Namangan viloyati Xalq Ta`limi Boshqarmasi Namangan tuman XTMFMTvaTE bo`limiga qarashli 39-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi kimyo fani o`qituvchisi Rahima Nosirovaning 7-sinflar uchun tayyorlagan
Ushbu dars ishlanmasi umumiy o’rta ta’lim maktablari kimyo fani o’qituvchilari uchun tayyorlangan bo’lib, yangi pedagogig texnologiyalar asosida olib borilgan.
Muallif: Nosirova Rahima- Namangan tuman XTMFMTvaTE bo`limiga qarashli 39-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi
Taqrizchi: M.Umrzaqov - 30-sonli umumta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi
Mazkur dars ishlanmani viloyat xalq ta’limi boshqarmasining metodika kehgashida 2016 yil _____ № - sonli qarori bilan ommalashtib foydalanish uchun tavsiya etilgan
Tuzlarning olinishi va xossalari
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
Tuzlarning olinishi va xossalari
Maqsad
Ta’limiy: o’quvchilarga tuzlarning olinishi, fizik va kimyoviy xossalari haqida ilmiy tushuncha berish;
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish. Jamoa bo’lib ishlash, o’zaro yordam berish, vazifani bajarishda mas’uliyat hissini sezish ko’nikmalarini tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarga anorganik moddalarning muhim sinflaridan biri tuzlar mavzusidagi tushunchalarni ajrata bilish, nazariy bilimlarni amalda qo’llay olish, vatanga sadoqat bilan xizmat qilish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish.
Vazifa
Tuzlarni olinishi, xossalarini bilish orqali kimyo faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, nazariy bilimlarni hayotda qo’llay olish