Mavzu: Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar Reja



Download 27,38 Kb.
Sana05.04.2017
Hajmi27,38 Kb.
#6157
Mavzu: Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar

Reja:

1.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida diniy e'tikod erkinligining kafolatlanishi.

2.1998 yil 15 mayda yangi taxrirda kabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tugrisida” qonunning mohiyati.

3.O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan diniy tashkilotar. O'zbekiston musulmonlari idorasining faoliyati.




O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida diniy e'tikod erkinligining kafolatlanishi.

O'zbekiston xukumatidiniy bag'rikenglik siyosatini olib bormoqda. Respublikada islom bilan bir qatorda boshqa noislomiy konfessiyalar xam emin-erkin faoliyat kursatmokda. Fuqarolarga millati, irqi, dinidan qat'i nazar, teng xuquqlar konun orqali kafolatlangan.

Mustaqillik ijtimoiy xayotning barcha soxalarida, jumladan, ma'naviy xayotdagi yangilanish jarayonini, tub o'zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo'lgan munosabat tubdan o'zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik xujumkorlik siyosatiga bardam berildi, vijdon erkinligi, qonun orkali kafolatlandi.

Siyosiy mustaqillikka erishgan barcha yosh davlatda yuz bergani kabi bizning mamlakatda xam ta'lim yunalishi mazmun moxiyatining o'zgarishi, davlat tili, an'analar, milliy va ma'naviyatga e'tiborning ortishi, bularning xammasi, diniy omil axamiyatga davlatning munosabatini ko'rsatadi.

Mustaqillik yillaridakutilmagan voqealarga xam duch kelindi. Xalqaro terrorizm bilan uyushib ketgan diniy ekstremizm endilikda umumbashariy muammoga aylandi.Diniy bag'rikenglik moxiyati. IX asrdan boshlab hozirgi O'zbekiston xududida islom dini sunna yo'nadishining hanafiy (Imom A'zam) mazx,abi qaror topdi. Xanafiylik o'zga dinlar va maxalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berish bilan boshqa mazxablardan ajralib turadi.

Vijdon erkinligizamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar turadi.

Vijdon erkinligikishilarning ruhiy olamiga, uning sog'lom va barkamolligiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o'rni va bajaradigan vazifalari g'oyatda muhimdir.

Insonning, shaxsning qadr – qimmatining ustivor qadriyat sifatida e'tirof etuvchi hozirgi dunyoda, mazkur ziddiyat (diniy dunyoqarash bilan dunyoviy fikr o'rtasidagi ziddiyat) insonning erkin fikrlash, xohlagan dinga e'tiqod qilish erkiga yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslik erkiga bo'lgan huquqini tan olishga aylanadi. 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumiy deklaratsiyaga muofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o'z dini yoki e'tiqodini uzgartirish erkinligi, o'z dini yoki e'tiqodiga o'zicha shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini iboratqilishida va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o'z ichiga oladi.

Bundan tashqari bu masalaga yana bir murakkab hodisani turli dunyoqarash, e'tiqodga bo'lgan kishilar o'rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o'rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta'minlanganligini ham nazarda tutadi.
1998 yil 15 mayda yangi taxrirda kabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tugrisida” qonunning mohiyati.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”maxsus qonun Vijdon erkinligi va e'tiqod hurligini kafolatlovchi konstitutsiyaviy qoidalarni amalda ta'minlash maqsadida davlatimiz qabul qilingan va unda insonning shu masala yuzasidan huquqini ruyobga chiqarishning tizimi

(mexanizmi) yaratigan.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”maxsus qonun dastlab 1991yil 14 iyunda qabul qilingan. Bu qonun demokratik dunyoviydavlatda dinning o'rnini adolatli tarzda belgilab berishda dastlabki ijobiy qadam boldi.

“Ijtimoiy – ma'naviy mihitni yanada sog'lomlashtirish, diniy aqidaparstlikning oldini olish chora – tadbirlari to'g'risida” qarorni O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi 1998 yil 26 martda qabul qildi. Ushbu qaror bilan aholining, ayniqsa yoshlarning dunyoviy, ilmiy axloqiy salohiyatini yuksaltirish, ularga Vatanga sadoqat, milliy, ma'naviy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg'ularini kuchaytirish, jamiyatimizda diniy aqidaparastlikning har qanday ko'rinishlarini oldini olish, siyosiy va ijtimoiy – ma'naviy muhitni yanada sog'lomlashtirishga qaratilgan dastur tasdiqlandi.

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun. Ushbu konun 1991 yilda qabul qilingan bo'lib, 1993 yilda kiritilgan ba'zi qo'shimcha va o'zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo'lib keldi.

1990 yillarning boshlarida xukumatimiz tomonidan berilgan imkoniyatlarning suiste'mol qilinishi, masjid qo'rish kampaniyaga aylanib ketishi oqibatida ularning soni 89 tadan 5001 tagacha yetdi. Ularning aksariyati xujjatlarito'liqrasmiylashtirilmagan, malakali imomlar bilan ta'minlanmagan (95,8% diniy ma'lumotsiz) va zarur sharoitlar bo'lmagan xolda faoliyat yurg'izib, turli "peshvo"lar masjidlarni o'z uyalariga aylantirishga xarakat qildilar.

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»giqonunning 8-moddasiga asosan:diniy tashkilotlar 18 yoshga to'lgan va respublika xududida doimiy yashayotgan 100 nafardan kam bo'lmagan O'zbekiston fuqarolari tashabbusi bilan tuzilishi, muayyan konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va yo'naltirib borish uchun ular-tip respublika bo'yicha yagona markaziy boshqaruv organi tuzilishi mumkinligi xaqidagi qoida mustaxkamlab qo'yildi.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi yangi tahrirdagi qonundademokratik davlatning dinga nisbatan tutgan siyosatining huquqiy asoslari batafsil aks etgan. Jumladan “O'zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan hech bir dinga yoki diniy e'tiqodga boshqalarga nisbatan biron – bir imtiyoz va cheklashlar belgilanishi yo'l qo'yilmayda”Davlat turli dinlarga e'tiqod qiluvchi va ularga e'tiqod qilmaydigan fuqarolar har xil e'tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o'rtasida o'zaro muraso va hurmat o'rnatilishiga ko'maklashadi diniy va o'zga mutanosiblikka hamda ekstrimizmga munosabatlarini qarama – qarshi quyish va keskinlashtirishga, turli konfetsiyalar o'rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan

harakatlarga yo'l quyilmaydi. (5 - modda)


O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan diniy tashkilotar. O'zbekiston musulmonlari idorasining faoliyati.

Diniy tashkilot- bu ma'lum dinga ishonuvchilar va ularning jamoalarining uyushmasidir ( Masjid, cherkov, sinagoga, diniy quv yurtlari)

Dinning davlatdan ajratilganligi quyidagilarni nazarda tutadi:

1. Diniy konfessiyalar, tashkilotlar va din xizmatlari faoliyatini bir maqsadga

fuqarolarning diniy ehtiyojlarini qondirishiga faqatgina diniy ibodat va marosimlarni ado

etishga yo'naltirish (lozim bo'lsa ularni shu yo'nalish doirasi bilan chegaralash):

2. Diniy muaassasa va tashkilotlar zimmasidan biron bir davlat funktsiyasini bajarishni

soqit qilish;

3. Davlat tomonidan hech bir diniy konfediyaga moddiy yordam kursatmaslik va ularning

birontasiga nisbatan biron bir imtiyoz bermaslik.

4. Davlat diniy tashkilotlarning fuqarolar diniy extiyojlarini qondirish bilan bog'liq,

qonun xujjatlariga zid bo'lmagan faoliyatiga aralashmaslik.

Xozirgi paytda O'zbekistonda quyidagi diniy markazlar mavjud:

? O'zbekiston musulmonlari diniy idorasi;

? Rus provaslovie Cherkovi Yeporxiyasi Boshqaruvining Markaziy Osiyodagi markazi

? Yevangeliya Xristian Baptistlarning Markaziy Osiyo buyicha markazi

? Yettincha kun adventistlarning Markaziy Osiyo va Kavkaz orti buyicha markazi.

? O'zbekiston Yevangeliya Lyuteran jamoalari Yeparxiyasi

? O'zbekiston “bibliya jamiyati”

? O'zbekiston Rim katolik cherkovi markazi

? Krishnani anglash O'zbekiston diniy jamiyati

? “Chunan`” xristian prisviterian dindorlar tashkiloti qonunning mazmuniga kura, barcha

diniy kanferentsiyalar tegishli markazlarga ega bo'lishlari, ro'yxatdan o'tkazilishi

rasmiylashtirilishi lozim.

Xozirgi vaqtda O'zbekistonda bir qator diniy yo'nalishdagi o'quv yurtlari faoliyat ko'rsatmoqda.

1. Imom al-Buxoriy oliy islom ilmgoxi

2. Imom Faxriadin Ar-Roziy islom madrasasi

3. Buxorodagi Mir-Arab madrasasi

4. Samarqand xristian protestant diniy seminariyasi

5. Axeytmimim O'rta Osiyo yaxudiy diniy seminariyasi

6. Eshon Boboxon nomli islom o'rta maxsus bilim yurti

7. Sayd Muxiddin maxdum nomli islom o'rta maxsus bilim yurti.

Qonun xususiy tadbirda diniy ta'lim berishni man etadi..(9-modda)

Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mulkiy xayrlarning, shuningdek, fuqorolardan tushgan mablaxlardan soliq undirilmaydi.Ularning ishlab chiqarish faoliyatidan keladigan foydadan, ijtimoiy tashkilotlar korxonalarning olinadigan xajmda soliq olishadi. Ibodat diniy rasm-rusum va marosimlar o'tkazish maxalliy xokimyat tomonidan taqiqlanmoqda,Bu qonun oldingi qonundan muxim farqi quyidagicha :

1. Mazkur qonunda dindorlarning erkin e'tiqod qilishiga aloxida e'tibor berilgan.

Avvallari xar bir diniy marosimga turli baxonalar bilan tanqidiy baxo berilgan bo'lsa,

endilikda bunga chek quyilgan.

2. Qonunda dindorlar xam, daxriylar xam O'zbekiston qonunlari oldida teng xuquqliligi kursatilgan. Undan tashqari avvallari diniy ibodatxona ochishlari uchun 10 kishidan iborat fuqorolar O'zbekistonning tegishli organlariga ariza berishlari kerak bulgan endi 100 kishiga ko'paytirildi.



3. Qonun vijdoniy e'tiqodga, uning dunyoviy va diniy shakillariga erk beradi, ularni mustaqil, teng mavjudligini va nizosiz ish olib borishlarini ta'minlaydi, ularni qullab quvvatlaydi, g'ayriqonuniy tajavvuslardan ximoya qiladi.
Download 27,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish