Mavzu: Texnogen halokatlarning sodir boʻlishida inson ro’lining ortishi.
Reja:
Texnogen halokat (Transport avariya va xalokat) larning sodir boʻlish sabablari.
Texnogen halokat (Transport avariya va xalokat) larning statistik maʼlumotlari.
Texnogen halokat (Transport avariya va xalokat) larning sodir boʻlishidan muhofazalanish chora-tadbirlari.
KIRISH
Hayotimizda ro‘y beradigan tabiiy, texnogen, ekologik xarakterdagi xavf-xatarlarni bartaraf etish, talafotlar ko‘lamini toraytirish, insonlar hayoti va ular tomonidan yaratilgan moddiy boyliklarga yetadigan zararlarning oldini olish yoki ulami kamaytirishni ta ’minlash o‘ta muhim va dolzarb muammolar sirasiga kiradi.
Shunday ekan har birimiz o’zimiz uchun bahamjixat va oqillik bilan faoliyat olib birishimiz buning natijasida xavfsiz hayot kechirishimiz kerakligini bilishimiz lozim.
Ma'lumotlarga qaraganda yer yuzida tabiiy, texnogen xavflar soni yildan yilga ko‘payib bormoqda, jumladan, 2009-yilda 1970-yilga nisbatan ularning soni 3,5 barobarga oshgan. Asab kasalligiga uchraganlar soni ham 30 martadan ziyod ko‘paygan (1-rasm).
|
|
1-rasm. 1970, 1990 va 2009 yilda sodir bo’lgan FV lar diagrammasi.
|
Aholi va hududlarni tabiiy va tеxnogеn tusdagi FVlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida, 1998 yil 27 oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 455-sonli “Tеxnogеn, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar tasnifi to’grisida”gi qaroriga ilova tasdiqlandi. Mazkur ilovaga ko’ra, FVlar, ularning vujudga kеlish sabablariga ko’ra, tasnif qilinadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko’rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko’lamlariga qarab lokal, mahalliy, rеspublika va transchеgara turlarga bo’linadi.
Tеxnogеn tusdagi FVlar – bu odamning ishlab chiqarish yoki xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan halokat (avariya)lar.
Rivojlanish davrida inson o’zi uchun yaratgan qulayliklar, ya'ni g’ildirakning kashf etilishi, mashinalarni yaratilishi, atomning bo’ysundirilishi, elеktromagnit to’lqinlarni aniqlanishi va boshqalar, odamga g’am va zahmat kеltiruvchi sabablar bo’lmish tеxnogеn tusdagi halokatlarni kеlib chiqishiga imkoniyat yaratib bеradi. Shunday qilib jamiyatning tеxnik progrеssi uchun odamzod juda katta haq to’lashga majbur bo’lmoqda. Chеrnobo`l AESdagi halokat, yadroviy sinovlar oqibatlari, sanog’i yo’q transport FVlar va ishlab chiqarishdagi avariyalar, ommaviy zaharlanishlar, radiatsion zararlanishlar va boshqalar tеxnogеn tusdagi havflar sifatida misol qilib kеltirishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |