O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MAVZU: Suyuqliklarning sirt tarangligi
Bajardi;Saidov F
Qabul qildi:
Samarqand-2022
MAVZU: Suyuqliklarning sirt tarangligini o’rganish.
Reja:
Kirish
I. Asosiy qism
1.1. Suyuqliklarning sirt tarangligi haqida tushunchalar
1.2. Suyuqliklarning sirt tarangligini aniqlash usullari
1.3. Suyuqliklarning sirt tarangligiga temperaturaning ta’siri
II. Xulosa
III. Foydalanilgan adabiyotlar
Tashqi tomondan qaraganda suyuqlik ma’lum xajmga ega, lekin shaklga ega emas (qanday idishga solinsa, o‘sha idish shaklini oladi) lekin suyuq massa tashqi kuchlar bo‘lmagan sharoitda, faqat molekulyar kuchlar ostida shar shaklini oladi. Moddalarning suyuq holati o‘z tabiatga ko‘ra, gaz holati bilan qattiq holati orasidagi o‘rinni egallaydi.
Suyuqliklarni ba’zi hossalari gazlarnikiga, ba’zi hossalari qattiq jisimlarnikiga o‘xshash. Masalan, suyuqlik tubandagi hossalari jihatdan gazga o‘xshaydi:
suyuqliklar xuddi gaxlar kabi, ma’lum shaklga ega emas, uning fizikaviy xossalari barcha yo‘nalishlarda birdek, yani izatopdir.
suyuqliklarning qovushqoqligi kichik bo‘lib, gazlarnikiga yaqinlashadi,
kritik temperaturadan yuqori temperaturada suyuqliklar bilan gazlar orasidagi farq yo‘qoladi.
Suyuqliklar temperaturasi kritk temperaturaga yarinlashganda paytda uning gazga o‘zshashligi ortadi.
Suyuqliklar tubandagi xossalari bilan qattiq jismlarga o‘xshaydi:
suyuqliklar o‘z hajmini o‘zgartirishiga katta qarshilik ko‘rsatadi. Gazlarning hajmini 1% o‘zgartirish uchun bosimni 1% o‘zgartirish kifota. Lekin, masalan suvning hajmini 1% o‘zgartirish uchun gaznikiga qaraganda 20000 marta ortiq bosim kerak. Bundan ko‘rinib turubdiki, suyuqliklar, xuddi qattiq jismlar kabi juda oz darajada siqiluvchandir.
suyuqliklarni rentgen nurlari va elektron difraksiyasi yordamida tekshirish ular qisman kristallitik tuzilishga ega ekanligini ko‘rsatadi.
qattiq lismlar suyuq holatga o‘tganda “uzoq tartib” “yaqin tartib” ga almashinadi. “yaqin” va “uzoq” tartib terminlarining ma’nosi quyidagicha: juda kichik xajmdagi suyuqliklar zarrachalar huddi kristalladagi kabi munazam joylashadi, lekin bu muntazam joylashish faqat bir-ikki kristallik panjara uzoqligi qadar davom etadi. Shunga ko‘ra, suyuqliklarda “yaqin tartib” mavjud deyiladi. Qattiq jismlarda esa bu muntazam joylashish bir qancha qristallik panjara uzoqligi qadar o‘z kuchini saqlab qoladi. Shuning uchun ularda “uzoq tartib” mavjud deyiladi.
Suyuqliklarning issiqdan kengayishi koeffisienti gazlarnikidan kichik bo‘ladi, suv uchun bu koefisient 0,00016 ga, simob uchun 0,00018 ga teng (gazlar uchun 0,00366 ga yaqin bo‘ladi)
Molekulyar-kinetik talimot nuqtai nazardan olganda, suyuqlik molekulalari gaz molekulalariga qaraganda bir-biriga yaqin turadi. Suyuqlik molekulalari orasidagi o‘zaro tortishuv kuchi itarilish kuchiga qaraganda ortiq bo‘ladi. Suyuqlikni bug‘ga aylantirish uchun hamma vaqt energiya sarf qilish kerak. Masalan, 100˚C da 18 sm3 suvni 30600 sm3 bug‘ga aylantirish uchun 0,539x18=9.7 kkal issiqlik sarf qilish lozim. Bu energiya molekulalar orasidagi tortishuv kuchini yengishga sarflanadi.
Shu vaqtgacha suyuqliklarni holat tenglamasi aniq topilgan emas. Lekin suyuqliklarni qaynash temperaturasiga yaqin sharoitda Van-der-Vaals tenglamasidan yoki shunga o‘xshash boshqa tenglamalardan ma’lum darajada foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |