Mavzu: Suv isrofgarchiligi. Suv tanqisligini oldini olish ishlari



Download 17,37 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi17,37 Kb.
#196291
Bog'liq
41 Mavzu suv isrofgarchiligi


Mavzu:Suv isrofgarchiligi.Suv tanqisligini oldini olish ishlari.

Reja


1.Suv hayot manbayi

2.Suv isrofgarchiligi ,suv tanqischiligi

3.Suv resurslaridan oqilona foydalanish

Tabiatda yaratilgan barcha ne’matlar juda mukammaldir. Ayniqsa suv! Biz kundalik hayotimizda erkin, muammosiz ishlatayotgan bu ne’mat - ajoyib bir mo‘jiza desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu ne’matdan har sohada tejamli foydalanish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik har birimizning asosiy vazifamizdir.  Bugun institutimizning “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Mamataliev Adham Boymirzaevich 3 bosqich talabalariga “Sug‘orish tarmoqlarining hisobiy suv sarflari. Sug‘orish tarmoqlarida suv isrofgarchiligi va unga qarshi kurash” mavzusida Ochiq ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi Farxod Qo‘ziev, Gidrologiya va gidrogeologiya kafedra mudiri Dilshod Nazaraliev, Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda institut O‘quv-uslubiy boshqarmasi hodimlari ishtirok etishdi. Ma’ruzani boshida o‘qituvchi talabalarga: sug‘orish tarmoqlaridagi suv sarflarining turlari haqida tushunchalar berish bilan boshladi. Har bir reja bo‘yicha bosqichma-bosqich ma’lumotlar berib o‘tdi. Ma’ruzada  talabalar va ma’ruzachi o‘zaro fikr-almashinib, savol-javob tarzida, qiziqarli hamda faollikda o‘tkazildi. O‘qituvchi talabalarga “Suv isrofgarchiligiga qarshi qo‘llaniladigan tadbirlarning samaradorligi” jadvalini o‘rganib, anglab kelishlari  vazifa qilib berildi.

1.Butun yer yuzini 70%ini suv tashkil etsa shundan 1% foizigina chuchuk suv ya’ni ichishga yaroqlidir.

2.Oddiy odam yeguliksiz 1 hafta yashay olishi mumkin, lekin suvsiz faqatgina 3 kun yashay oladi.

3.Tabiatdagi barcha jonzot va o’simliklar suv bilan chambarchasdir.

4.Hozirgi paytda dunyodagi eng qimmat suv Los-Anjelesda sotiladi, 1 litr suv 90 dollarga teng.

5.Suvsizlikdan qiynalayotgan davlatlar o’rtasida 1-o’rinda Janubiy Afrika turadi.

Xullas bu faktlar va muammolar haqida gapirsak bularning oxiri yo’qdir.

Blogpostimni boshida aytganimdek men bugun suvning isrof bo’lishi va uni tajash yo’llari haqida ham gapirib o’taman.

Gapni nimadan boshlar ekan deb qiziqiyotgan bo’lsangiz kerak?

Men gapimni birinchi o’rinda xonadonlarda isrof qilinayotgan suvlardan boshlamoqchiman. Ha bu gap siz va bizga o’xshagan ba’zi bir insonlar haqida.

Sizlarda yana savol tug’ilsa kerak , xo’sh qayerda ,qanday qilib, nima sababdan suv isrof bo’lar ekan v.k va shunga o’xshagan savollar.

Shoshilmang aziz do’slar men sizlarga hammasini birin ketin aytib o’taman va bunga yechim topishga harakat qilaman.

Men unda boshladim.

Hojatxonada bo’layotgan isrofga kelsak, do’stlar hech o’ylab ko`rganmisizlar insonning chiqindisini ketqazish uchun hojatxonada toza ichimlik suvi ishlatilishini. Bir o’ylab ko`ring-a “toza ichimlik” suvi. Bu yetmagandek hojatxonadan bir marta foydalanganda kamida 5 litr suv kanalizatsiya tizimiga oqizib yuboriladi.

5 kishilik oilada, hojatxonadan 6 yoki undan ko’p maratoba foydalanishadi.

Endi do’stlar buni hisoblab ko’rsak 5×6=30 litr , endi o’zingiz o`ylab ko’ring bitta hojatxonaning o’zida 30 litr toza ichimlik suvi oqizib yuboriladi, bu esa hali hammasi emas. Buni 1 oyga ko’paytirib ko’rsak 30×30=900 litr bo’lar ekan bunisiga nima deysiz 900 litr suv hojatxonaga ishlatiladi. Agar 1yilga hisoblab ko’rsakchi yoki 2 yilga , Buni xisoblashni o’zingizga qo’yib beraman va yaxshilab o’ylab ko’rishni maslahat beraman.

Bu muammoni ya’ni isrofgarchilikni kamaytirish uchun xojathonangizning bachogini 2 knopkali bachoklar bilan almashtirishni maslahat beraman. Bu holatda siz o’z pulingizni va suvni tejagan bo’lasiz.

Endi bir vanna haqida gapirib o’tsak, ko’ pincha hammamiz vannani to’ldirib cho’milishni yoqtiramiz ammo qancha suv isrof bo’layotganini o’ylab ko’rmaymiz.

Bu holatda sizlarga dushdan ko’proq foydalanishni maslahat beraman sababi esa dushdan foydalanganda 20% suv tejab qolinadi.

Oshxona va vanna kranlaridan foydalanganda ham ancha suv isrof bo’ladi.

Bu holatda eski kranliklarni yangisiga almashtirishni maslahat beraman.

Buralib ochilidigan kranlikni yangi ko’tarib ochiladidan kranlikka almashtirilganda 10–15% suv tejaladi. Buning sabablari buralip ochiladigan kranliklarda suv tomish ehtimoli kattaroq. Hisob kitoblarga qaraganda 1 daqiqada 6–7 tomchi suv isrof bo’ladi bir qarashda kamdek tuyuladi ammo bu tomchilar 1 oyda 20 litrga yetadi.

O‘zbekiston suv tanqisligi bo‘yicha dunyodagi 164 mamlakat ro‘yxatida 25-o‘rinni egallamoqda. Mazkur statistik ma’lumotni  joriy yilda Jahon resurslari instituti (WRI) ma’lum qilgan edi.— Bugungi kunda O‘zbekistonda suv xo‘jaligini rivojlantirishda katta islohotlar amalga oshirilayapti. Xalqaro hamjamiyatda suvni boshqarish bo‘yicha amaliy tajribani o‘rganish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan qator dasturlarni amalga oshirmoqda. Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) respublikamizda Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” Dasturini amalga oshirib  kelmoqda. Ushbu dastur Yevropa Ittifoqi (YeI) va O‘zbekiston o‘rtasidagi 2014-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda.  Ushbu loyihaning 3 ta komponenti bor. Birinchisi GIZ tomonidan amalga oshirilib, suv xo‘jaligini va resurslarini mukammal boshqarishning milliy doiraviy konsepsiyasini yaratishga qaratilgan. Shu bilan birga ushbu komponent doirasida umumiy qiymati 7 million yevroga teng suv va energiya resurslarini tejovchi asbob-uskunalar va zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi ham ko‘zda tutilgan. Bizning Germaniyaga tashrifimiz birinchi komponent doirasida amalga oshdi.  Institutimizning 5 nafar va Prezident akademiyasidan 2 nafar mutaxassis Kobless universitetida tashkil etilgan seminarda qatnashdik. Reyn daryosi suv resurslarini boshqarish havzaviy tashkiloti mutaxassislari ishtirokida treningda aynan suv muammolari, ularni havzaviy boshqarish bo‘yicha masalalar muhokama qilinib, tajriba almashildi.

Qishloq xo‘jaligida bugun 90  foiz suvdan foydalaniladi. Aynan uning sarfini kamaytirish borasida o‘rganilgan Yevropa tajribasining qaysi jihatlarini mamlakatimizda qo‘llasa bo‘ladi?

— Suv dunyoda muqobili bo‘lmagan yagona resursdir. Boshqa deyarli hamma narsa, ya’ni gaz, elektr manbalari, yoqilg‘i va boshqalarning muqobili mavjud. Ular tugasa, o‘rniga muqobilidan foydalanish mumkin. Suv bu umumfoydalanuvchi resurs. Millionlab iste’molchilar bir vaqtning o‘zida suvdan turli maqsadlarda, ya’ni ichimlik suvi, elektr ishlab chiqarish, sug‘orish, sanoatda, iqtisodiyotda, sog‘lomlashtirish manbai, ekologik muhitni asrovchi manba sifatida foydalanishadi. Har bir suvdan foydalanuvchi unga o‘zining ehtiyoji nuqtai nazaridan yondashadi. Suv resurslaridan alohida foydalanuvchi yoki havzaviy boshqarish sifatida qarash mumkin. Aynan suvga havza jihatidan qarash juda muhimdir. Barcha suv iste’molchilarning fikrlarini inobatga olib, qarorni birgalikda qabul qilish lozim. Bu keyinchalik undan foydalanishga har bir iste’molchi tomonidan unga ehtiyotkorona yondashuvni keltirib chiqaradi. Germaniyada Reyn daryosini boshqarish bo‘yicha havzaviy tashkiloti 1950 yilda Germaniya, Fransiya, Lyuksemburg, Niderlandiya va Shveysariya tomonidan hamkorlikda tuzilgan va bizdan ancha ilgarilab ketilgan. Havzaviy manfaat tushunchasi mavjud bo‘lib, u barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi. Bu narsa bizda ham bor. Ammo bizda suv resurslarning cheklanganligini, suvga nisbatan talabning yuqoriligi inobatga olinsa uni boshqarish yanada murakkablashadi.

Yevropada suvning tozaligini, daryolarning ekologik holatini yaxshilash borasidagi ishlar birinchi o‘rinda turadi. 1950 yillarda Reyn daryosi Yevropaning eng ifloslangan daryolar ro‘yxatidan joy olgan edi. Keyinchalik havzaviy boshqaruv talablari amalga kirgach, u eng toza daryolardan biriga aylandi. Bizning sharoitimizda  suvga bo‘lgan talablarimizni qondirishda 3 ta yo‘l bor. Birinchisi — suvdan foydalanishni takomillashtirish. Ikkinchisi — ichki suv resurslarni topish va  uchinchisi —suv resurslarini boshqarishni yaxshilash.

Qishloq xo‘jaligida suvning sarfi yuqoriligini inobatga oladigan bo‘lsak, suv tejovchi texnologiyalarning bir qancha turlari qo‘llanilayotir. Bular egatga plyonka to‘shab sug‘orish, o‘qariqlar o‘rniga egiluvchan plyonkali quvurlardan foydalanish, tuproq ostidan sug‘orish texnologiyasini qo‘llash, dalaga suv berish miqdori 25–30 foizgacha kamayadi, egat olinmaydi. Yomg‘irlatib sug‘orish (bunda asosan bir yillik ekinlar sug‘oriladi) va tomchilatib sug‘orish.



Ushbu suv tejovchi texnologiyalar ichida tomchilatib sug‘orish alohida ahamiyatga ega. Hattoki Prezidentimizning qaroriga asosan mazkur texnologiyalarni qo‘llagan fermerlarga har bir gektarga 8 million so‘m subsidiyalar ham berilmoqda. Ammo suvdan foydalanish bizda yuqori darajada emas. Yana bir masala suvni ifloslantirmay, tabiiy sifatini saqlash. Oqava suvlardan foydalanish. Masalan, sanoatda sovutishda, hayotda xo‘jalik maqsadlarda ikkilamchi suvdan foydalanishni ko‘paytirish, kanallardan oquvchi suvlarning yo‘qotilishini kamaytirish lozim. Asosiy muammomiz ko‘p suv yo‘qotamiz. Suv odamlar tomonidan salqinlanish uchun, tomorqasini sug‘orishga sarflanadi, lotokning singan joyidan oqib yotadi va hokazo.
Download 17,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish