Mavzu. Urug‘-qabila va milliy dinlar Ma’ruza rejasi



Download 50,68 Kb.
bet1/11
Sana07.06.2021
Hajmi50,68 Kb.
#65718
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 mavzu
lesson 17(35), 6-sinf Biologiya choraklik variantli test, 6-sinf Biologiya choraklik variantli test

  1. Mavzu. Urug‘-qabila va milliy dinlar
    Ma’ruza rejasi:


  1. Dinning ibtidoiy shakllari

  2. Qadimgi Misr va Yunoniston dinlari

  1. Ya

hudiylik dini va ta’limoti

  1. Hin

distonda milliy dinlarning shakllanishi

  1. Uz

oq sharq dinlari: konfutsiylik, daosizm, sintoizm

Tayanch tushunchalar



Totemizm, fetishizm, animizm, shomonizm, magiya, qadimgi Misr dinlari, qadimgi Yunoniston dinlari, milliy dinlar, vedalar dini, braxmanizm, xinduizm, jaynizm, sikxizm, daosizm, kofutsiychilik, sintoizm, yaxudiylik.

  1. Masala bayoni. Dinning ibtidoiy shakllari

Totemizm. «Totem» so‘zi Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida «uning urug‘i» ma’nosini anglatadi va mohiyatan «odamning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqasi bor» deb e’tiqod qilish, ehtimol, ma’lum bir jamoaning avvalda asosiy oziqa manbaini tashkil qilgan hay von yoki o‘simlikka nisbatan e’tibor keyinchalik vujudga kelgan qabila diniy tasavvurlarining asosiy shakllaridan biriga aylangan bo‘lishi mumkin. Urug‘dosh guruhlar o‘zlarini umumiy belgilari va totemlari bo‘lgan hayvon yoki o‘simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar.

Urug‘dosh jamiyatning shakllanish jarayonida totemizm muhim rol o‘ynadi, ayniqsa, qarindosh guruhlarning boshqalardan ajralishiga, «o‘zimizniki», ya’ni «bir totemga tegishli» degan aniq taassurot paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Totemizm ta’sirida paydo bo‘lgan urf-odatlar va me’yorlar asrlar davomida qat’iy ravishda qo‘llanildi. Ayni totemga xos bo‘lmagan begonalar bu jamoa urf-odati va me’yorlaridan chetda hisoblangan.

Urug‘ va qabilalar o‘z totemi nomi bilan, masalan, tuyaqush urug‘i, ilon urug‘i, burgut urug‘i, qurbaqa urug‘i, baliq urug‘i kabi nomlar bilan yuritilgan. Urug‘ a’zolari totem hisoblangan hayvon yoki o‘simlikni o‘ldirish, otish, ovlash, behurmat qilish yoki nobud qilish, taomga ishlatish taqiqlangan. Bunday odatga Tabu (taqiqlash) deyilgan. Keyinchalik bu taqiqlar yo‘qola borgan va totemning faqat ba’zi qismlari - kallasi, buyragi yoki jigarini iste’mol qilish taqiqlangan. Totem hisoblangan hayvonni so‘yish vaqtida undan uzr so‘raganlar, gunohini soqit qilishga uringanlar.

Shunday qilib ibtidoiy odam o‘zini tabiatdan ajratmagan, o‘zi va uni o‘rab olgan borliqdagi narsa va xodisalar orasida qon-qarindoshlik mavjud deb tasavvur qilgan.

Hozirda qo‘llanilib kelinayotgan muchal yillari ham tarixan totemizm bilan bog‘liqdir. Chunonchi, sichqon, sigir, yo‘lbars, quyon, baliq, ilon, ot, qo‘y, maymun, tovuq, it, to‘ng‘iz yillari shu jumladandir.

Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida totemizmning asosiy vazifalari, yuqorida aytib o‘tilganidek, birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi. Totemizm diniy shakllarning dastlabkisi sanalsa-da, hozirda ham ko‘plab xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning unsurlari saqlanib qolgan (masalan, Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru, qirg‘izlarda oq bug‘u afsonaviy baxt keltiruvchi hayvon sifatida ulug‘lanadi).




Download 50,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash