Mavzu: Tibbiyot xodimlari faoliyatida etika-deontologiya masalalari. O’quvchi bilishi kerak



Download 109 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi109 Kb.
#319386
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu


Mavzu: Tibbiyot xodimlari faoliyatida etika-deontologiya masalalari.

O’quvchi bilishi kerak:

  • "Etika" "Deontologiya" tushunchalarini;

  • Etika kategoriyalarini;

  • Deontologiyaning asosiy vazifalarini;

  • Sorrogeniya, yatrogeniya tushunchalari va ularning bemorga ta'sirini;

  • O’rta tibbiyot xodimlarining asosiy burchlarini.


1 ."Etika" "Deontologiya" tushunchalari.

Zamonaviy tibbiyot sohasida etika masalalari doirasi turli atamalar bilan belgilanmoqda: «shifokor etikasi», «tibbiyot etikasi», «tibbiyot deontologiyasi», «bioetika», «biotibbiyot etikasi». Bu atamalarning mohiyatini tushunish uchun ularning qisqacha tarixi bilan tanishish lozim. Eramizdan 1500 yil oldin qadimiy hind shifokorlari kasbiy qasamyod qabul qilishgan. Yevropa tibbiyotida hozirgacha o'z kuchiga ega bo’lib kelayotgan qadimiy yunon shifokori Gippokrat etikasi, ayniqsa, uning mashhur qasamyodi muhim ahamiyat kasb etadi.

Gippokrat tibbiyot etikasining asosiy mutaxassislik yo'nalishlari quyidagilardan iborat:



  1. Hayotga hurmat.

  2. Bemorga zarar yetkazmaslik.

  3. Bemor shaxsini hurmatlash.

  4. Shifokor siri.

  5. Kasbga hurmat.

Mustaqil hamshiralik kasb etikasini yaratishida rus olimi N.I. Pirogovning o'rni katta. Uning fikricha, hamshiraning asosiy vazifalaridan biri bemor parvarishini, kuzatuvini tashkil qilish, amalga oshirish va sog'ayishga ishontirish.

Tibbiyot deontologiyasi — burch haqidagi ta'limot bo'lib, tibbiyot etikasining bir qismini tashkil qiladi.

Hozirgi vaqtda bu ikki atama — «tibbiyot etikasi» va tibbiyot deontologiyasi» yonma-yon qo'llaniladi.

Bioetika — zamonaviy tibbiyotning muammoli masalalarini etik yo'nalishda o'rganib, bular quyidagi tushunchalarni tashkil qiladi:

Sun'iy urug'lantirish, abort, sterilizatsiya (urug'sizlantirish), inson o'limining yangi tushunchasi ( miya o'limi), evtanaziya (oson, yengil o'lim), a'zolarning transplantatsiyasi (biror a'zoni bir odamdan ikkinchi odamga ko'chirib o'tkazish), tibbiy genetik maslahat va boshqalar.

Bioetik tekshiruvlarda tibbiyot xodimlaridan tashqari filosoflar, huquqshunoslar va boshqa kasb egalari ishtirok etadilar.



Bioetika — zamonaviy ilmiy tekshirishlarning fanlararo bog'langan sohasidir. Bioetika bu zamonaviy tibbiyotda inson muammolari va huquqlarini o'rganuvchi fandir. Insonlar huquqini kafolatlash faqat nazariy masala bo'libgina qolmay, amaliy hamdir. Bioetikaning rivojlanishida ko'pgina maxsus davlat korxonalari ham ishtirok etmoqda. Ular zamonaviy tibbiyot sharoitida insonlar huquqini himoyalashni kafolatlaydi.

Qabul qilingan falsafaning axloqiy elementlari avval ham hamshira amaliyotida ma'lum bo'lib, o'z o'rniga ega edi. Hamshi­raning axloqiy va ma'naviy sifatlarining ahamiyati uning kasbiy faoliyatidagi malakasidan past darajada bo'lmagan.

Tibbiyotning o'ziga xos xususiyati shundaki, insonning bosh­qa turdagi faoliyatidan farqli o'laroq, bemor bilan doimiy, betinim, kundalik muloqotni o'z ichiga oladi. Salomatligiga putur yetgan insonning ruhiy holati sog'lom insondan boshqacha ekanini esda tutish kerak. Xastalik, ayniqsa, uzoq davom etayotgan surunkali xastalik insonga ruhiy shikast yetkazadi, jismonan va ruhan zo'riqishga sabab bo'ladi. O'z salomatligi va hayotini hamshiraga ishongan bemor undan tez va samarali shifo topishni istaydi. U hamshiraning faqat malakasiga emas, balki sofdilligi, halolligi, oliyjanobligi va hushyorligiga ham ishonishi kerak. Shuning uchun ham azaldan hamshiralarning axloqiy, ma'naviy sifatlariga alohida talablar qo'yib kelingan. Hamshira ham, o'z navbatida, jamiyatga, hamkasblariga, bemorlarga nisbatan ma'lum bir axloqiy majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi.

Deontologiya hamshiralik etikasining bir qismidir. Bu terminni birinchi bo'lib Kant qo'llagan. "Deon" — grekcha so'z bo'lib, "burch" degan ma'noni anglatadi. Deontologiya qonun- qoidalarini birinchi bo'lib Gippokrat tartibga solgan. Gippokratning aytishicha, "Tibbiyotga o'zini bag'ishlagan inson quyidagi xislatlarga: oliyhimmatlik, sofdillik, teran fikrlik va bosiqlikka ega bo'lishi kerak". Tibbiyot hamshirasi ish faoliyatida qanday xislatlarga ega bo'lishi zarur?

"Mehr, muhabbat va g'amxo'rlik — eng yaxshi dori" degan edi Parasels. Ko'pchilik davlatlardagi hamshiralik maktablari bitiruvchilarining (Florens Naytingeyl) qasamyodi hamshiralikning etik va deontologik qonun-qoidalariga javob beradi va unda shunday deyilgan:

"Olloh oldida va shu yerda yig'ilganlar oldida halol hayot qurish, vijdonan o'z vazifamni ado etishga, o'zimni barcha zaharli va zararli moddalardan tiyishga, hech qachon zarar yetkazuvchi dorilarni ishlatmaslikka va buyurmaslikka, bor kuchim bilan o'z kasb mahoratimni oshirib borishga, bemordan va uning qarindosh-urug'laridan u to'g'risida men biladigan ma'lumotni sir saqlashga, sidqidillik bilan shifokorga yordam berishga, menga muhtoj bo'lganlarga butun vujudim bilan g'amxo'rlik qilishga tantanali ravishda va'da beraman".


Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish