillari Rus armiyasi ham Orenburgga o`rnashib olib, kelgusi yurishlarini Turkistonga qaratishni rejalashtirayotgan edi. Inglizlarga O`rta Osiyoning siyosiy ahvoli, geografik mavqei, aholisi, armiyasi haqida aniq ma’lumotlar havo bilan suvdek zarur edi. Ular O`rta Osiyoga yuborilgan bir necha sayyohlar maqsadga erisha olmadi: qatl etildi, cho`llarda suvsizlikdan nobud bo`ldi, chegaralarda ushlab qolindi. Armin Vamberi inglizlarning so`nggi umidi edi. U bu umidni to`la oqladi. Vamberi aqlli edi, ilmli edi, ayyor edi. U har qanday qiyinchilikka jismonan chidadi, chunki yoshligi qiyinchilikda o`tgan edi; u o`z safari davomida berilgan har qanday so`roqlarga aniq, to`g‘ri javob berdi, uning ilm doirasi keng edi.

Armin Vamberi 1832-yilning 19-mart kuni Dunay orollaridan biriga joylashgan kichik venger shahri Duna Sherdaxelida yahudiy oilasida tug‘ilgan. 12 yoshgacha qishloq maktabida o`qiydi, so`ng Avliyo Georgiy gimnaziyasiga kiradi. 16 yoshida u mojor, lotin tillaridan tashqari, fransuz, nemis, ingliz, hamda skandinaviya tillarini yaxshi bilgan, rus va boshqa slavyan tillaridan xabari bo`lgan. Ota-onasi erta vafot etganligi sababli, u yoshligidan mehnatdan qochmadi. Til o`rganishga qiziqish Vamberida erta boshlangani, G‘arb va Sharq tillarini o`rganish uning uchun bir orzu bo`lgan. Vamberining ikkinchi yana bir orzusi bor edi - u venger tilining kelib chiqishini, uning Sharq tillari bilan aloqasini aniqlamoqchi edi.

O`sha vaqtlari va undan keyin ham, bir qancha olimlar venger (mojor) urug‘i O`rta Osiyodan yoki Boshqird tekisligidan ko`chib kelgan degan taxminni olg‘a surishgan. A.Vamberi yoshligidan bu jumboqqa javob axtarib, O`rta Osiyoni ko`rib qaytganidan so`ng, unga javob topgandek bo`ladi. U yozadi: “Biz Osiyoda turg‘un bo`lib qolib ketgan urug‘larimizni qidiryapmiz, degan fikr xatodir... Biz o`z tilimizning etimologik tuzilishini aniqlashga harakat qilamiz, aniq ma’lumot olish uchun qardosh shevalarga murojaat etamiz”

Ma’lumki, venger tili oltoy tillari oilasiga kiradi. A.Vamberining orzuyi venger tilini oltoy tillari oilasining fin-ugor guruhlarigami yoki turkiy tillar guruhiga kirishini aniqlash edi. Shu maqsadda, ma’lumotli bo`lganidan so`ng, u 1852-yili Osiyo mamlakatlaridan eng yaqini Turkiyaga yo`l oladi. U o`sha yillari Konstantinopol deb nomlamgan Istanbulga ko`chib o`tib, o`ziga to`q, turk oilalarida g‘arb tillari, asosan fransuz tilidan dars bera boshlaydi. Avval Posha Husayn Doim xonadonida, so`ngra do`sti va maslahatchisi Mulla Ahmad afandi ta'sirida deyarli usmonli turk qiyofasiga kiradi hamda Fuod posha idorasiga ishga o`tadi. Bir necha yil turk xonadonlarida bo`lishim, islom maktablariga va kitob do`konlariga qatnab yurishim, deb eslaydi A.Vamberi, meni tezda turkka, hatto afandiga aylantirib qo`ydi. Istanbulda A.Vamberi turk tili, eski o`zbek tilidan tashqari, arab, fors tillarini qunt bilan o`rganadi, islom dini qonun-qoidalari bilan mukammal tanishadi va natijada, islom dinidan olgan bilimi bir mullaning bilimidan ortiq bo`ladi. Bularning ustiga 1858-yili “Nemischa-turkcha lug‘at” (taxminan 14 ming so`zli), 1860-yili esa “Chig‘atoycha (eski o`zbekcha) — nemischa lug‘at” (taxminan 40 ming so`zli) tuzib, Istanbuldagi nashriyotlarda chop ettiradi.

A.Vamberining bu ishlari O`rta Osiyoga rejalashtirayotgan sayohatining boshlang‘ich bosqichi edi. Tillarni o`rganishdagi mening muvaffaqiyatlarim, deb xotirlaydi u, Sharq bo`ylab sayohatni davom ettirishim uchun meni ruhlantirdi. Men O`rta Osiyo bo`ylab sayohat qilishga bel bog‘lar ekanman, afandi qiyofasini saqlab qolishni va Sharqqa shu mamlakatlarning tabiiy fuqarosi sifatida kirib borishni to`g‘ri deb hisobladim. O`z rejasini amalga oshirish maqsadida A.Vamberi 1863-yilning boshida Tehronga keladi. Eron poytaxtidagi Turkiya elchixonasi boshlig‘i uni yaxshi qabul qiladi va O`rta Osiyoga darvish qiyofasida amalga oshiriladigan “sayohat” rejalarini ishlab chiqa boshlaydilar. Bu reja bo`yicha, A.Vamberi Makkadan kelayotgan hojilar karvoni bilan O`rta Osiyoga kirib borishi lozim edi. Armin Vamberining ism-sharifi o`zgartiriladi, endi u “Rashid afandi” nomi bilan yashashga majbur edi. Keyinchalik karvondagilar uni “Rashid hoji” deb ham ataydilar. 27-mart kuni Turkiyaning Tehrondagi elchisi Rashid afandining O`rta Osiyo bo`ylab safari oldidan katta ziyofat beradi. …1863-yilning 28-mart kuni Makkadan qaytayotganlar bilan birga kechqurun Rashid darvish qiyofasida hali bizga noma’lum ming xil xayollar, ming xil rejalar bilan yurtimiz tomon kela boshlaydi. 1863-yil 29-may kuni A.Vamberi qo`shilib olgan karvon Xiva xonligi tuprog‘iga qadam qo`yadi. 30-may kuni Xiva yaqinidagi qishloqda dam olishadi. A. Vamberi: “30-may kuni biz o`zbek qishlog‘iga kirib keldik. Bu qishloq aholisi men ko`rgan birinchi o`zbeklar edi; ular juda ham ajoyib inson ekanlar”,-deb yozadi daftariga.

Xivani ko`rgan Vamberi hayratda qoladi. “Men avval Xivaning shunchalik chiroyliligini sahro bilan qiyosdan bo`lsa kerak, deb o`ylar edim. Yo`q, yo`q! Xivaning atrofidagi baland teraklar, soya tashlab turgan kichik hovlilar, ko`m-ko`k yaylovlar va to`kin-sochin dalalar hozir ham,Yevropaning g‘oyat go`zal yerlarini ko`rganimdan keyin ham, — men uchun eng chiroyli bo`lib tuyulyapti”.

Amudaryoning suvi haqida biz ko`p rivoyat va haqiqatlarni eshitganmiz. A. Vamberining yozganlari haqiqiy dalillarga qo`shilgan bir dalildir: “Dunyoda bunga o`xshash boshqa daryo yo`q, muborak Nil daryosi ham bunday emas deyishardi. Men bo`lsam, bu daryo suvining totliligi suvsiz cho`ldan chiqib, uning qirg‘oqlarida orom olish natijasida bo`rttirib aytilgan gap bo`lsa kerak, deb o`ylardim. Biroq keyinchalik buning xatoligiga ishondim. Aminmanki, men bilgan daryolar ichida suvi eng shirini, bu — Amudaryo suvidir”, deb guvohlik beradi mojor sayyohi.

A.Vamberining yozishicha, Xivaning tuprog‘i boy, u bug‘doy, sholi, ipak, paxta qog‘ozi, sifatli qizil bo`yoq olinadigan ro`yon nomli ildizi bilan shuhrat qozongan. Xivaning mevalari shunday yaxshiki, unga teng keladigan mevalarni Eron va Turkiyadangina emas, balki Yevropaning o`zidan ham topib bo`lmaydi. Ayniqsa, Hazorasp olmalari, Xivaning nok va anorlari tengi yo`q, ajab tovur qovunlari juda ham yaxshi. Uning qovunlari Pekingacha ma’lum. Aytishlaricha, Osmon saltanatining sultoni vaqti-vaqti bilan Urganch qovunlarini xushlab qolar ekan. Bu qovunlar Rossiyada ham yuqori bahoda sotiladi. Bir arava qishki qovunga bir arava shakar to`lashadi.

Yana boshqa bir kitob – “O`rta Osiyo ocherklari”da A.Vamberi Xiva qovunlari xususida to`xtalib, ularni yuqori baholaydi: Xiva qovunlariga o`xshash qovunlarni siz Osiyodagina emas, balki butun yer yuzida topolmaysiz. Ularning shirinligi to`g‘risida yevropalik hatto tasavvur ham qilolmaydi. Ular shu darajada shirin va xushbo`yki, og‘izda eriydi; agar ular non bilan yeyilsa, bizga tabiat in’om etgan eng yaxshi taom shu bo`ladi 108 . A.Vamberi 10 ta tezpishar, 5 ta qishki qovunning navlarini sanab, ularni ta’riflaydi. A.Vamberi o`zbek paxtasiga alohida e’tibor bergan. Vamberining 125 yil avval chiqargan xulosasiga ko`ra, O`rta Osiyo paxtasining kelajagi katta. Turkiston paxtasi hind, eron va misr paxtasidan yaxshi, ko`plariing fikricha, u mashhur amerika paxtasidan qolishmaydi. A.Vamberini tashvishga solgan masala — O`rta Osiyo paxtasini faqat birgina Rossiya yildan-yilga ko`proq xarid qilishi. Vamberi bu masalada ham o`ta sinchkovlik bilan ish tutgan. U 1840 – 1860-yillar davomida Buxoro amirligi va Xiva xonligidan Rossiya sotib olgan paxtaning miqdori va narxi bilan qiziqqan va buning jadvalini tuzgan. A.Vamberi jadvalidan ko`rinadiki, o`zbek paxtasining Rossiyaga chiqishi 1840 – 1850-yillarga nisbatan 1853 – 1860 yillari ikki marta oshgan. Birgina Buxoro amirligidan Rossiya 1840 – 1850-yillari 2.065.679 funt sterlinglik paxta sotib olgan bo`lsa, 1853 – 1860-yillari 4.237.772 funt sterlinglik paxta olgan.

Turkiston o`lkasining qazilma boyliklari to`g‘risida ham A.Vamberi ancha keng va haqiqatga yaqin ma’lumotlar keltirgan. Men shunday xulosaga keldimki, deb yozadi u, Turkiston boyligi kam o`lkalardan emas. Uni qum gardishli olmos, deb bejiz aytishmaydi. Kelajakda O`rta Osiyo haqiqatan ham muhim ahamiyat kasb etadi va Sharq mamlakatlari o`rtasida eng ko`zga ko`rinarli o`rinni egallaydi.

Yangi Urganchda yetishtiriladigan paxta, A.Vamberining yozishicha, eng sifatli, Hazorasp pillasidan olinadigan ipak butun Xiva xonligida eng qimmatli hisoblanadi, Gurlanda eng yaxshi sholi o`stiriladi. Buxoro va Qo`qonda ham shunday. A.Vamberi Turkistonnlng o`simlik dunyosi ta’rifiga katta e’tibor bergan. Har bir o`simlikning navlarini, qanchadan hosil berishini ko`rsatib o`tadi. Yevropa bilan qiyoslaydi. Buxoro bug’doyi eng sifatli sanaladi, u uzun va ingichka qizil rangli don beradi. Bu bug‘doy unidan Buxoro shahrida shuhrat qozongan non yopishadi. Bu bug‘doy hamma yerda “shirmoy” nomi bilan shuhrat qozongan. Guruch bu yerlarda juda ham mo`l, jo`xori uchala xonlikda ham ko`p ekiladi. Moyli ekinlardan kunjut bu yerda yaxshi o`sadi va ko`p moy beradi. Zig‘irdan olinadigan moy ovqatga ishlatiladi Paxtaning chigitidan olinadigan yog‘ ovqatga ishlatilmaydi, deb ta’kidlaydi A.Vamberi.

Bir narsani oldindan aytib qo`yishimizga to`g‘ri keladi: shaharqishloqlarimiz, xalqimiz, bizgacha barcha o`simlik va hayvonot dunyosi, yurtimizning geografik va strategik mavqei haqida A. Vamberi o`z asarlarida deyarli haqiqatni yozishga harakat qiladi. Uning vazifasi O`rta Osiyoning geografik, siyosiy, ijtimoiy mavqeini to`g‘ri baholashdan iborat edi. Uni O`rta Osiyoga yuborganlarga shu kerak edi. U o`z vazifasini a’lo darajada bajaradi. Biz uchun A.Vamberi yozib qoldirgan xalqimizning o`tmish hayotiga oid har bir tarixiy dalil qimmatlidir. Buxoro do`konlarida A.Vamberi choyning 16 xilini ko`rgan va ularning nomini o`z daftariga tushirgan. Ularning ayrimlari mana bular: qirqma, axbor, oq quyruq, qora choy, sepet choy, ishboglu, gulbo`y, poshun, mushuk ko`z, lonka. A.Vamberining o`lchovicha, o`sha vaqtlari Samarqand maydoni jihatidan Tehronga teng bo`lgan, lekin uylar uzoqroq joylashgan, katta binolar esa yaxshi yerlarga qurilgan.

A.Vamberi Qarshi shahrida faqat uch kun turgan bo`lsa-da, u yerdan ham ko`p dalillar to`plagan. Qarshi qadimgi Naxshabdir, deb yozadi u, o`zining mavqei va savdo ahamiyati jihatidan Buxoro amirligida ikkinchi shahar sanaladi. Agar siyosiy to`s-to`polon monelik qilmaganda edi Qarshi, Buxoro, Qobul va Hindiston bilan bo`ladigan savdo-sotiqda muhim ahamiyat kasb etardi. Vamberining sanog‘iga ko`ra, o`sha vaqtda Qarshining aholisi 25 ming, asosan o`zbeklar bo`lgan va ular amir askarlarining asosini tashkil etgan.

Qarshi A.Vamberi bo`lgan oxirgi bizning shahrimiz edi. Bu shaharda uch kun turgach, u Amudaryoni kechib o`tib, Hirotga yo`l oladi. 1863-yil 15-noyabr kuni Hirotdan 2000 kishilik karvon bilan Mashhadga qarab jo`naydi. O`n ikki kun yo`l yurib, 27-noyabr kuni Mashhadga yetib keladi va bu Eron shahrida birinchi qilgan ishi – Mashhad shahrining gubernatori bo`lib turgan ingliz polkovnigi Dolmaj qabulida bo`ladi. Mana shu kundan boshlab Rashid afandi o`zining darvish niqobini olib tashlab, yana Armin Vamberi qiyofasiga kiradi. Ingliz polkovnigi Dolmaj uni 1863-yil 25-dekabr kunigacha mehmon qiladi. Vamberining o`zi iqror bo`lishicha, yangi yil – mavludni mehmondo`st polkovnik bilan o`tkazib, 1863-yil 26-dekabr kuni Tehronga qarab yuradi. Bu safar u karvonsiz, o`zbek yo`ldoshi mulla Ishoq bilan otda yo`lga chiqadi. A. Vamberidan u to`plagan O`rta Osiyoga oid dastlabki ma’lumotlar bilan tanishgan ingliz polkovnigi Vamberi va mulla Ishoqni ikki yaxshi ot va yetarli yo`l anjomlari va xarajat bilan ta’minlaydi.

1864-yil 20-yanvar kuni A. Vamberi va mulla Ishoq Tehronga yetib kelishadi: “Ko`rinishim kulgili va ayanchli bo`lishiga qaramay, men Turkiya elchixonasiga shoshildim. Ingliz elchixonasi esa, meni xushmuomalalik va samimiyat bilan kutib oldi”, deb xotirlaydi A. Vamberi chindan ham, Buyuk Britaniyaning Erondagi elchisi Alison, uning ikki sekretari Tomson va Votson Vamberiga iltifot ko`rsatishadi va Angliyaga yetib borishi bilan O`rta Osiyo xotiralarini bosib chiqarishda yordam berajaklarini bildirishadi. Bu yerda bir narsaga e’tibor berish kerak: hech bir elchixonadagi uchrashuvda Vamberining yo`ldoshi mulla Ishoq ishtirok etmaydi. A. Vamberini elchilar, ingliz harbiylari qabul qilib, unga iltifot ko`rsatishayotganda, mulla Ishoq “Makkaga olib bormoqchi bo`lgan” o`z hamrohini karvonsaroylarda kutib o`tirar edi. Tehronda A. Vamberini Eronning yosh shohi Nazriddin ham qabul qiladi. “Yosh Nazriddinshoh meni bog‘da qabul qildi, - deb eslaydi Vamberi. — U mendan (O`rta Osiyolik) hamkasblari, xonliklar haqida so`radi. Men ularning siyosiy ahvoli tangligini aytdim. Yosh shoh yonida o`tirgan vaziriga “O`n besh ming askar bilan biz ularning hammasini yengardik”, dedi.

Shunday qilib, biri Turkiston ziyoratidan qaytayotgan, yana biri haj safariga borayotgan bu ikki sayyoh Istanbulga borganlarida mulla Ishoqda bilim o`rganishga bo`lgan tashnalik haj safari ishtiyoqidan ustun keladi va u hamrohi bilan Vengriyaga borishga qaror qiladi. Darvoqe, Istanbulga yetib kelguniga qadar mulla Ishoq Rashid afandi sifatida bilgan hamrohining 19-asrning eng buyuk sharqshunos-turkologi va xufyalaridan biri A.Vamberi ekanligidan xabari bo`lmagan va u bu sirdan faqat ushbu shaharda voqif bo`ladi. Bu sirning ochilishi yosh mullada qanday hissiyotlar uyg‘otganini tasavvur qilish qiyin, ammo masalaning yana bir tarafi shundaki, o`sha paytlarda Vamberi rasman islom dinini qabul qilgan – musulmon edi, mulla Ishoqni ana shu hol hamrohi bilan yo`lda davom etishga undagan bo`lishi mumkin (Wikipediyadagi ma’lumotlarga qaraganda, Vamberi to`rt marta islomni qabul qilgan).

XULOSA
Xiva xonligi hududiga ham J. Abbot, Shekspir, Konoli kabi ingliz elchilari kirib kelishadi. Bularning faoliyatini kuzatadigan bo`lsak, Xiva xonligini Buxoro amirligiga qarshi qo`yish, xonlikda Rossiya imperiyasi faoliyatini cheklash va asosan Buyuk Britaniya imperiyasi manfaatlarini ustun qo`yib, o`z mustamlakalaridan biriga aylantirish edi. J. Abbotni faoliyatiga nazar tashlasak dastlab faol harakatlarni amalga oshirdi, lekin xon va u bilan o`tkazgan muzokaralari hech qanday natija bermadi. Shekspir ham xonlikda faol elchilik qilmoqchi bo`lib, xonlikdagi ko`plab amaldorlarga boyliklar ulashadi. Ular bilan yaqin aloqalar o`rnatadi. Uning harakatlari ham hech qanday natija bermaydi. Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki Ingliz elchilari Xiva, Qo`qon xonliklari va Buxoro amirligi hududidagi faoliyatlari ular o`zlari o`ylagan darajada natija bermadi va faoliyatlari qandaydir sabablar tufayli cheklanib qoldi. Ingliz elchilari O`rta Osiyo xonliklari siyosiy hayotiga kirib borisha olmadi.



Download 37,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish