Mavzu: tarixiy antropologiyaning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari



Download 162,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.06.2021
Hajmi162,97 Kb.
#100158
  1   2   3
Bog'liq
2-mavzu yuzasidan maruza matni



2-MAVZU: TARIXIY ANTROPOLOGIYANING VUJUDGA KELISHI VA 

RIVOJLANISH BOSQICHLARI. 

Reja: 

1. Tarixni o„rganishda tarixiy-antropologik yondashuvning vujudga kelishi. 

2.  Tarixiy  antropologiyada  tarixiylik  prinsiplari  va  O„zbekistonda  tarixni  tizimli 

o„rganishning yo„lga qo„yilganligi. 

3. Tarixni o„rganishda anaxronizm va modernizatsiya. 

Tayanch  so`z  va  iboralar:  antropologik  yondashuv,  K.Ginzburg,  N.Z.Devis,  E.Lerua 

Ladyuri, “Umumiy tarix”, anaxronizm, modernizatsiya. 



Asosiy qism:  

Tarixni  o‘rganishda  tarixiy-antropologik  yondashuvning  vujudga  kelishi.  Mavzuda 

tadqiqot predmeti va tarixiy antropologik yondashuv, tarixiy antropologik yondashuvning o„ziga 

xos jihatlari, siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy tarixni inson tarixi “antropologizatsiya” ga aylanishi 

zamonaviy  jahon  tarix  fani  yetakchi  yo„nalishining  vujudga  kelishi  jarayoni  bilan  tanishib 

chiqishimiz  kerak  bo„ladi.  Ayniqsa  tarixni  o„rganishda  tizimli,  tarixiy  antropologik 

yondashuvning  ahamiyati  o„tgan  asrning  70–80-yillarida  Yevropada,  ayniqsa  Germaniya, 

Fransiya  va  Angliyada  o„zining  yuqori  cho„qqisiga  chiqdi.  Shuning  uchun  bu  davr  tarixiy 

antropologiyasini rivojida “klassik davr” deb aytish mutaxassislar orasida keng rasm bo„lgan. Bu 

davr  mualliflari  orasida  to„rtta  muallifni  ishlarini  alohida  ta‟kidlagan  bo„lar  edik.  Ayniqsa 

K.Ginzburg, N.Z.Devis, E.Lerua Ladyuri kabi mualliflarning asarlari aynan o„tgan asrning 70–

80-yillariga  to„g„ri  keladi.  Bu  mualliflarni  kitoblari  aynan  hozirgi  zamon  antropologiya  fani, 

ayniqsa bu tarixning yana bir bo„lagi hisoblangan “mikrotarix”ni vujudga kelishiga olib kelgan 

va  aynan  shu  mualliflarning  ishlari  tarixni  o„rganishni  eng  yangi  yondashuv  sifatida  qabul 

qilingan.  Yuqorida  nomlari  tilga  olingan  mualliflar  o„zlarining  ishlarida  avvaldan  tayyorlab 

qo„yilgan tayyor programmalardan foydalanishmagan, balki ular yozgan turli ishlardan keyingi 

mualliflar  tarixiy  antropologiyaning  nazariy-metodologik  asoslarini  yaratishda  foydalanganlar. 

Bundan  tashqari  yuqorida  nomlari  ko„rsatilgan  olimlar  to„rtta  (fransuz,  italyan,  amerika  va 

britaniya)  maktablarini  vakillari  bo„lganliklari  uchun  ham  bu  maktabning  vakillari  70–80-

yillarda yaratgan tarixiy antropologiya xalqaro maktabga aylanganligini ko„rsatadi. Bu mualliflar 

orasida  Emmanyuel  Lerua  Ladyurining  1294-yildan  1324-yillarga  tegishli  bo„lgan  “oksitan 

qishlog„i”  nomli  kitobi  ayniqsa  mashhur  bo„ldi.  Bu  kitob  o„z  davrining  tarixchilari  orasida 

“etnografik  maktabning  oliy  namunasi”  degan  bahoga  sazovor  bo„lgan.  Muallif  o„zining  bu 

kitobida Akvitaniyadagi qishloqlardan birining bitta avlod yashagan davrdagi, ya‟ni XIII asrning 

oxiri XIV asrning boshlariga oid hayot dunyosini “tiriltirishni” maqsad qilib oladi. Bunday faqat 

bitta qishloqning juda qisqa muddatiga doir tarixini tiklash uchun Pame shahrining episkopi Jak 

Furnening  1318–1325-yillarda  475  ta  qishloq  odamlarini  inkivizitsiya  sudi  so`roqlarini 

protokollari  saqlanganligi  tufayli  tarixchiga  dehqonlar  hayotining  hamma  qirralari  va  ikir-

chikirlarigacha  ko„rishga  muvaffaq  bo„lgan.  Shuning  uchun  ham  muallif  o„zining  kitobini 

“Inkivizitsiyadan etnografiyaga” deb nomladi. Muallif bu ishda dastlab Pireney yarim orolidagi 

holat,  tabiiy  iqlimiy  sharoitning  dehqonchilik  va  chorvachilikka  moslashganligi,  uning  ijtimoiy 

strukturalari,  hokimiyatni  taqsimlanishini  tasvirlagan.  Kitobda  yozilishicha,  feodal  yer  egasi, 

shuningdek episkopning qishloq hayotiga ta‟siri deyarli sezilmagan. Qishloq hayotida sinfiy bir-

biriga  qarama-qarshi  turish  umuman  aniqlanmagan.  Shu  bilan  birga,  muallif  oilaviy  guruhlar, 

uylar  o„rtasida  kim  o„zarga  musobaqa,  qarama-qarshi  turish  juda  keskin  bo„lganligi  to„g„risida 

fikr bildiradi

1



Yuqoridagilardan  ko„rinib  turibdiki,  o„rta  asrlar  tarixini  o„rganishda  ham  aynan  tarixni 

o„rganishni  uslublarini ozgina o„zgartirilganligi  sababli ham  olingan xulosalarning salmog„i va 

mazmuni  mutlaqo  boshqa  tomonga  burilgan.  Muallif  o„z  ishida  dastlab  hamma  tarixchilar 

qo„llaganday  Pireney  yarim  orolining  tabiiy-geografik  jihatdan  dehqonchilik  va  chorvachilikka 

juda mos kelganligi, bu qishloqning ijtimoiy strukturalari o„rta asrlardagi Yevropa davlatlaridan 

                                      

1

 Jean-Claude Schmitt. "Anthropologie historique". Cem.revues.org. Retrieved 2015-08-17. 




unchalik  farq  qilmaganligini  yozgan  bo„lsa  ham,  ammo  tadqiqot  usullarida  mikrotarixni 

o„rganish  turganligi  sababli  jamiyatda  bir-biriga  qarama-qarshi  turgan  kuchlar  ijtimoiy  sinflar 

emas,  balki  oilaviy  guruhlar,  alohida  uylarni  boshqa  uylarga  qarama-qarshi  turish  hollari 

ustivorlik qilgan degan xulosalarga kelishga muvaffaq bo„lgan. 

Xuddi  shunday  holatda  bizning  hududlarimizda  mutlaqo  teskari  xulosa  chiqarishimizga 

to„g„ri kelgan bo„lar edi. Ya‟ni biz, “... XIII asrda Pireney yarim orolining aholisi ikki, bir-biriga 

qarshi bo„lgan sinflar – feodal hukmronlari bilan dehqon jamoalari o„rtasida doimiy ravishda bir-

biriga qarama-qarshi turish hollari yuqori darajada bo„lgan” degan xulosani bergan bo„lar edik. 

O„tgan  asrning  60-yillari  va  80-yillarning  boshlarida  Germaniyalik  tarixchilar  tarixiy 

antropologiya  to„g„risida  gapira  boshladilar.  Unda  asosan  ijtimoiy  tarixni  o„rganishni  yangi 

uslublar  bilan  o„rganishni  o„z  oldilariga  vazifa  qilib  qo„ydilar.  Bunda  ular  asosiy  e‟tiborni 

fransuzlarning  tarixiy  antropologik  yondashuviga  asoslangan  “Annallar  maktabi”  g„oyalari 

bo„yicha  ishlarini  juda  diqqat  bilan  o„rgandilar  va  natijada  anchayin  muvaffaqiyatlarga 

erishdilar.  Ayniqsa  1967-yilda  Tomas 

Nipperdey  Germaniyaning  Frayburg  shahri 

tarixchilarining  kongressida  so„zga  chiqib,  ijtimoiy  tarixni  tarixiy  antropologiya  faniga 

aylantirish  taklifini  ilgari  surdi.  Tomas  Nipperdey  o„zining  yangi  g„oyalarini,  ya‟ni  predmetini 

shaxs  va  vaqt;  shaxslar  va  jamiyatlarni  tarixiy  dinamikada  o„rganish  kerakligini,  aniq  vaqtda, 

aniq zamonda o„sishini jamlab o„rganadigan antropologik strukturalardan iborat ekanligini aytdi. 

U  tomonidan  taklif  qilingan  programma  oila,  bola  tarbiyasi,  ma‟naviy  hayot  va  boshqa 

tomonlarni har tomonlama qamrab oladigan fan bo„lishi kerak edi degan xulosaga keldi. 

Tarixiy  antropologiyaning  vazifalarini  Tomas  Niperdey  kabi  tushunish  kerakligini  nemis 

tarixchi  olimi  V.Lepenies  ham  tushundi  va  uning  nuqtai  nazari  bo„yicha  “o„zini  tutishni 

elementar shakllari” degan tushuncha uning tarixiy antropologik yondashuvining asosiy mavzusi 

bo„ldi.  

Shunday  qilib,  Germaniyada  tarixiy  antropologiyaga  nisbatan  yuqoridagiday  yondashuv 

tarafdorlari “Umumiy tarix” jurnali Saeculum atrofida to„planishdi. Dastlab tarixiy antropologiya 

bo„yicha turli maqolalar chiqarishdi, tarixiy antropologiyaning yangi yo„nalishlarini muhokama 

qilishdi.  1975-yildan  boshlab  Frayburgda  Yu.Martin  boshchiligidagi  Tarixiy  antropologiya 

instituti ochildi. Bu institutning asosiy maqsadi fransuzlarning “Annallar maktabi” tajribalaridan 

foydalanib  “inson  tarixini  butunicha”  o„rganishni  maqsad  qilib  qo„ydi.  Ammo  nemislarning 

tarixiy  antropologiyani  o„rganish  bo„yicha  o„zlarining  oldilariga  qo„ygan  maqsadlari  oxiriga 

etmadi,  ya‟ni  bu  institut  ham  yangi  g„oya  va  yangi  yo„nalishlarni  oxiriga  etkaza  olmadi.  Ular 

e‟lon  qilgan  maqolalarda,  kitoblarda  asosan  tarixiy  antropologiyani  nazariy-uslubiy  jihatlari 

muhokama  qilindi,  nemis  filosofiyasi  bilan  bog„liq  holdagi  tarixiy  tafakkur  hukmronlik  qildi. 

Ular shu doiradan tashqariga chiqa olmadilar. Natijada tarixiy antropologik tadqiqot ishlarining 

o„zi umuman nazardan chetda qoldi. 

Faqat  80-yillarga  kelibgina  tarixiy  nazariyotchilarning  yo„nalishida  asosan  mikrotarixga 

yo„naltirilgan  antropologik  tarixning  “nemischa”  original  yo„nalishi  vujudga  keldi  va  bu 

Germaniyada “kundalik tarix” degan nomni oldi. Aynan  yuqoridagi olib borilgan ishlar tufayli 

hozirgi zamon tarixiy antropologiya fani va uning bir yo„nalishi bo„lgan mikrotarixni o„rganishni 

usullari vujudga keldi. 

Lerua  Ladyuri  “Montayyu  arxeologiyasi:  ishoradan  afsonagacha”  degan  kitobida  dehqon 

jamoalarining  o„zlarini  tutishlari,  urfu-odatlari  va  jahonni  tushunishlarigacha,  hatto  sevgi  va 

nikoh, intim masalalari, ish va dam olish, sog„likni saqlash masalalari, cherkov bilan muloqot va 

kechki  “o„tirish”largacha  bo„lgan  masalalarning  barchasi  muallif  tomonidan  barcha  ikir-

chikirlarigacha yoritilgan. 

Lerua Ladyuri bitta qishloqni tarixi asosida turli yoshdagi odamlarning hayot to„g„risidagi 

tushunchalarini,  ularning  diniy  dunyoqarashlari,  folklor,  vaqt  va  masofa,  tabiat  va  taqdir,  uyat 

to„g„risidagi tushuncha, o„zini jamiyatda tutish va uni buzish kabi kundalik hayotdan boshlangan 

tarix  ikir-chikiridan  global  tarixga  qadar  bo„lgan  jarayon  bir  qishloqdagi  mikrotarix  asosida 

tiklanadi. Shu narsani alohida ta‟kidlash kerakki, tarixiy antropologiyaning imkoniyatlari cheksiz 

deydiganlar  biroz  adashadilar.  Shunga  qaramay,  lekin  yuqoridagi  tarixiy  antropologiya  fanini 



boshlab bergan olimlarning ishlarini ko„rsatishicha, tarixga hozirgi zamon tarixiy antropologiya 

fanini turli usul va uslublarini qo„llagan holda qaralsa, mikrotarix orqali global tarix o„rganilsa, 

o„shanda tarix fanini antropologizatsiyalash jarayoni g„arb mamlakatlaridagiday keng miqyosda 

amalga oshirila boshlanganligidan dalolat bera boshlaganligini ko„rishimiz mumkin. 




Download 162,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish