Mavzu: Ta‘lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholash usullari Ishdan maqsad: Ta‘lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholash usullarini o’rganish



Download 29,57 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi29,57 Kb.
#769460
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 4


Amaliy mashg’ulot №3
Mavzu: Ta‘lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholash usullari Ishdan maqsad: Ta‘lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholash usullarini o’rganish
Topshiriqlar:
1. Ta‘lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholash usullari haqida ma’lumot
2. Yozma va og’zaki so’rov imtixonlari haqida ma’lumot bering
3. Test tuzish texnologiyalri haqida malumot bering
0‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholashda qanday usulni tanlash, o‘tilayotgan fan, qo‘yilgan maqsad, o‘qituvchining tanlovi kabilaiga bog‘liq.
Dars jarayonida metodlarni qo‘llash bo‘yicha joriy va oraliq nazorat ballar qanday belgilanishi va ularni mavzuga ajratilgan vaqt va balldan kelib chiqib qanday moslashtirishni ko‘rib chiqqanmiz. Masalan, amaliyot darsini modellashtiruvchi o‘yin metodini qo‘llab o'tildi, deylik, eng yuqori ball 10 bo‘lsin. Joriy nazorat bo'yicha amadiy mashg‘ulotda maksimal 2 ball berish ko'zda tutilgan bo'lsa, demak, 10 ball olgan talabaga jurnalga 2 ball, 9 ball olganga esa 1,8 ball, o‘yinda 7 ball olganga 1,4 ball, agar maksimal ball 5 bo‘lsa, 9—10 ball, 7—8 ball bo‘lgani 4 va hokazo tarzda moslashtirib baho quyib chiqamiz. Oraliq baholash ham metodlar bo'yicha alohida baholash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, shunday moslashtiriladi.
Keng qoMlaniladigan nazorat uslublaridan og‘zaki metodlardir. Og‘zaki nazoratning afzalliklariga shaxsiy munosabat, o‘qituvchining o‘quvchi-talaba bilan jonli muloqoti, uning fikrlarini nutq shaklida ifodalashga mashq qildirish, bilimlami yanada chu- qurroq tekshirish maqsadida pedagog tomonidan qo‘shimcha savol­lar berish imkoniyatlari kiradi. Bunda talaba bilan jonli muloqot olib boriladi. Oquvchi-talaba o‘z fikrini o‘rtoqlashish, boshqalar- ning nuqtayi nazarini tahlil qilish uchun katta imkoniyatga ega. Pedagog tomonidan qo‘yilgan savolga og‘zaki javob berishga tay- yorlanish doimo talabaning faol fikrlashi bilan bog‘langan.Og‘zaki javob yaxshi tayyorlangan talabaga o'zining iqtidorini
qo'shimcha egallagan bilimlarini namoyish etishga imkon beradi. Bevosita muloqot tufayli pedagogda savol-javob davomida talaba­ning bilimlari to‘g‘risidagi taassurot vujudga keladi, e’tirozlami, barcha gumonlami bartaraf etish imkoni bo‘ladi. Lekin bu usulda subyektiv omil asosiy o‘rinda turadi.
0‘quvchi-talabalar bilimini baholashda testlar muhim o‘rin tutadi. Testlar talabalar bilimini baholash, bilim olishga ko‘maklashishdan tashqari masala yechish, referat yozish, savolga og‘zaki yoki yozma javob yozish kabilardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi. Testlar talabalar bilimini nazorat qilislming obyektiv usuli hisoblanadi, sababi unda o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida vujudga kelgan munosabatlar hech qanday rol o‘ynamaydi va talaba bilimini baholashga ta’sir etmaydi.
Testlami yakuniy nazorat dan tashqari mavzuni boshlashdan awal ham, joriy va oraliq nazoratda ham qo‘llash mumkin.
Mavzu bo'yicha dars o‘tishdan awal qo‘llanilgan pre-testlar talabalar diqqatini shu testdagi asosiy xatolarga, o‘rganilayotgan kategoriyalaiga qaratish imkonini beradi. Pre-testda unga tanish bo'lmagan g‘oya, tushuncha, gohida alohida so‘z bilan to‘qnash kelib, ulami mustaqil o‘rganishga harakat qiladi. Ular talabani mustaqil ishlashga undaydi, yo‘llanma beradi.
Oraliq testlar darsni o'zlashtirish jarayoni qanday kechayotga- nini nazorat qilish imkonini beradi. Oraliq testlaming natijasini muhokama qilish jarayonida fandagi asosiy tushunchalarni samarali takrorlash va xotirada saqlash imkoni vujudga keladi.
Testlar talabalar bilimini butun dastur bo'yicha, shuningdek, . tor tanlash doirasida yoki alohida ahamiyatga ega, yoxud an’anaviy o'zlashtirish qiyin tushuncha, mavzular bo'yicha nazorat qilish, ba­holash imkonini beradi.
Testlar talabalar bilimini tez tekshirish imkonini beradi. Bu ayniqsa, oraliq testlar o'tkazish uchun qulay, chunki test javoblariga ko'ra o‘qituvchi dastur bo'yicha o‘z ishini, dars o‘tiladigan savollami ko'rib chiqadi, kelgusida dars o'tishda qaysi savollarga ahamiyat berishni mo'ljallaydi (XI bobga qarang).
Testlar talabalar bilimini sinash va baholashda qator afzallik- larga ega bo'lish bilan birgalikda, kamchiliklari ham bor. Test savollarini tuzish ko‘p mehnat, vaqt talab qiladi. Shuning uchun keyingi paytlarda o'qituvchilar ko‘proq tayyor test savollaridan foy- dalanishmoqda. Testning yana bir kamchiligi, tavakkal qilib javob topishning mumkinligidir.
Iqtisodiy fanlar, ma’lumki, iqtisodiy mantiqiy fikrlashga o‘rgatibgina qolmay, o‘z fikrini atrofdagilarga tushuntirish, o'rtoqlashish, nutq so'zlash, ilmiy munozaralar olib borish, boshqa kishilarni fikrini tanqidiy nuqtayi nazardan baholashga ham o‘rgatishi kerak. Testlar esa bunday imkoniyatga ega emas.
0‘quvchi-talabalar bilimini sinash va nazorat qilishda masala, mashqlardan ham keng foydalanish mumkin. Masala - mashqlar talabaning bilimini keng ko‘lamda tekshirish, olgan nazariy bilimini real hayotda qo'llay bilish imkonini ochib beradi. 0‘rganilayotgan savolni mohiyatini talaba tushunganr yoki tushunmaganini aniqlaydi.Bu usulning ham o‘ziga xos kamchiliklari bor. Birinchidan, ta- labani hisoblash bilan biiga keng mushohada yuritishga yo‘naltiruvchi masala-mashqlar tuzish oson emas. Ikkinchidan, ta­labalar hisob-kitobga haddan ziyod berilib ketib, nazariy jihatdan tahlil qilishga kam e’tibor qaratishadi. Uchinchidan, masala- mashqlar tor doiradagi savollarni qamrab oladi.
0‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholashning keyingi paytda keng qo'Ilanilayotgan usullaridan biri yozma ish yozishdir. Uning afzalligi shundakiyozma ish uchun savollar oson tuziladi. Ularni o‘z fikrlarini ijodiy ravishda bayon qilishlari uchun katta imkoniyat mavjud. Undan' tashqari tavakkal qilib, javob berib bo‘lmaydi.
0‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholashda yozma ish yoki esse yozishdan foydalanish mumkin. Yozma ishning kamchiligi uni o‘qib chiqish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Baholash qiyin. Ko‘p savollarni qamrab olmaydi. U esse tarzida yoki tayanch ibora, atamalar asosida yozma topshiriq tarzida bo‘lishi mumkin.
Esse yoki yozma topshiriq berilar ekan, har bir talabaning ishini obyektiv baholash uchun baholashning mezonlarini ishlab chiqish kerak. Bu mezonlarda talabalaming ishi ball bo'yicha qanday baholanishi ko‘rsatiladi.
Yozma ishni baholashda ikki xil yondashish mavjud. Birinchisi, reyting usulidan foydalanish. Bu usulda ishning umumiy sifati qiziqtirib, ayrim tomonlariga e’tibor berish zaruriyati yo‘q bo‘Isa, qo‘l keladi. Odatda, bu usul ko‘proq tayanch iboralaiga asosida yoziladigan yakuniy nazorat ishida qo‘llaniladi. Yozma ish sifatiga ko‘ra ish 3—5 kategoriyaga bo‘linadi. So'ngra ular ishning sifatiga ko‘ra tabaqalashtirib baholanadi. 0‘qituvchi yozma ishni talabalarga qanday mezonga k o‘ra baholanishini tushuntirishi kerak.


Download 29,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish