Mavzu: Topografik xarita va undan geograflya darslarda foydalanish
Maqsad: O’quvchilarga geografiya darslarida topografik xaritalardan foydalanish, topografik plan olish va u bilan ishlash, topografik xaritalarning masshtablari asosida joyda mashg’ulotlar o’tkazish metodikasi.
Reja:
1. Topografik plan olish uslublari.
2. Kartalarning matematik elementlari.
3. Topografik xaritalaming masshtablari va u bilan ishlash.
Biz yashab turgan yer sharining yuzasi suv ob'ektlari bo’lgan okean, dengiz, ko'1, daryolardan, har xil relefli tog’liklar, tekisliklar, pasttekisliklardan va inson bunyod etgan yo’llardan aholi yashaydigan joylardan va boshqa xilma-xil geografik ob'ektlardan iborat. Yer yuzasidagi bu ob'ektlarning chegaralari har xil chiziqlardan iborat. Yer yuzasidagi nuqtalarning tekislik deb qabul qilingan sathiy yuzaga tushirilgan o’rni shu nuqtalarning gorizontal proyeksiyasidir. Masalan, rasmdagi a, b, s, e, d va i nuqtalar yer yuzasidagi A, B, C, D, E va I nuqtalarning gorizontal proyeksiyasidir. Yer yuzasidagi biror kichikroq maydonning gorizontal proyeksiyasining qog’ozda kichraytirilgan tasviriga plan deyiladi. Planda masshtab hamma joyda bir xil bo’lib, xatolik deyarli bo’lmaydi. Agar planda joydagi ob'ektlargina tasvirlansa plan, rel'ef ham qo’shib tasvirlansa topografik plan deb ataladi. Yer sharining hammasi butunicha yoki birorta katta qismi tekis yuzada, ya'ni qog’ozda tasvirlanganda yeraing sharsimonligi hisobga olinadi.
Xarita deb, yer yuzasining yerning sharsimonligi hisobga olingan holda, ma'lum proyeksiya, masshtab va shartli belgilar yordamida ishlangan kichraytirilgan tasvirga aytiladi. Xarita bilan planning bir-biridan farqlari quyidagilardan iboratdir: 1. Xaritada yerning sharsimonligi e'tiborga olinadi, planda esa e'tiborga
olinmaydi;
2. Xaritada meridian va parallel chiziqlar chizilib, kartografik to’r hosil
qilinadi, planda kartografik to’r chizilishi shart emas;
3. Plan albatta, yirik masshtabda bo’ladi, shuning uchun masshtab hamma joy
uchun bir xil. Xarita yirik va mayda masshatbda bo’lishi mumkin, mayda masshtabli kartada masshtab hamma joyda bir xil bo’lavermaydi, chuti
kartada bosh masshtab va xususiy masshtab rnavjud;
4.Planda yer yuzasining birorta bir kichkinagina qismi tasvirlanadi.
Xaritada esa, odatda, alohida davlatlar, qit'alar, okeanlar va hatto butun
yuzi tasvirlanadi;
5.Xaritadagi shartli belgilar ma'lum kattalikda (Geodeziya, Yer kadastr
katografiya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan kattalikda
tasvirlanadi. Planda esa ba'zan shartli belgalar har xil kattalikda ishlatilishi
mumkin.
6. Xarita faqat davlat tashkilotlari tomonidan rejali ravishda tuzilsa, plan
davlat tashkilotlaridan tashqari, xohlagan kishi yirik masshtabda tuzishi mumkii
Do'stlaringiz bilan baham: |